beriladi. Bunda mazmun jihatdan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda
tutiladi.
Darsda qobiliyatli o’qituvchining nutqi hamma vaqt o’quvchilarga
qaratilgan
bo’ladi. O’qituvchi yangi materialni tushuntiradimi, o’quvchining javobini
sharhlab beradimi, o’quvchilar
javobini, ularning xatti-harakatlari yoki xulq-
atvorini ma’qullaydimi yoki tanbeh beradimi, xullas, nima qilishidan qat’iy nazar
uning nutqi hamma vaqt o’zining ishonchliligi, jozibadorligi kabi ichki quvvat
bilan alohida ajralib turishi lozim. O’qituvchi nutqi, uning
talaffuzi aniq-ravshan,
oddiy va o’quvchilar uchun tushunarli bo’lishi kerak. Beriladigan axborotlari
shunday tuzilishi kerakki, bunda o’quvchilarning fikru-zikri va diqqat-e’tiborini
yuqori darajada faollashtiradigan bo’lsin. Buning uchun esa o’qituvchi o’rtaga
savol tashlab, asta-sekinlik bilan o’quvchilarni to’g’ri javobga olib keladi,
o’quvchilarning diqqat-e’tiborini faollashtiruvchi /«Bunda ayniqsa,
ziyrak
bo’ling!», «Uylang, yana uylab ko’ring!»/ kabi so’z va iboralarni o’z me’yorida
ishlatadi.
O’qituvchi nutqi jumlalarni, murakkab og’zaki izohlarni, qyin atamalarni va
zarurati bo’lmasa, turli ta’riflarni ishlatmasligi lozim. Shu bilan birga o’qituvchi
shuni ham hisobga olishi kerakki, o’qituvchining lunda-lunda bo’lib chiqqan qisqa
nutqi ko’p hollarda o’quvchilarga tushunarsiz bo’lib qolar ekan. O’qituvchining
o’z o’rnida ishlatilgan hazil aralash va xayrixohlik bildiruvchi arzimagan kinoyali
nutqi o’quvchilarni juda jonlantirib, o’quvchilar tomonidan o’tu yaxshi qabul
qilinar ekan.
Qobiliyatli o’qituvchining nutqi jonli, obrazli, aniq-ravshan intonasiyali va
ifodali,
emosiyaga boy, dona-dona bo’lib, bunda stilistik va grammatik xatolar
mutlaqo bo’lmasligi loizm. Bir xil ohangdagi ezma nutq o’quvchilarni juda tez
toliqtirib, ularni zeriktiradi va bexafsala qilib quyadi. Shu bilan birga bunday nutq
I.P.Pavlovning fiziologik ta’limotiga ko’ra doimiy ta’sir etuvchan qo’zg’ovchiga
aylanib, katta bosh miya yarim sharlar pustida tormozlanish jarayonini yuzaga
keltirib, o’quvchini ezma va uyquchan qilib quyadi. Nutq tezligi ko’p
jihatdan
o’qituvchining individual psixologik xususiyatga bog’liq. Ayrim o’qituvchilar tez
gapirsalar boshqalari sekin gapiradilar. Ammo o’qituvchi o’quvchilarning
bilimlarni egallab olishlari uchun eng qulay tezlikdagi nutq-o’rtacha jonli nutq
ekanligini edan chiqarmasligi lozim.
Shoshqaloq nutq bilim o’zlashtirishga xalaqit berib, bolalarni tez toliqtiradi,
muhofazaqiluvchi tormozlanishni yuzaga keltiradi. O’ta sekin lanjlik va zerikishga
olib keladi. Nutqning balandligi – qattiq gapirish ham xudi shu singari xollarga
olib keladi. Xaddan tashqari qattiq, keskin, baqirib gapirish o’quvchilarning
asabiga tegib,
ularni tez toliqtirib, muhofaza qiluvchi tormozlanishni yuzaga
keltiradi. Mana shu yerda Sharq mutafakkirlaridan Nasriddin Tusiyning
«…o’qituvchi nutqi hyech qachon va hyech qayerda zaharxandali, qo’pol yoki
qattiq bo’lishi mumkin emas. Dars paytida o’qituvchining o’zini
tuta olmasligi
ishni buzishi mumkin…» degan nasihatini keltirishimiz juda o’rinli bo’lardi.
O’qituvchining bush, sekin ovozi yomon eshitiladi. Nutqi imo-ishoralar, turli
keskin harakatlar o’quvchilarni jonlantiradi. Bu tariqa imo-ishora va harakatlar
tajribali o’qituvchilarda o’z me’yorida ishlatiladi.
Lekin bir xildagi tajribali
harakatlarning xaddan tashqari ko’p bo’lishi kishining asabiga tegadi.
Dostları ilə paylaş: