Nerv (asab) sistemasi bosh sahifa Nerv sistemasining ahamiyati



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix21.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#146466
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
NERV SISTEMASI

2-rasm. Markaziy nerv
sistemasining ko`rinishi: 
1-bosh
miya; 2- orqa miya.
Oldingi 
shoxlarida
harakatlantiruvchi 
nerv
hujayralari, 
orqa 
shoxlarida
sezuvchi, 
yon 
shoxlarida
vegetativ 
nerv 
hujayralari
joylashgan. 
Ulardan
harakatlantiruvchi, sezuvchi va
vegetativ 
nervlaming 
uzun
tolalari 
chiqib, 
to'qima 
va
organlarga 
boradi. 
Nerv
hujayralarining kalta o'simtalari
hujay 
ralarni 
bir-biri 
bilan
tutashtiradi. 
Ular 
umurtqa
pog'onasining 
kanalidan
tashqariga chiqmaydi.
3-rasm. Orqa miyaning
ko`ndalang kesimi:
1-oq modda;
2-kulrang modda; 3-orqa shoxdan
chiqqan sezuvchi nerv; 4- oldingi
shoxdan chiqqan harakatlantiruvchi
nerv; 5 -sezuvchi va
harakatlantiruvchi nervning
qo`shilishidan hosil bo`lgan aralash
nerv tolasi.
ORQA MIYANING
FUNKSIYASI.
Orqa miya ikki xil: reflektor va o'tkazuvchilik fimksiyasini bajaradi. 
Orqa miyaning reflektor funksiyasi.
Orqa miyaning reflektor funksiyasi reflekslar hosil qilishdan iborat. Refleks - bu tashqi va ichki muhit
ta'siriga organizmning javob reaksiyasidir. Refleks markaziy nerv sistemasining asosiy va maxsus funksiyasi
hisoblanadi. Odam organizmining barcha faoliyati reflekslar orqali amalga oshadi. Masalan, og'riqni sezish,
qo'l va oyoqlarning harakati, nafas olish va chiqarish, ko'zni yumish va ochish kabilar.
Refleks yoyi.
Har bir refleksning rejleks yoyi bo'lib, u quyidagi qismJardan iborat: 1) retseptor - to'qima va
organlarda joylashgan bo'lib, tashqi va ichki muhit ta'sirini qabul qilib qo'zg'aladi; 2) sezuvchi nerv tolasi -
reseptorning qo'zg'alishidan hosil bo'lgan impulsni nerv markaziga yetkazadi; 3) nerv markazi miyada
joylashgan sezuvchi, oraliq va harakatlantiruvchi nerv hujayralaridan iborat; 4) harakatlantiruvchi nerv
tolasi - nerv markazidagi qo'zg'alishni ishchi organga yetkazadi; 5) ishchi a'zo - muskul, bez, qon tomirlari,
ichki organlar va hokazo.
Orqa miya reOekslari. Bosh miyasi olib tashlangan baqani keyingi oyoq panjasiga kislota yoki biron mexanik
qitiqlagich ta'sir ettirilganda baqa ta'sirga javoban o'sha oyog'ini tortib oladi. Agar baqaning panjasi
qattiqroq qisib olinsa, u nafaqat ta'sir etilgan oyog'ini, balki ikkinchisini ham tortib oladi. Chunki qattiq ta'sir
ko'rsatilganda qo'zg'alish ta'sir benlgan to'qimaning nerv markazidan tashqari, uning atrofidagi boshqa
markazlarga ham tarqaladi. Odamda orqa miyaning harakatlantiruvchi refleksini quyidagi tajribada kuzatish
mumkin. Buning uchun tekshiriluvchi odam stulda oyoqlarini chalishtirib o'tiradi. Uning yuqorida turgan
oyog'ining tizza payiga maxsus rezina bolg'acha bilan sekin urganda, yuqoridagi oyoq silkinib ko'tariladi. Bu
tizzaning harakat refleksini ko'rsatadi.
(4- rasm). Tizza refleksi hosil bo'lishida quyidagi retleks yoyi ishtirok
etadi. Tizza payiga bolg'acha bilan urilganda uning muskulida
joylashgan retseptor qo'zg'aladi. Retseptorning qo'zg'alishidan hosil
bo'lgan impuls sezuvchi nerv tolasi orqali orqa miyaning sezuvchi nerv
hujayralariga borib, uni qo'zg'atadi. Uning qo'zg'alishioraliq nerv
hujayrasiga o'tib, undan harakatlantiruvchi nerv hujayrasini
qo'zg'atadi. Bu hujayradan impuls harakatlantiruvchi nerv tolasi orqali
tizza muskulini qisqartirib, oyoqni harakatga keltiradi. Shunday qilib,
tizza ret1eksi quyidagi ret1eks yoyi bo'yicha hosil bo'ladi: retseptor
sezuvchi nerv tolasi - sezuvchi nerv hujayrasi, oraliq nerv hujayrasi,
harakatlantiruvchi nerv hujayrasi, harakatlantiruvchi nerv tolasi,
muskul. Binobarin, refleks hosil bo'lishi uchun refleks yoyining barcha
qismlari butun va sog'lom bo'lishi kerak. Ularning birortasi
shikastlansa, refleks hosil bo'lmaydi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin