Dars jarayonida yangi ko’rgazmali va tarqatmali materiallardan foydalanish



Yüklə 325,87 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.09.2023
ölçüsü325,87 Kb.
#146765
dars-jarayonida-yangi-ko-rgazmali-va-tarqatmali-materiallardan-foydalanish



Dars jarayonida yangi ko’rgazmali va tarqatmali 
materiallardan foydalanish 
Vazira Muhiddinovna Ulug’murodova 
Samarqand viloyati, Nurobod tumani, 41-maktab 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada darslarda koʻrgazmali va tarqatmali 
materiallardan foydalanish texnologiyasi xususida fikr-mulohazalar bildirilgan. 
Xususan, milliy qadriyatlarimiz bilan uygʻunlashib yangi metodlar yaratgan holda 
zamonaviy darslarni tashkil etish masalalari koʻrib chiqiladi. 
Kalit soʻzlar: 
illyustrativ metod, Ko’rgazmali va tarqatmali materiallar, 
pedagog mahorati, milliy qadriyatlar, milliy metodlar, dars samaradorligi. 
Use of new demonstration and handout materials in the course 
of the lesson 
Vazira Muhiddinovna Ulugmuradova 
Samarkand region, Nurabad district, School №41 
Abstract:
This article provides feedback on the technology of using visual and 
handout materials in classes. In particular, issues of organizing modern classes, 
creating new methods in harmony with our national values, will be considered. 
Keywords:
illustrative method, Demonstration and distribution materials
pedagogic skill, national values, national methods, lesson efficiency. 
Asta sekin umumtaʼlim maktablarining mazmunini tubdan oʻzgartirildi, ya’ni 
taʼlimni maktabning maqsad va vazifalariga mos keladigan yangi, ancha 
takomillashgan izohli illyustrativ metodi vujudga keltirildi. Izohli-illyustrativ 
ta’limda oʻrganilayotgan obʼyekt mohiyati izohlanadi, hayotiy faktlar bilan 
bogʻlanadi hamda oʻqtuvchining ana shu oʻrganilayotgan obʼektga nisbatan 
koʻrsatadigan misol va xilma-xil koʻrgazmali qurollari orqali tasdiqlovchi xulosasi 
bilan yakunlanadi. 
Darslarda koʻrgazmali va tarqatmali materiallardan foydalanishdan asosiy 
maqsad taʼlim oluvchilarning mavzuni oʻrganishlarida ularning diqqatini toʻplash, 
darsga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, oʻzlariga boʻlgan ishonchni uygʻotish hamda 
koʻrgazmalilik va tarqatmalilik asosida ularning bilim, koʻnikma va malakalarini 
oshirishdan iborat. Shu oʻrinda, muhtaram Prezidentimizning «Shuni unutmasligimiz 
kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
440


xalqimizning ertangi kuni qanday boʻlishi farzandlarimizning bugun qanday taʼlim va 
tarbiya olishiga bogʻliq», degan fikrlari soʻzimizning isboti boʻladi.
Urugʻlar yordamida turli xil narsalar yasash. 
Bu metod orqali oʻquvchilarni 
tabiatni asrab-avaylash, har qanday narsadan unumli foydalanib biron narsa yashash 
va oʻquvchilarni darsga boʻlgan eʼtiborini kuchaytirishdan iboratdir. Bu metod orqali 
oʻquvchilarni ijodkorligini rivojlantirish yoʻq narsadan bor qilishdir. Bu metodning 
maqsadi ajdodlarimizdan qolgan tarixiy anʼanalarimizni oʻquvchilarga oʻrgatish va 
bu urf-odatlarni rivojlantirish usullari hisoblanadi. 
Milliylik metodi. 
Oʻquvchilar milliy oʻz-oʻzini anglashi uchun oʻz mamlakati, 
ajdodlari tarixini oʻrganishi kerak. Chunki tarixni oʻrganish hozir va kelajakni 
anglash, strategik tafakkur yuritish, yuz berayotgan voqealarga xolisona baho berish 
koʻnikmalarini shakllantirish, oʻzining maʼlum bir millatga daxldor ekanligini 
anglashga yordam beradi. 
Har bir oʻquvchi yoshlikdan oʻz millati, xalqining anʼanalari, til boyligi, ogʻzaki 
hamda yozma adabiyoti, sanʼati va musiqasi, xullas chuqur maʼnaviy merosini 
oʻrganib, bilib, oʻzida mujassamlashtirib boradi. Aks holda u maʼlum bir xalqqa 
mansub ekanligini koʻrsata olmaydi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
441


Shuning uchun ham xalq taʼlimi tizimining boshlangʻich davrlaridanoq 
oʻquvchilar ongida milliy axloqiy sifatlarni, orzu-istaklari, iymon-eʼtiqodlari, 
dunyoqarashlarini milliy asoslardagina shakllantira bormas ekan, koʻzlangan 
maksadga erishib bulmaydi. Buning uchun, shubxasiz, kelajagimiz boʻlmish 
farzandlarimizning, barkamol, axloqli boʻlib tarbiyalanishlariga erishishda faqat 
milliy taʼlim-tarbiyaga asoslangan taʼlim muassasalariga ega boʻlishimiz darkor. 
Taklif sifatida quyidagi fikrlarni keltirmoqchiman: 
- taʼlim muassasalarida ushbu metodlarni qoʻllash orqali oʻquvchi-yoshlar 
yoshiga mos ravishda milliy-axloqiy sifatlarni singdirish orqali oʻzligini anglashga 
yordam beradi; 
- taʼlim muassasalarida chet el metodlarini emas balki oʻzimizni milliy 
metodlarimiz qoʻllash; 
- maʼnaviy-axloqiy tarbiyani bugungi kun talablari darajasiga koʻtarish, yoshlar 
dunyoqarashiga taʼsir qiluvchi turli madaniy, siyosiy, ijtimoiy tadbirlarni tashkil etish; 
- yosh davrlarga mos tarbiya vositalari va milliy metodlar, psixologik taʼsir 
oʻtkazuvchi usullarni tanlay bilish; 
Men ham oʻz faoliyatim davomida darslarga ijodiy yondashib, koʻrgazmalarni 
qoʻl mehnatidan foydalanib yarataman. Bu gal milliy metod yaratishda poliz 
ekinlarining urugʻlaridan foydalandim. Tarvuz, Qovun, oshqovoq va shumga 
oʻxshash ekinlar urugʻi yordamida turli didaktik koʻrgazmalar tayyorladim. Ulardan 
dars jarayonida foydalanish oʻquvchilarda qiziqish uygʻotdi. Oʻquvchilarning darsga 
qiziqishlarini oshirib olsakgina, dars samaradorligini ham yaxshi natija beradi. 
Xulosa qilib aytganda, Ko’rgazmali va tarqatmali materiallarni dars jarayonida 
boshqa barcha milliy metodlar bilan birga qo’llab, dars samaradorligini oshirish 
imkoniyati mavjud. Ushbu imkoniyatdan qanday foydalanish o’qituvchining 
pedagogik mahoratiga bog’liq. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Qurbоnniyozоv R. “O’quvchilаr bilim vа ko’nikmа vа mаlаkаlаrini tеkshirish 
shаkllаri vа mеtоdlаri” T. O’qituvchi 2018 y.
2. Qurbоnniyozоv R. “Tа’limi mеtоdikаsi”. Tоshkеnt, 2015 y. 
3. Tojiboyeva D. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma. - T.: 
«Fan va texnologiya», 2007. -541-b. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
442

Yüklə 325,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin