Bu qobiliyat pedagogik optimizm, tarbiyaning kuchiga, o’quvchiga bo’lgan
ishonch bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham o’quvchilar ayrim o’qituvchilar
to’g’risida «Axmad akamlar, chamasi ichimizdagi
eng yaramaslariga ham
ishonchlarini yo’qotmasdilar, shuning uchun ham biz ularni hurmat qilardik»
degan fikrlarni izxor qiladilar.
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati –
bu qobiliyat bir vaqtning o’zida
diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo’lib, o’qituvchi ishida
g’oyat muxim axamiyatga egadir.
Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi o’zining diqqat-e’tiborini o’quv materialining
qanday bayon etilishiga, uning mazmuniga, o’z fikrlarini atroflicha qilib qanday
ochib berishga yoki o’quvchi fikriga baralla qaratadi
va shu bilan bir vaqtning
o’zida barcha o’quvchilarni kuzatibyu, ularning toliqqan-toliqmaganligiga,
e’tiborli yoki e’tiborsizligiga, darsni tushinish-tushunishmasligiga e’tibor berib,
o’quvchining intizomini kuzatadi hamda, oqibat natijada o’zining shaxsiy-xulq
atvoriga /yurish-turishga, o’zini tutishiga mimika va pontamimikasiga/ e’tibor
beradi. Tajribasiz o’qituvchi, ko’pincha o’quv materialini
bayon etishga berilib
ketib, o’quvchilarning nima qilayotganliklarini sezmay qoladi va nazoratdan
chiqarib quyadi, agar, bordi-yu, o’quvchilarni diqqat-e’tibor bilan kuzatishga
xarakat qilsa, bunday hollarda o’z bayonotining izchilligini yo’qotib qo’yadi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan qobiliyatlardan tashqari, o’qituvchi
inson
shaxsining maqsad sari intilishi, uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarinlik kabi
qator ijobiy xislatlariga ega bo’lishi lozim.
U o’quvchilarni tarbiyalar ekan, o’zining xulq-atvori, yurish-turishi, xullas,
butun o’qituvchilik shaxsi bilan o’quvchilarga urnak bo’lishi kerak.
O’qituvchining o’zini qo’lga
ola bilishi, o’z his-to’yg’ularini, kayfiyatini
boshqara olish xislatlari muxim ahamiyatga egadir.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, o’qituvchining barcha ijobiy umuminsoniy
axloq me’yorlariga mos keluvchi xislatlari katta axamiyatga ega. Agar biz
qo’yidagi xislatlarni olib qaraydigan bo’lsak, bularning barchasi ham o’ta muxim
omillardir. Jumladan, o’qituvchining tashqi qiyofasi uning obro’si
shakllanishiga
ta’sir etadi. O’qituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning pokizaligi, sarishta-
saramjonligi, sipoyagarchiligi,
uning qiliqlari, o’zini chiroylik tutishi, qaddi-
qomati va yurish-turishlari o’quvchilarda juda yaxshi taassurot qoldiradi.
Jumladan, o’quvchilarning «Farida opani nechuk yaxshi kurmaysan ular har doim
shu qadar xushchaqchaq, ozoda, sarishta-saranjomlar-ku?» yoki «Noila opa
maktabda emas, balki teatrda ishlab, tomosha ko’rsatishi kerak – chunki ularning
turqi-qiyofasi, yurish-turishi yasama, soxta» degan fikrlarini olishimiz mumkin.
Muhim davlat vazifasini – kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga
oshirayotgan zamonaviy maktab o’qituvchisining
xislatlari, uning ijodiy faoliyati
kirib kelayotgan XXI asrda shakllanib asosan amaliy ishda, pedagogik tajribalarni
egallash jarayonida o’sib rivolana boradi.
Shu bilan birga o’qituvchi doimiy ravishda ta’minlashga yordam beradigan
shaxsiy xislatlarini tarbiyalab borishi zarurdir. Bu to’g’rida mazkur ishimizning
kelgusi boblarida so’z boradi.
Dostları ilə paylaş: