O‘zbekiston Respublikasining
ijtimoiy-iqtisodiy holati
Turistik oqim
447
Sog‘lomlashtirish maqsadida yurtimizga asosan 31-55 yoshdagilar (umumiy kelgan
chet el fuqarolar sonidan 46,9 % ni tashkil etgan) hamda 56
yosh va undan kattalar
(22,1 %) tashrif buyurgan. Tijorat maqsadida esa O‘zbekistonga
kelgan chet elliklarning
asosiy qismini 31-55 yoshdagilar (bu umumiy safarlar sonidan 40,7 % ni tashkil etgan)
va 0-18 yoshdagilar (27,4 %) bo‘lgan. 0-18
yoshdagi bolalarga kelganda,
ularning
mamlakatimizga tashrif buyurishlaridan asosiy maqsad qarindoshlarni yo‘qlash (ushbu
yoshdagi jami kelganlarning 90,8 %), dam olish – 5,4 %,
shuningdek, davolanish –
1,6 % bo‘lgan.
2-BO‘LIM. TURISTIK MAQSADLARDA KETGAN O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASI FUQAROLARI SONI
Turistik maqsadlarda ketgan O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolari soni
(2021- yil yanvar–dekabr, ming kishi)
2021- yilning yanvar–dekabr
oylarida MDH
davlatlariga
ketgan
O‘zbekiston
Respublikasi
fuqarolari soni 1 874,36 ming kishidan iborat bo‘lib,
bu jami ketganlarning 85,4 % ini
tashkil etgan, boshqa
davlatlarga esa 320,49 ming kishi (yoki 14,6 %)
ketgan.