Abulfayz Bayhaqiy . XI asrda o‗tgan yirik tarixchi. To‗la ismi: Abulfayz
Muhammad ibn al-Husayn al-Kotib al-Bayhaqiy. U 995 yilda Nishopur viloyatiga
qarashli Xarisobod qishlog‗ida badavlat mansabdor oilasida dunyoga keldi.
Abulfayz Bayhaqiyning «Ziynat ul-Kitob» (Kitoblar ziynati), «Tarixi Oli
Mahmud» (Mahmud xonadonining tarixi) yoki «Jeme‘ fi tarixi Oli Sabuktagin»
(Sabuktagin xonadoni tarixidan hikoyalar majmuasi) bilan mahshurdir.
«Tarixi Ma‘sudiy» muallif o‗zi ko‗rgan va ishonchli kishilardan eshitgan
manbalar, shuningdek hukumat mahkamalarida saqlanayotgan rasmiy hujjatlar
asosida yozilgan. Asar faktik materiallarga boyligi, voqealarning keng va atroflicha
bayon etilishi va nihoyat zo‗r badiiy mahorat bilan yozilganligi bilan boshqa
tarixiy asarlardan farq qiladi.
Asarda Sulton Ma‘sud davrida G‗aznaviylar imperiyasining ijtimoiy-siyosiy
ahvoliga keng o‗rin berilgan. Bundan tashqari, asarda Safforiylar, Saljuqiylar
tarixiga oid muhim ma‘lumotlar ham bor. Ayniqsa, G‗aznaviylar bilan Xorazm,
Saljuqiylar, Qoraxoniylar davlati o‗rtasida bo‗lgan siyosiy munosabatlar haqida
ma‘lumotlar ko‗p.
Ushbu asarning to‗la ruscha tarjimasi tadqiqot va zarur izohlar bilan atoqli
sharqshunos A.K.Arends tomonidan chop etilgan (Toshken 1962, Moskva 1969).
Yusuf Xos Hojib Bolasog„uniy ning «Qutadg‗u bilig» (Saodatga boshlovchi
asar) nomli asarida mavzular qamrovi juda keng, lekin ularda inson va uning
ijtimoiy mohiyati, hayotdagi o‗rni va vazifasi har tomonlama tahlil qilinadi.
«Qutadg‗u bilig»da oddiy xalq, mehnatkash inson alohida ehtirom bilan
tasvirlanadi. Yusuf Xos Hojib Bolasog‗uniy ayniqsa dehqonlar, chorvadorlar,
hunarmandlar va savdogarlarni hurmat bilan tilga oladi. U dehqonlarni hammadan
ham yuqori qo‗yadi. Turli tabaqalar bilan hokimiyatning qanday munosabatda
bo‗lishi kerakligini uqtiradi. Dehqonlar «Zarur kishilar…. Bular bilan sen aloqada
bo‗l va aralashgin….Hamma jonlilarga bulardan oziq yetadi, hamma o‗z kiyim-
kechagini ulardan oladi» deb ta‘kidlanadi kitobda. «Qutadg‗u bilik»da axloq, odob
va ilm-ma‘rifatga doir ko‗pgina qimmatli pand-nasihatlar keltiriladi. Muallif
rostgo‗ylik, halollik, odob, sadoqat va sevgi degan masalalar haqida hikmatli
so‗zlar yuritadi. U ilm va ma‘rifat saodatning kaliti deb ataydi. Shuning uchun ham
o‗z dostonini «Qutadg‗u bilig» deb ataydi.