II.
Noto‘g‘ri gaplarni to‘g‘rilang.
Zebi juda sho‘x qiz.
Saltanat juda yaxshi qo‘shiq aytadi.
O‘lmasjon Saltanatni yoqtiradi.
Zebi otasidan juda qo‘rqadi, shuning uchun qo‘shiq aytmaydi.
Qizlar qo‘shiq aytdilar, lekin Zebi aytmadi.
Salti ayyorlik qildi.
Zebining ovozi aravakashni rom qildi.
121
Tarjima. Matnning asosiy mazmunini tarjima qiling
Теория
языка
жестов
Выдвигали
эту
теорию
Этьен
Кондильяк
,
Жан
Жак
Руссо
и
немецкий
психолог
и
философ
Вильгельм
Вундт
(1832-1920),
который
полагал
,
что
язык
образуется
произвольно
и
бессознательно
.
Согласно
данной
теории
,
по
мере
того
как
люди
эволюционировали
,
они
постепенно
разрабатывали
знаковую
систему
,
поскольку
обнаружили
,
что
использование
знаков
может
приносить
пользу
.
Поначалу
они
не
стремились
донести
до
других
какие
-
либо
идеи
;
человек
просто
производил
некоторое
действие
,
другой
видел
это
и
затем
повторял
это
действие
.
Например
,
один
человек
пытается
сдвинуть
с
места
какой
-
либо
предмет
,
но
сам
не
в
силах
сделать
это
;
другой
видит
эти
усилия
и
приходит
ему
на
помощь
.
В
итоге
человек
уяснил
себе
:
для
того
чтобы
ему
помогли
переместить
что
-
либо
,
достаточно
жеста
,
изображающего
толкание
.
Серьезнейший
недостаток
этой
теории
заключается
в
том
,
что
,
несмотря
на
бесчисленные
попытки
,
никому
из
ее
приверженцев
так
и
не
удалось
предложить
приемлемый
сценарий
прибавления
звуков
к
жестам
.
Жесты
,
как
вспомогательное
средство
общения
,
и
сегодня
продолжают
использоваться
современным
человеком
.
Невербальные
(
несловесные
)
средства
общения
,
в
том
числе
жесты
,
изучает
паралингвистика
как
отдельная
дисциплина
языкознания
.
122
5 D
Tayanch so‘z va iboralar:
aloqa vositasi, tabiiy-ilmiy talqin, ilohiy
kuch, hozirgi holicha, takomillashuv jarayoni, bosib o‘tmoq, inson
miyasining mahsuli, ishga qodir, hal qiluvchi qadam, nutq qobiliyati,
mudofaa, hamjihatlik ko‘rsatish, samarali, tobora boyimoq, mushtarak, kasb
etmoq, jismonan taraqqiy etmoq, miqdoriy jihatdan, ilgarilab ketmoq, aql
bovar qilmas darajada, jon berib, jon olmoq, sharofati bilan, xususiyat,
yaqinlashuv, ilmiy faraz, vujudga kelmoq, ilohiyot tortig‘i, muvofiqlashtirish
vositasi, chambarchas bog‘liq.
I. Quyidagi so‘zlardan fe’llar yasang.
Fikr, talqin, kuch, shakl, takomil, takror, asos, harakat, ifoda, foyda,
ilgari, uzoq, yaqin, muvofiq.
Matnni o‘qing
TILNING TARAQQIYOT BOSQICHLARI
Til – insonlar orasidagi aloqa vositasi, jamiyat a’zolarining fikrni
ifodalashi va o‘zaro fikr almashishi uchun xizmat qiladigan vosita. Tilning
tabiiy-ilmiy, diniy-dunyoviy talqinlari bor. Diniy talqinga ko‘ra, til ilohiy
kuch tomonidan yaratilgan va hozirgi holicha insonga berilgan. Dunyoviy
talqiniga ko‘ra, til hozirgi ko‘rinishi darajasiga yetguncha juda uzoq
evolutsion jarayonlarni, ya’ni insonning o‘zining shakllanishi va
takomillashuvi jarayonlari bilan teng davrni bosib o‘tgan. Ilm-fan inson
tiliining tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‘rganishi natijasida shunday
xulosaga keldiki, til aloqa vositasi, nutq sifatida, shubhasiz, faqat inson
miyasining mahsulidir. Ayrim boshqa jonivorlar, masalan, shimpanze,
to‘tiqush, chug‘urchiqlar ham insonga xos tovushlar chiqarib "gaplashadi",
hatto, ayrim hollarda jumla va iboralarni takrorlaydi. Biroq ular inson kabi
gaplashishga qodir emas.
Og‘zaki nutqqa o‘rganish – insoniyatning evolutsion taraqqiyotida hal
qiluvchi qadam bo‘ldi. Nutq qobiliyati unga inson sivilizatsiyasi asoslarini
qurish imkoniyatini yaratdi. Dastlabki inson jamoalari og‘zaki nutqni
birgalikda harakat qilish, mudofaa, umuman, faoliyatning hamma turlarida
hamjihatlik ko‘rsatish, hamkorlik qilish, buyruqlarni ifodalash maqsadiga
qaratganlar va bundan uzoq vaqt samarali foydalanganlar. U paytlardagi
inson tiliining so‘z boyliklari ko‘p miqdorda bo‘lmasa-da, davr o‘tishi bilan,
ayniqsa, kishilar, jamoalar bir-birining tilini boyitish imkoniyatlari tufayli u
123
tobora boyib, takomillashib bordi. Chinakam ommaviy nutq yuzaga
keltiruvchi har bir kishining nutqiy tajribasi juda qisqa va o‘tkinchi bo‘lgan,
ya’ni vafot etishi bilan uning tajribasi ham o‘lgan.
Bir kishining nutqi insoniyatning umumiy mushtarak nutqiy tajribasi
sifatida avloddan-avlodga o‘tib, avval og‘zaki, keyinchalik yozma
ko‘rinishini kasb etguncha juda uzoq zamonlar o‘tgan. Biroq til og‘zaki va
yozma nutq sifatida to‘la shakllangach, u insonning ham jismonan, ham
ijtimoiy jihatdan juda tez taraqqiy etishini ta’minladi. Til tufayli
insoniyatning ijtimoiy hayoti, uning naslining miqdoriy jihatdan o‘sishi ham
aql bovar qilmas darajada ilgarilab ketdi. Bir vaqtlar tropik o‘rmonlarda
oddiy tirikchilik uchun jon berib, jon olib yurgan odamzod nutq sharofati
bilan zaminning yakka-yu yagona egasiga aylandi. Ibtidoiy odamlarning
dastlabki muomala vositalari va so‘zlaridan tortib, tilning bugungi darajasiga
yetguncha insoniyat 3 mln. yildan kamroq masofani bosib o‘tdi. Shakllanish,
taraqqiy etish va takomillashish jarayonlarida tillar, dastlab, ko‘proq
mushtaraklik vazifasini bajargan, ya’ni bugungi kunda turli tillarda
gaplashayotgan millat va elatlar, avvallari bir-birini tushunadigan bir tilda
gaplashgan, vaqt o‘tishi bilan, turli-tuman obyektiv sabablar tufayli, ular bir-
birlaridan uzoqlashib, tillari o‘zaro farqlanadigan shaklga kelgan. Tillarning
bunday ajralish jarayoni (differensiatsiya) natijasida ko‘pchilik uchun
mushtarak aloqa vositasi bo‘lgan bir tildan keyinchalik bir necha til yuzaga
kelgan.
Hozir tilshunoslikda turkiy tillar deb yuritilayotgan tillar bir-biridan
nafaqat uzoqlashish, ajralish xususiyatiga, balki bir-biriga yaqinlashish, bir-
birini boyitish xususiyatiga ham egadir.
Tilning kelib chiqishi va evolutsiya bosqichlari haqida turli xil ilmiy
farazlar ilgari surilgan. Ulardan ayrimlari, til tovush tili sifatida yuzaga
kelgan desa, boshqalari til dastlab imo-ishora tili ko‘rinishida bo‘lgan
deydi.Til odamlar orasida aloqa vositasi sifatida ehtiyoj tufayli tabiiy suratda
vujudga kelgan (Aflotun), o‘zaro aloqa qilish uchun tilni odamlarning o‘zlari
yaratganlar (Demokrit), til ilohiyot tortig‘i (“Injil”,”Qur’on”) kabi qarashlar
ham bo‘lgan.
Til, shubhasiz, jamiyatda ijtimoiy mehnat, ijtimoiy ishlab chiqarish
jarayonida yuzaga kelgan muayyan jamoa, odamlar guruhi yoki alohida
shaxs faoliyatini muvofiqlashtirish vositasi bo‘lib xizmat qilishi kerak. Til
va tafakkur o‘zaro ajralmas, chambarchas bog‘liq hodisalardir. Lekin
ularning ikkovi bir narsa emas. Til tafakkurning ifoda shakli va yashash tarzi
sifatida inson ongining shakllanishida ham muhim o‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: |