O’qituvchining pedagogik mahorati



Yüklə 337,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix22.09.2023
ölçüsü337,52 Kb.
#146519
1   2   3   4   5   6   7   8
Pedagogik fikr taraqqiyotida o qituvchining kasbiy mahorati hamda burch va mas uliyatlari

6.
 
O’qituvchining tashkilotchilik, avtoritar va kommunikativ qobiliyatlari. 
Tashkilotchilik qobiliyati – 
bu birinchidan, o’quvchilar jamoasini uyushtira 
bilish, bunday jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o’zining shaxsiy ishini 
to’g’ri tashkil qila olish qobiliyatidir. 
O’quvchilar o’z o’qituvchilari haqida turlicha fikrda bo’ladilar. Jumladan, 
ayrim o’quvchilar: «…Biz Azim akani juda yaxshi ko’ramiz. Ular sinfimizda bir 
pasning ichida , juda tezlik bilan ishchanlik kayfiyatini uyushtirib, barchamizni
o’zining po’xtaligi, ozodaligi, epchilligi va tadbirkorligi bilan hayratda 
qoldiradilar» desalar, ayrim o’quvchilar: «Sobir akamlar bizning ixlosimizni 
qaytarib, xafsalamizni bir pul qiladilr. Ular ko’p ishga urinadilaru, ammo 
birortasini ham oxriga yetkazmaydi…» deydilar. Ba’zan ayrim o’quvchilarning o’z 
o’qituvchisi haqida: «…Nodira opalar biz bilan xudi ona tovuqdek ovora 
bo’ladilar. Agar biz shuxlik qila boshlasak, ular o’zlarini kurmaslikka, 


payqamaslikka soladilar. Ajoyib ayol edi-yu, ammo uning darsida hyech kim 
hyech narsa qilmas edi-da…» degan fikrlarini ham eshitish mumkin. 
O’qituvchining o’z ishini tashkil qila bilishi bhdeganda uning o’z ishini 
to’g’ri rejalashtirib, uni nazorat qila olishi nazarda tutiladi. Tajribali 
o’qituvchilarda vaqtga nisbatan o’ziga xos sezuvchanlik – ishni vaqt buyicha 
to’g’ri taqsimlab, mo’ljallangan vaqtdan to’g’ri foydalana olish ko’nikmasi paydo 
bo’ladi. Dars dasomida, albatta, ko’p hollarda vaqtni bexuda yo’qotish ham 
mumkin. Lekin bu yo’qolgan vaqt dars rejasini tuzatish zaruriyati tug’ilgan 
xollarda bo’lishi mumkin. Tajribali o’qituvchilar vaqtni seza bilishni o’rganish 
uchun dars rejasi yoki matnda vaqtni nazorat qilish uchun belgilab olib borishni 
tavsiya etadilar. Jumladan: darsning 10, 20, 30 va boshqa daqiqalar davomida 
mabodo ko’zda tutilmagan vaqt ortib qolgan taqdirda foydalanish uchun qanday 
qo’shimcha materiallarni tayyorlash yoki vaqt qolgan taqdirda qanday materialni 
keyingi darsga qoldirish mumkinligi haqida maslahat beradilar. 

Yüklə 337,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin