Vegetativ nerv sistemasi Vegetativ Derv sistemasi haqida umumiy tushuncha. XIX asrning boshida fransiyalik fiziolog F. K.
Bishning taklifiga muvofiq, bajaradigan funksiyasiga ko'ra nerv sistemasi ikki qismga: somatik va vegetativ
nerv sistemasiga bo'linadi.
Somatik nerv sistemasi odam tanasining skelet muskullari, sezgi a'zolari ishini boshqaradi.
Vegetativ nerv sistemasi ichki a'zolar (nafas olish, qon ayla¬nish, ovqat hazm qilish, ayirish, jinsiy va
hokazo) ichki sekretsiya bezlarining ishini hamda moddalar almashinuvi jarayonini boshqaradi. Skelet
muskullaridagi moddalar almashinuvi jarayo¬ni ham vegetativ nerv sistemasi tomonidan, boshqariladi, bu
muskullarning sezish va harakatlanish funksiyalari esa somatik nerv sistemasi orqali boshqariladi.
Somatik va vegetativ nerv markazlarining joylashishi ham bir-biridan farq qiladi. Chunonchi, somatik nerv
sistemasining markazlari orqa miya va bosh miyaning hamma qismlarida bir tekis
joylashgan. Vegetativ nerv sistemasining markazlari esa orqa va bosh miyaning ma'lum qismlaridagina
joylashgan.
Vegetativ nerv sistemasining tuzilishi. Vegetativ nerv siste¬masining markazlari orqa miyaning birinchi
ko'krak segmentidan to uchinchi bel segmentigacha va 2-4- dumg'aza segmentlarida hamda bosh miyaning
pastki qismJarida (uzunchoq va o'rta miyada)
joylashgan. Bu markazlarning funksiyasi esa o'z navbatida oraliq miyadagi gipotalamus, po'stloq ostidagi
targ'il tanahamdabosh miyaning po'stloq qismidagi oliy nerv markazlari orqali boshqariladi. Vegetativ nerv
tolalari bosh va orqa miyadan chiqib, umurtqa pog'onasi va ichki a'zolar atrofida joylashgan nerv
tugunlariga boradi.
Vegetativ nerv siqtemasi ikki qismga: simpatik va parasimpa¬tik nerv sistemasiga bo'linadi (11- rasm).
Ular tuzilishi va fiziologik xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi.
11-rasm. Vegetativ Den