95
ijtimoiy-siyosiy voqealar yilma-yil, xronologik, ya‘ni davr tartibida bayon etib
beriladi. Asarda ko‗pgina qimmatli manbalar, xususan Tabariy hamda as-
Sallomiyning bizgacha yetib kelmagan ―Kitob fi axbor vuloti Xuroson‖, (―Xuroson
hukmdorlari haqida axborot beruvchi kitob‖) kabi qimmatli asarlardan keng
foydalangan. ―Al-komil fi-t-tarix‖ning birinchi qismi (I-IV jildlari) olamning
―yaratilishi‖dan to 931 yilgacha bo‗lib o‗tgan voqealar bayonidan iborat. Bular
avval bo‗lib o‗tgan olimlar Balazuriy, Tabariy, Ibn Miskavayx, as-Sulamiy va
boshqalarning asarlariga tayanib yozilgan. Lekin bu qismda ham ko‗p hollarda
asosiy manbalarda uchramaydigan muhim va qimmatli ma‘lumotlar bor.
Masalan, 751 yili Talas daryosi bo‗yida arab va Movarounnahr qo‗shinlari
bilan xitoy armiyasi o‗rtasida bo‗lib o‗tgan jang va unda ko‗p minglik xitoy
qo‗shinining tor-mor etilishi haqidagi ma‘lumot shular jumlasidandir. Undan
tashqari, as-Sam‘omiy va uning muhim tarixiy asari haqida ma‘lumot Ibn al-Asir
tufayligina bizgacha yetib kelgan. Asarning VII-XII jildlari mustaqil, alohida
ahamiyatga ega bo‗lib, 924-1231 yillar orasida Sharq mamlakatlarida, shuningdek
Movarounnahrda bo‗lib o‗tgan voqealarni o‗z ichiga oladi va asosan
qo‗lyozma manbalar, shuningdek tarixni yaxshi bilgan kishilar bergan
axborotlar hamda muallifning shaxsiy kuzatishlari davomida to‗plagan boy va
faktik material asosida yozilgan.
―Al-komil fi-t-tarix‖ asarining ayniqsa, mo‗g‗ullar istilosiga
bag‗ishlangan XII jildi alohida qiymatga ega va Movarounnahr hamda Sharq
mamlakatlarining XIII asrning birinchi choragidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini
o‗rganishda asosiy manba vazifasini o‗taydi.
Kitobning to‗la matni ikki marta (1851-1876 yillari va 1901 y.) chop etilgan.
Ayrim parchalarni rus tiliga N.A.Mednikov, A.Ye.Krimskiy tarjima qilganlar.
Asar Xivada to‗la ravishda o‗zbek tiliga Muhammad Rahim soniy (1863-
1910 yy.) davrida Nurillo Muftiy, Muhammad Sharif oxund va boshqalar
tomonidan tarjima qilingan bo‗lib, Toshkentdagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti xazinasida o‗n uchta mo‗‘tabar qo‗lyozmalari
saqlanmoqda.
Dostları ilə paylaş: