chaqimchilik , insonning gapini yuqoriga, podsholikka yoki hukumatga
yetkazsa
chaquv bo‘ladi. Chaquv oldida chaqimchilik holva bo‘lib qoldi.
Chaqimchilikdan bir insonga ozor yetsa, chaquvdan yuz minglarning yostig‘i
qurigan.
Chaquv davlat siyosati darajasiga yetib, chaquvchi tengsiz qudrat sohibi
bo‘lgan zamonlarni ko‘rdi jafokash xalq. Bir imzosiz maktub insonning emas,
butun bir avlodning, urug‘-aymoqning honumoniga o‘t qo‘yuvchi gugurt bo‘ldi.
Inson gugurt yondirishni ham gugurt chaqish degan.
Bashariyat tosh chaqishdan so‘z mag‘zini chaqishgacha bo‘lgan masofani
million yillar ichida bosib o‘tdi. Biz ham sizlar bilan
chaq so‘zining achchiqqina
mag‘zini chaqdik, “chaq” to‘g‘risida chaqchaqlashib oldik. Siz bu so‘zlarning
hazil ekanini anglab turibsiz! Lekin ayonki, har qanday hazil ostida bir chimdim
haqiqat yotadi.
( Erkin Vohidovdan)
Matn bo‘yicha topshiriqlar I.Savollarga javob bering. 1. Olimlar birinchi so‘z qanday paydo bo‘lgan deb taxmin qiladilar?
2. Chumchuq, to‘qmoq so‘zlari qanday paydo bo‘lgan?
3. Muallif fikricha, ibtidoiy odamning ilk so‘zi qanday paydo bo‘lgan?
4. “Ko‘p gapirganning tili chaqa” nima degani?
5. “Chaqimchi” so‘zining “chaq” so‘ziga qanday bog‘liqligi bor?
6. Ari chaqmoq va gap chaqmoq nima degani?
7. Chaqimchilik va chaquv so‘zlarining qo‘llanishida qanday farq bor?
8. “Mag‘zini chaqmoq” iborasining ma’nosi nima?
II. Quyidagi gaplarda fe’llarni majhul nisbatga aylantiring. 1. Keyinchalik o‘zi yasagan buyumlarga ham shu tarzda nom bergan.
2. Toshni toshga chaqqan, keyinroq tosh bilan danak chaqqan, yong‘oq
chaqqan, bolasiga ham “chaq!” deb buyurgan.
3. Birovning gapini birovga aytsa, bu