145
X-BOB: CHOR ROSSIYASI MUSTAMLAKACHILIGI DAVRI
MANBALARI
XIX asrning o‗rtasida mustamlakachi ikki imperiya, ya‘ni
Angliya va
Rossiya manfaatlari Turkistonda to‗qnashdi. Rossiya siyosatchilari Buyuk
Britaniyaning Turkiston va Kaspiy dengizinining Sharqiy tomonlarini egallab
olishidan g‗oyat xavfsirayotgan edilar.
XIX asrda Buyuk Britaniya o‗z tasarrufidagi Hindiston va Afg‗oniston
orqali o‗zbek xonliklari bilan savdo-sotiq va diplomatik aloqalar olib borardi. Ayni
paytda ingliz siyosatchilari esa Turkistonni Rossiya bosib olishidan xavfsirab,
uning chegaralari Afg‗onistongacha yetib kelmasligini istar edilar.
Angliyaning asosiy maqsadi xonliklarni bosib olishga chog‗lanayotgan
Rossiyaning
rejalarini barbod qilish, uchchala xonlikni unga qarshi kuch qilib
birlashtirish va O‗rta Osiyo bozorolarini egallash edi. Angliya hukumati shu
maqsadda 1841-1842 yillarda Stoddart va Konnolini xonliklarga maxsus missiyasi
bilan yubordi. Qo‗qon va Xiva xonlari ularning taklifiga ko‗ndilar. Ammo Buxoro
amiri Nasrulloxon ingliz elchilarini qatl qildilar. Shu ishi bilan u chor Rossiyani
ruhlantirib, uning bosqinchilik yurishi boshlashiga imkon yaratib berdi. Rossiya bu
imkoniyatdan 1853-yilda general Perovskiy Oqmachitni egallab oldi.
Rossiya imperiyasi o‗zbek xonliklarini bosib olish bo‗yicha
katta harbiy
rejalar tuzdi. Rejada Turkistonni bosib olgandan keyin xonliklarning taqdiri
qanday bo‗lishi oldindan hal qilinib qo‗yilgan edi. Harbiy harakatlarga ketadigan
xarajatlar, qo‗shin miqdori, urush xarajatlarida qatnashuvchi qismlar,
suv va
quruqlikda harakat qiluvchi vositalar, qurol-yarog‗ zahirasida Rossiya harbiy
vazirligida o‗z yechimiga ega edi. Rejada asosiy zarbani Qo‗qon xonligiga berish,
ayni paytda Xiva, Buxoro xonliklarining birlashgan qo‗shin
tuzishga va ularga
birgalikda harakat qilishga imkon bermaslik, ular o‗rtasida nizo-nifoqni
kuchaytirish yo‗llari o‗rganilib chiqilgan edi.
Shunday qilib, general Chernyaev 1964 yilni 1-oktyabrida Toshkent
shahrining sharqiy tomonidan bosib olishga harakat qildi. Uning qo‗shinida 8 rota
askar, 100 nafar kazak, 12 ta zambarak, 1500 urish soldati guruhlardan iborat edi.
Bu harakat amalga oshmadi.
Nihoyat, 1865 yil 9 may kuni har ikki tomon kuchlari to‗qnashdi.
Bu voqealarni o‗lkashunos tarixchi Mirza Olim Toshkandiy o‗zining «Tarixi
Turkiston» nomli kitobida qo‗yidagicha bayon etadi: «Bir
necha kundan keyin
Russiya askarlari Toshkand ustiga kelib, qaytadan Xo‗jand darvozasidan hujum
qila boshladilar. O‗sha vaqtda Toshkent shahrining tomonlari atrofini aylantirib,
bino qilingan qalin va baland qo‗rg‗on, tashqari atrofii zovur qazilgan va o‗n ikki
davrozasi bor edi.
146
Bu jangni o‗z ko‗zi bilan ko‗rgan Muhammad Solih «Tarixi Ja‘didi
Toshkent» nomli qo‗lyozma asarida qo‗yidagicha tasvirlaydi: Butun osmonni tutun
va chang qoplab oldi, nihoyat ruslar yaqindagi tepalik tomon chekinib, mudofaaga
o‗tishga majbur bo‗ldilar. Qamalda yotgan shaharliklar buni ko‗rib juda
quvondilar, yetti yashar boladan tortib yetmish yashar chollargacha g‗alabani
qutlab, sarbozlarga ovqat, sharbat, issiq non keltirib turdilar. Lekin rus qo‗shinlari
o‗zlarini o‗nglab, qayta hujumga o‗tib, Toshkent qo‗shinlarini orqaga chekintirdi».
Toshkent dahshatli xavf ostida qolgan kunlarda shaharning obro‗-e‘tiborli
vakillari yig‗ilishib, Buxoroga o‗z elchilarini jo‗natdilar.
Elchi Buxoro amiri
Muzaffar Toshkent ahliga nisbatan xiyonat bilan teng darajada fikrini bildirib,
shunday maqtanchoqlik qildi: «Men bir rus lashkarboshisi bilan jang qilishni or-
nomus deb bilaman. Xohlasam to‗ppa-to‗g‗ri Moskva yoki Peterburgga borib Rus
davlati bilan urushaman» dedi. Kaltafahmlik bilan Qo‗qon xonligiga qarshi
yurishga tayyorlandi. Dushmanga qarshi kurashish o‗rniga Turkiston birliliga putur
yetkazadigan xatarli yo‗lni tanladi…
Shunday qilib, 1867 yil 14-iyulda Rossiya imperatori Aleksandr II Turkiston
general-gubernatorligiga ta‘sis etdi.
1886 yilda chor hukumati «Turkiston o‗lkasini boshqarish haqida Nizom»ni
tasdiqladi. Shu Nizomga asosan rus aholisini ko‗chirib keltirish yo‗li bilan o‗lkani
ruslashtirish
harkatini qonuniy mustahkamlab, unga siyosiy tus berdi. Ko‗chib
keluvchilarga 10 desyatinadan kam bo‗lmagan yer ajratish belgilandi…
15 yil ichida, ya‘ni 1875-1890 yillar ichida Turkistonda 19 ta rus qishlog‗i
tashqil qilindi. 1891-1892 yillarda Rossiyada ocharchilik boshlanganda esa
Turkistonga ko‗chib keluvchilarning soni nihoyatda ko‗payib ketdi. Ana shu ikki
yil davomida 25 ta rus qishlog‗i paydo bo‗lib, yer dehqonlarining soni ikki baravar
ko‗paydi…
Dostları ilə paylaş: