96
5.
Abu Said Gardiziy asari haqida ma‘lumot bering.
6.
«Buxoro tarixi» asari necha bobdan iborat bo‗lib,
ularning nomlanishi
haqida nimalarni bilasiz?
7.
Abu Rayhоn Bеruniy qanday asarlar yozgan va ular haqida nimalarni
bilasiz?
VI-BOB: O„RTA OSIYONING XIII-XV ASRLAR TARIXIGA OID
YOZMA MANBALAR
1219-1221 yillar ichida O‗rta Osiyo mo‗g‗ullar tomonidan istilo etildi.
Chingizxon
vafot etgandan keyin, uning bosib olgan yerlari o‗g‗illari o‗rtasida
bo‗lindi. O‗rta Osiyo Chig‗atoyga tegdi. XIV asrning 40-yillariga kelib, Chig‗atoy
ulusi ikkiga bo‗linib ketdi – Yettisuv va Qoshg‗arda qolgan mo‗g‗ullar mustaqillik
e‘lon qilib, o‗z davlatini tuzib oldilar. Bu davlat tarixda Mo‗g‗uliston nomi bilan
mashhurdir.
Mo‗g‗ullar hukmronligi yillarida Movaraunahr xalqi ikki tomonlama:
mo‗g‗ullar hukmdorlari (dorugalar, bosqoqlar) hamda mahalliy feodallar tarafidan
og‗ir ekspluatasiya qilindi. Ular asosiy daromad solig‗i xirojdan tashqari talaygina
boshqa soliq va jarimalar (dorug‗achi, ulufa, tamg‗a, qopchur yasog‗i, tog‗lor,
begor va boshqalarni) to‗lashga majbur etilgan edilar.
Og‗ir feodal ekspluatasiya mo‗g‗ul hukmdorlarining
beboshligiga qarshi
Buxoroda Kosib Mahmud Torobiy boshchiligida 1238 yil qo‗zg‗olon ko‗tardilar,
lekin bu qo‗zg‗olon boshqa shahar va viloyatlarga tarqalmaganliga uchun mo‗g‗ul
qo‗shini tomonidan bostirldi.
XIV asr o‗rtalariga kelib Chig‗atoy ulusining g‗arbiy-janubiy qismini tashkil
etgan. Movaraunahrda feodal tarqoqlik yanada kuch oldi. Bu ayniqsa Qozog‗on
vafotidan keyin (1358y.) kuchayib ketdi. Mamlakat mayda-chuyda qismlarga
bo‗linib ketdi. Masalan, Shahrisabzdan Jaloir mustaqillik e‘lon qildi, Balxda Amir
Husayn xon qilib ko‗tarildi, Shibirg‗onni Muhammad Apardi egalladi, Xuttalanda
Kayxusrav o‗zini podsho deb e‘lon qildi. Bundan
barlos amirzodalaridan Amir
Temur ustalik bilan foydalandi va 1370 yili oliy hokimiyatni qo‗lga oldi. 1370-
1378 yillarda u mamlakatda tarqoqlikni tugatib, Movaraunahr va Xorazmni o‗ziga
bo‗ysindirdi. 1380-1402 yillarda Temur qo‗shni mamlakatlar ustiga harbiy yurish
qilib, Eron, Zakavkazya, Iroq, Kichik Osiyo va Shimoliy
Hindistonni istilo qildi,
Oltin O‗rda xoni To‗xtamishga (1376-1395 yy.) qaqshatqich zarba berib,
uning
poytaxti Saroy Berkanni egalladi.
Temuriylar davlati tom ma‘nosi bilan markazlashgan davlat emas edi. U
mayda uluslarga bo‗lingan holda idora qilindi. Masalan, Temur hayotligida
imperiya to‗rt qismga bo‗linga edi.
97
Temur vafotidan (1405 yil 18 fevral) keyin uning davlati inqirozga yuz tutdi.
To‗g‗ri, u Shohrux (1409-1447yy.), Abu Said (1451-1469yy.)
va Sulton Husayn
Bayqaro (1470-1506yy.) davrida nisbatan markazlashgan va ma‘lum harbiy-
siyosiy
kuchga ega edi, lekin uluslarning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi mavqei
hamon katta edi.
Dostları ilə paylaş: