6-rasm. Miyachaning tashqi ko`rinishi: 1-chivalchangsimon qismi; 2-yarim shari. Gipofiz bezi ham gipotalamus
ohasidajoylashgan.
Gipotalamusning
nerv
hujayralaridan
maxsus
neyrogormonlar ajralib, ular gipofiz
ishining
boshqarilishiga
ta'sir
ko'rsatadi
(bu
haqda
ichki
sekretsiya
bezlari
mavzusida
aytilgan). Yuqoridagilardan ko'rinib
turibdiki, oraliq miyaning tarkibiy
qismi
bo'lgan
talamus
va
gipotalamus odam hayotida muhim
fiziologik
jarayonlaming
boshqarilishida ishtirok etadi. Bu
nerv markazlari shikastlansa yoki
kasallansa, tashqi va ichki ta'simi
sezish, ya'ni og'riq, issiq, sovuqni
sezish, ko'rish, eshitish qobiliyati
pasayadi. Moddalar almashinuvi
buzilishi natijasida semirish yoki
ozish, qandsiz diabet kasalligi va
odamning kayfiyati buzilishi kabi
noxush holatlar sodir bo'ladi.
7-rasm. M-miyacha; K-bosh miya yarim sharining po`stloq qismi; T- talamus; Mo-Miya ko`prigi; P-uzunchoq miya; S-orqa miya. Dorboz qizning tana muvozanatini miyacha tomonidan boshqarilishi tasvirlangan. Miyacha bosh miya yarim sharlari ensa bo'lagining ostida joylashgan, massasi 150 g. U ning ikkita yarim
sharlari va ular o'rtasida chuvalchangsimon qismi bor (6- rasm). Miyacha tashqi tomondan kulrang modda
bilan qoplangan bo'lib, u kichik egat va pushtalarga bo'lingan. Kulrang modda nerv hujayralari to'plamidan
tashkil topgan. Miyachaning ichki qismida oq modda joylashgari bo'lib, u nerv tolalaridan
iborat.Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, miyachaning tuzilishi va shakli bosh miya yarim sharlariga
o'xshash bo'ladi. U uch juft: yuqorigi, o'rta va pastki oyoqcha yordamida orqa miya, uzunchoq
miya, miya ko'prigi, o'rta miya va bosh miya yarim sharlari bilan bog'lanadi (7- rasm). Miyacha
oyoqchalaridagi nerv tolalari orqali orqa miyadan muntazam ravishda impuls olib turadi. U odam tanasidagi
barcha muskullarning tarangligini va harakatlarini tartibli bajarilishi, muvozanatda bo'lishini ta'minlaydi.
Agar miyacha shikastIansa yoki kasallansa, tana muskullari bo'shashadi va odam tik turish, yurish, sakrash,
yugurish kabi harakatlarni bajarishi qiyinlashib, mast odamga o'xshab gandiraklab harakat qiladi.