o’quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari hamda
mazkur pedagogik holatlarini hisobga olish zarurdir.
Pedagogik taktning yaqqol ifodalaridan biri – har qanday pedagogik ta’sirga
nisbatan qo’llaniladigan chora-tadbirlarni his eta bilishdan iboratdir. Farosatli
o’qituvchi bolalarga e’tibor berib, ziyraklik bilan qaraydi, ularning individual
psixologik xususiyatlari bilan hisoblashadi. «U biz bilan hayron qolarli darajada
ajoyib yaqin do’stlarcha yaxshi munosabatda bo’ladi»; «Bizning tarix
o’qituvchimizning kuchli tomoni – o’qituvchining o’quvchilar oldida
xushomadguylik qilishidir. Bizning zoologiya o’qituvchimiz Farida opamlar
shundaylardan edi: ular nimaiki qilmasin u bolalarni o’ziga qaratish uchun
xushomadguylik qilardi! Nega ular o’zini shunchalik kamsitib yerga uradi? deb
uylar edim. Axir ular o’z fanini yaxshi biladiku»; «ibroxim aka esa qarabsanki,
hyech narsadan-hyech narsa yo’q kishi diliga ozor berar, tushirib qolar yoki
behudaga urishib, koyib berar edi».
O’qituvchining pedagogik takti masalasi munosabati bilan shuni ham aytish
joizki, qachonki o’quvchilar o’qituvchining ijobiy xislatlari to’g’risida gapirar
ekanlar, ular hamisha o’qituvchining adolatligi kabi xislatini birinchi o’ringa
quyadilar.
«Ko’p hollarda nohaq ish qiladilar – biror masalani yaxshilab tekshirish
kurmasdan ish tutadilar». O’qituvchining bunday xislatiga o’quvchilar nechukdir
achinishli talabchanlik munosabatida bo’ladilar. O’qituvchining adolatsizligi
yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu to’g’rida har qaysimiz maktab
amaliyotidan qandaydir tasavvurga egamiz.
Dostları ilə paylaş: