94
Muhammad as-Sam‘oniy (1113-1167 y.)dir. U Marvda yirik qonunshunos
olim oilasida dunyoga keldi, Marv, Buxoro hamda Samarqandda tahsil ko‗rdi,
1155-1156 yillari Movarounnahr va Xorazm bo‗ylab sayohat qildi, ma‘lum
muddat Nishopur, Isfahon, Bag‗dod, Xalab, Damashq hamda Quddus
shaharlarida hayot kechirdi. Sam‘oniy ―Kitob al-ansob‖dan tashqari yigirma jildlik
―Marv tarixi‖ nomli asarning ham ijodkoridir. Ammo bu kitob bizgacha yetib
kelmagan. Taxminlarga ko‗ra, bu muhim asar Chingizxon huruji vaqtida
kuyib ketgan bo‗lishi mumkin, chunki o‗shanda Marvning eng katta va boy
kutubxonasi bilan birga Sam‘oniylar xonadoniga tegishli bo‗lgan ikki yirik
kutubxona ham (Yoqut Hamaviy Sam‘oniylar kutubxonasini ko‗rganligini
aytadi) yonib ketgan. Bizgacha olimning faqat ―Kitob al-ansob‖ asarigina yetib
kelgan. ―Kitob al-ansob‖ asari Ibn Xalliqonning ma‘lumotlariga ko‗ra sakkiz
jilddan iborat bo‗lgan. Uning to‗la nusxasi ham yo‗qolib ketgan ko‗rinadi.
Kitobning tarixchi Ibn al-Asir tarafidan tahrir etilgan uch jildlik qisqartirilgan
qismigina saqlanib qolgan, xolos.
―Kitob al-ansob‖ asarining arabcha matni ikki marta nashr etilgan,
bosh qismi 1835 yili prof. D.S.Margoulis tarafidan chop etilgan. Uning
Bayrut nashri ham bor. Bu asarda islomiyatdan to muallifning zamonigacha
musulmon mamlakatlarida, ko‗proq Eron va Movarounnahrda o‗tgan mashhur
kishilar haqida keng ma‘lumot beriladi.
―Kitob al-ansob‖ Movarounnahrning qadimiy tarixi, yirik shaharlari,
qo‗shni mamlakatlar, xususan Xitoy bilan bo‗lgan savdo va madaniy aloqalarni
o‗rganishda muhim manbalardan biri hisobanadi. Ushbu asar to‗g‗risida
Sh.Kamoliddinov nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan va rus tilida
kitob chiqargan.
Dostları ilə paylaş: