Nerv (asab) sistemasi bosh sahifa Nerv sistemasining ahamiyati


Nerv sistemasi kasalliklari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix21.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#146466
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
NERV SISTEMASI

Nerv sistemasi kasalliklari
Yuqorida aytilganidek, nerv sistemasi ikki qismdan, ya'ni periferik va markaziy qismdan iborat. Ulaming
kasalliklari ham o'ziga xos xususiyatlarga ega.
Periferik nerv sistemasi kasalliklari.
Ma'lumki, periferik nerv sistemasiga nerv tugunlari va nerv tolalari
kiradi. Nerv tugunining kasalligi ganglion it, nerv tolasining kasalligi nevrit yoki nevralgiya deb ataladi.
Nerv tugunining kasalligi, ya'ni ganglionit shamollash, o'pkaning zotiljam kasalligi, turli xil yuqumli
kasalliklar, ya'ni gripp, ichburug', ich terlama kabilarning asorati tufayli yuzaga keladi. Kasallangan nerv
tuguniningjoylashuviga ko'ra, o'sha sohada va undan chiqadigan nerv tolasi ta'minlaydigan to'qima va
a'zolar sohasida og'riq seziladi, mazkur a'zolarning ishi buziladi. Binobarin, bo'yinning yuqorigi nerv tuguni
yallig'langanda bo'yin va bosh sohasidagi teri hamda muskullarda og'riq paydo bo'ladi. Bo'yinning pastki
nerv tuguni yallig'langanda ko'krak qafasining yuqori qismi terisi, muskullar, qo'l terisi hamda muskullarida
og'riq yuzaga keladi. Umurtqa pog'onasining ko'krak sohasida joylashgan nerv tugunlari yallig'langanda
ko'krakning pastki qismidagi teri va muskullarda og'riq paydo bo'lishi bilan birga yurak ishi tezlashadi, unda
og'riq seziladi, nafas olish tezlashadi hamda qiyinlashadi. Sezuvchi nerv tolalarining yallig'lanishi 
nevralgiya
deb atala¬di. Bu shamollash, gri pp hamda boshqa yuqumli kasalliklarning asorati tufayli sodir bo'ladi.
Kasallangan nerv tolasi sohasida og'riq yuzaga keladi. Masalan, uchlik nervi yallig'langanda yuz, ko'z
sohasida, tishlarda kuchli og'riq seziladi.
Harakatlantiruvchi nerv tolasining yallig'lanishi nevrit deb ataladi. Uning sababi ham yuqoridagidek. Belgisi
shundan iboratki; kasallangan nerv bilan ta'minlanuvchi tana muskullari falajlanib qoladi. Masalan, yuz
nervi kasallanganda yuz muskuli falajlanishi tufayli yuzning bir tomoni pastga osilib, og'izning chekkasi
tortilib qoladi.
Umurtqa pog'onasining bel-dumg'aza qismlaridan chiqadigan nerv tolalarining zararlanishi bel-dumg'aza
radikuliti deb ataladi. Bu kasallik shamollash yoki og'ir yuk ko'targanda umurtqalar orasidagi nerv
tolalarining qisilishi natijasida yuzaga keladi. Bel dumg'aza sohasida og'riq paydo bo'ladi. Odamning o'tirib-
turishi, harakatlanishi qiyinlashadi. Ba'zida o'tirg'ich nervi ham zararlanadi va ishioraoikulit kasalligi sodir
bo'ladi. Bunday vaqtda qaysi tomondagi o'tirg'ich nervi kasallangan bo'lsa, o'sha oyoqning harakati
qiyinlashadi, oyoqning orqa sohasida qattiq og'riq seziladi.
Ma'lumki, tanadagi hamma muskul tolalari mayda nerv tolalari bilan tutashib, nerv-muskul harakat birligini
hosil qiladi. Bu haqda «Tayanch-harakatlanish sistemasi» mavzusida batafsil tushuncha berilgan. Odam
biror jismoniy mashq bajarib, terlab turgan vaqtida birdaniga kiyimini yechsa, nerv-muskul tolalari
shamollashi tufayli nevrit - 
miozit
kasalligi yuzaga kelishi mumkin. Qovurg'a-oraliq mayda muskullar bu
kasallikka ayniqsa beriluvchan bo'ladi. Shamollash tufayli bir necha minutning o'zidayoq odamning ko'krak
qafasida, kuragining atrofida sanchiq paydo bo'lib, harakatlanishi, bukilishi, chuqur nafas olishi, hatto
yo'talishi qiyinlashadi. Shuning uchun sportchilar mashq bajarib terlagan vaqtda tezgina issiq kiyimni
yelkalariga tashlab olishadi. Yuqoridagi kasallik belgilari yuzaga kelishi bilanoq, odam asab kasalliklari
shifokoriga murojaat qilishi kerak.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin