O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti baxtiyar Ergashev manbashunoslik va tarixshunoslik darslik



Yüklə 2,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/112
tarix22.09.2023
ölçüsü2,94 Mb.
#146972
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   112
Ahmad Donish
. Haqaqiy ismi Ahmad ibn Amir Nosir ibn Yusuf Al-Xanafiy 
al-Buxoriy. XIX asrda o‗tgan, ko‗zga tashlangan mutaffakir shoir, adib va 
tarixnavis olim. 1827 yilda Buxoroda tug‗ilgan. Ahmad Donish faoliyati 
xattotlikdan boshlangan va 1850 yilning boshlarida amir Nasrullo xizmatiga qabul 
qilingan. 1870 yilda iste‘foga chiqib, ilmiy ish bilan mashg‗ul bo‗lgan. 
Ahmad Donish 1857 yili amir Nasrullo, 1869 va 1874 yillarda amir 
Muzaffar (1860-1885) elchilik tarkibida Peterburgda bo‗ldi va Rossiyaning 
iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti bilan yaqindan tanishdi. Bu safarlar olimning 
dunyo qarashiga katta ta‘sir ko‗rsatdi, lekin u Buxoroning Rossiyaga nisbatan 
qoloqligining haqiqiy sabablarini tushunib yetmadi. U jamiyatni mavjud qonun va 
davlat tartibini takomillashtirish yo‗li bilan odil podshoning qo‗li bilan qaytadan 
ko‗rish mumkin deb hisoblardi. 


147 
Ahmad Donish «Buxoroyi sharif amirlarining tarjimai holi. Amir Donyordan 
to Amir Abdulahatgacha» asarini yozadi. O‗zbekistonning XIX asrdagi ijtimoiy-
siyosiy tarixini o‗rganishda olimning so‗nggi asari (1885 yildan keyin yozilgan) 
zo‗r ahamiyatga ega. Asarda katta so‗z boshidan keyin qisqa tarzda amir Doniyor 
(1759-1785), Shohmurod (1785-1800) hamda amir Nasrullo hukmronlik yillarida 
bo‗lib o‗tgan voqealar bayon etilgan. Uning katta va so‗nggi qismi amir 
Muzaffarga bag‗ishlangan. Bu qismida Buxoro xonligining XIX asr ikkinchi 
yarmidagi ijtimoiy-siyosiy hayoti, shuning chor Rossiyasi qo‗shinlari tomonidan 
Jizzax (1866) hamda Samarqandning ishg‗ol qilinishi (1868) voqealar batafsil 
yoritilgan. 
«Tarjimai ahvol amironi Buxoroyi sharif»ning qo‗lyozmalari Toshkent, 
Samarqand, Dushanbe kutubxonalarida saqlanadi. Asarning matni mashhur 
sharqshunos olim prof. Abdug‗ani Mirzoev tomonidan chop etilgan. 

Yüklə 2,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin