Nerv (asab) sistemasi bosh sahifa Nerv sistemasining ahamiyati


sistemasi. 1- orqa miya; 2- umurtqa



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/13
tarix21.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#146466
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
NERV SISTEMASI

sistemasi.
1- orqa miya; 2- umurtqa
pog'onasi atrofidajoylashgan
nerv tugunlari (orqa miyadan
chiqqan simpatik nerv
tolalarining birinchi qismi shu
nerv tugunlarida tugaydi,
ikkinchi qismi shu tugunlardan
boshlanib, to'qimava a'wlarga
boradi); 3- simpatik nerv
tolalarining a'zolar bilan
tutashgan uchlari; 4-
parasim¬patik (adashgan) nerv
tolasi; 5,6- adashgan nerv
tolasining yurak, me'da, ichak
atrofidagi tugunlari; 7- simpatik
nerv
tolasining yurakka tutashgan
uchi.
Simpatik nerv sistemasi
. Bu nerv sistemasining markazlari orqa miyaning birinchi ko'krak segmentidan
to uchinchi bel segmen¬tigacha bo'lgan sohada joylashgan. Simpatik nerv tolalari orqa miyaning yuqorida
ko'rsatilgan segmentlarining yon shoxlaridan chiqib, umurtqa pog'onasi atrofida va tananing turli qismlarida
joylashgan nerv tugunlariga, ulardan esa to'qima va a'zolarga 'boradi,
Simpatik nerv sistemasi yurak ishini tezlashtiradi va kuchay¬tiradi, arteriya qon tomirlarini toraytirib, qon
bosimini oshiradi, me'da va ichaklaming harakatini susaytiradi, siydik qopi muskullarini bo'shashtirib, siydik
yig'ilishiga sharoit yaratadi, nafas yo'llarini (bronxlami) kengaytirib, nafas olishni yengillashtiradi, ko'z
qorachig'ini kengaytirib, ter ajralishini kuchaytiradi.
Parasimpatik nerv sistemasi.
Buning markazlari bosh miya¬ning pastki qismida (o'rta va uzunchoq
miyada) hamda orqa miyaning dumg'aza segmentida joylashgan. O'rta va uzunchoq miyadagi nerv
markazlaridan chiqqan parasimpatik nerv tolalari odamning bosh va yuz sohasidagi a'zolarga boradi.
Shuningdek parasimpatik nervning bitta tolasi (adashgan nerv) uzunchoq miyadan chiqib, ichki a'zolarga
boradi. Parasimpatik nervning orqa miyaning dumg'aza segmentidan chiquvchi tolalari qorin bo'shlig'ining
pastki qismida va chanoq bo'shlig'ida joylashgan a'zolarga boradi.
Parasimpatik nerv sistemasi yurak ishini sekinlashtiradi va kuchsizlantiradi, arteriya qon tomirlarini
kengaytirib, qon bosimni pasaytiradi, me'da va ichak harakatini kuchaytiradi, siydik qopi muskulini
qisqartirib, siydik ajralishini ta'minlaydi, bronx hamda ko'z qorachig'ini toraytiradi, ter ajralishini
kamaytiradi.
Shunday qilib, yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, vegetativ nerv sistemasining simpatik va
parasimpatik qismlari barcha ichki a'zolar, qon tomirlari hamda bezlar ishini boshqaradi. Binobarin, simpatik
nervlar ba'zi a'zolaming ishini kuchaytirib, ba'zilarining ishini susaytiradi. Parasimpatik nervlar esa simpatik
nervlarga nisbatan teskari ta'sir ko'rsatadi. Bu degan so'z, simpatik va parasimpatik nerv sistemasining ishi
bir-biriga qarama-qarshi emas, balki ular to'qima va a'zolar funksiyasini zaruriyatga qarab tartibga soladi.
Vegetativ nerv sistemasining funksiyasi organizm ning tashqi muhit sharoitiga moslashuvida muhim
ahamiyatga ega.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin