98
Aflotundan: “Shuncha ilmni qanday hosil qilding?” – deb so‘radilar.
U shunday javob berdi: “Ilm o‘qiyotgan paytlarimda yoqqan
chiroq
moyim xarajatini hisoblasang, yeb-ichgan narsalarimning pulidan ko‘proq
bo‘ladi”. Demak, vaqtni ortiqcha yeb-ichish va o‘yin-kulgiga emas,
ilm olishga
sarflash zarur.
Har bir ishning ilmini bilish uni oxiriga yetkazish va mukammal ado etishga
asosiy omil bo‘ladi. Ilm va tafakkur insonlarga dunyo va oxiratda eng to‘g‘ri yo‘l
ko‘rsatuvchidir. Uning sohibi esa barcha maqtovga sazovor axloqqa erishadi.
1. Matnda “har bir ishning ilmini bilish” deganda nima nazarda tutilmoqda?
2. Matnda berilgan “Uning sohibi esa barcha
maqtovga sazovor axloqqa
erishadi” degan fikrni “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” mat
-
ni mohiyati bilan bog‘lab ko‘ring.
3. To‘xtamurod Jumayevning qat’iyligi, o‘z ishning ilmini bilishi uni oxiriga
yetkazish va mukammal ado etishga asosiy omil bo‘la oldimi? Nima uchun?
4. Siz o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadlaringizga erishish uchun qanday
harakat qilyapsiz?
5.“Mukammal ado etish” deganda nimani tushundingiz?
Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi
To‘xtamurod Jumayev Buxoroning olis tumanida joylashgan oddiy bir qish-
loq maktabini o‘zining
tinimsiz izlanishi, yangi ta’lim metodikasi bilan respub-
lika darajasidagi mashhur ta’lim dargohiga aylantirdi.
Har yili maktab bitiruvchilarining 95 foizdan ortig‘i oliy o‘quv
yurtlariga
o‘qishga qabul qilinadi.
2020-yilda bu ta’lim maskani erishayotgan kat-
ta yutuqlarni inobatga olib, Xalqaro matematika
maktabiga aylantirildi.
Mohir pedagog To‘xtamurod
Jumayev
ta’lim-tarbiya sohasida erishgan ulkan yutuqlari
va ibratli faoliyati uchun Prezident farmoniga
asosan davlatimizning yuksak mukofoti – “Buyuk
xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
?
Dostları ilə paylaş: