Markaziy nerv sistemasining kasalliklari.
Bosh va orqa miyani ustidan o'rab turgan pardalarning yallig'lanishi meningit deb ataladi.
Bu kasallikni
ko'pincha meningokok deb ataluvchi mikroblar qo'zg'atadi. Bundan tashqari, u gripp, o'rtaquloqning yiringli
yalliqlanishi, o'pka sili va zotiljam kasalliklari tufayli ham
sodir bo'lishi mumkin. Bunda bemorning boshi og'riydi, tana harorati ko'tariladi, ko'ngli aynib, qayt qiladi.
Qo'l-oyoqlari va bo'yin muskullarining tarangligi ortadi. Xastalik og'ir kechganda bemor hushini yo'qotishi va
unda tirishish belgilari yuzaga kelishi mumkin. Bosh miya to'qimasining yallig'lanishi ensefalit deb ataladi.
Bu yuqorida aytilgan meningit kasalligini o`z vaqtida davolamaslik tufayli yoki gripp, qizamiq, suvchechak,
quloqning yiringli yallig'lanishi va boshqa xastaliklar oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Bu xastalikda be
morning tana harorati ko'tariladi, umumiy ahvoli og'irlashadi, qo'l-oyoqlari qaltiraydi,
yuz muskullari
pirpiraydi, vaqt-vaqti bilan titrash, hushni yo'qotish holatlari sodir bo'ladi. Bosh miyaning yallig'langan
sohasidagi nerv markazlarining faoliyati buzilishi tufayli ular tomonidan boshqariladigan ishchi a'zolar ham
falajlanib qoladi. Bunda
muskullarningtarangligi ortib, bir tomondagi qo'l-oyoq tarashadek qotib,
harakatsizlanib qoladi. Yuz va qovoq muskullari falfijlanishi tufayli yuzning bir tomoni osilib, og'iz chakkasi
tortilib, yuqorigi qovoqning osilib qolishi holatlari yuzaga keladi.
Orqa miya to'qimasining yallig'lanishi mielit deb ataladi. Bu kasallik ko'pincha bolalarda uchraydi, uni maxsus
viruslar qo'zg'atadi va poliomielit kasalligiga sabab bo'ladi. Mielit - orqa
miya nerv hujayralarining
yallig'lanishi, poli - ko'p degan ma'noni bildiradi, ya'ni poliomielit orqa miya
bir nechta segmentlari nerv
to'qimasining yaIlig'lanishidir. KasaIlikning belgilari orqa miyaning zararlangan segmentlari tomonidan
boshqariladigan ishchi a'zolaming sezuvchanligi va harakatlanishi susayishi yoki butunlay yo'
qolishidan
iborat. Masalan, qo'l-oyoq muskullari ishini boshqaradigan nerv hujayralari zararlansa, mazkur qo'l va
oyoqda oldin og'riq sezilib, so'ngra ular falajlanib qoladi. Muskullaming tarangligi yo'qolib, qo'l-oyoq lattadek
osilib qoladi (bosh miya to'qimasi zararlanishi tufayli sodir bo'ladigan falajlikda esa qo'l- oyoq muskullarining
tarangligi ortib, ular tarashadek qotib qoladi). Yuqoridagi xastalik belgilari sezilishi bilanoq asab kasalliklari
shifokoriga murojaat qilish kerak.