O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati Turistik oqim



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix22.09.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#147060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Turistik oqim 2021

O‘zbekiston Respublikasining
 
ijtimoiy-iqtisodiy holati
 Turistik oqim
 
 
437
 
 
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida 1 504,13 ming kishini tashkil etgan. 
O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan
377,22 ming kishiga ko‘paygan. 
Shu bilan birga, 2021- yilning yanvar–dekabr oylarida turistik maqsadlarda ketgan 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 2 194,85 ming kishini
1)
tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan 
yilning yanvar–dekabr oylarida bu ko‘rsatkich 2 001,52 ming kishini tashkil etgan. Xorij 
mamlakatlariga ketgan fuqarolarning soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan
193,33 ming kishiga ko‘paygan. 
 
1- BO‘LIM. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA TURISTIK MAQSADLARDA 
KELGAN CHET EL FUQAROLARI SONI
O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda
kelgan chet el fuqarolari
(2021- yil yanvar–dekabr, ming kishi) 
2021- yil yanvar–dekabr oylarida O‘zbekiston 
Respublikasiga MDH davlatlaridan tashrif buyurgan chet 
el fuqarolari 1 713,96 ming kishini tashkil etdi, bu jami 
tashrif buyurganlarning 91,1 % ini tashkil etdi, boshqa 
davlatlardan 167,39 ming kishi (yoki 8,9 %) tashrif 
buyurgan. 


 O‘zbekiston Respublikasining
 
ijtimoiy-iqtisodiy holati
Turistik oqim
 
 
 
438
 
2020- yilning bahorida koronavirus pandemiyasi butun dunyo bo‘ylab sayyohlik 
mavsumini izdan chiqardi. Davlatlararo sayohatlarni taqiqlash va karantin choralari turizm 
sektoriga zarar yetkazib, tarixda bo‘lmagan inqirozni keltirib chiqardi. O‘zbekiston 
iqtisodiyoti ham zarar ko‘rdi. Shu sababli, ichki turizm sektori ham zarar ko‘rdi. 
Turistik maqsadlarda O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolari sonining tahlili
2020- yilda (1 504,13 ming kishi) 2019- yilga (6 748,51 ming kishi) nisbatan
5 244,38 ming kishiga (77,7 %) keskin kamayganini ko‘rsatmoqda. Shu davrda MDH 
davlatlaridan kelgan chet el fuqarolari soni 4,4 barobar, boshqa davlatlardan esa
5,8 barobar kamaygan. 
Ammo, 2021- yilda 2020- yilga nisbatan o‘sishni kuzatish mumkin. 2021- yilning 
yanvar–dekabr oylarida O‘zbekistonga kelgan xorijiy fuqarolar soni 1 881,35 ming kishini 
tashkil etdi. 2020- yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 377,22 ming kishiga oshgan, 
ya’ni 25,1 % ga. 2020-2021- yillarda MDH davlatlaridan respublikaga tashrif buyurgan 
chet el fuqarolar soni 20,7 % ga, boshqa davlatlardan esa 99,6 % ga (deyarli 2 martaga) 
oshdi. 
Maʼlumot uchun:
 O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara 
qo‘shinlarining O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan chet el fuqarolari 
to‘g‘risidagi maʼlumotlari asosida shakllantiriladi.
O‘z o‘rnida, 2021- yilda respublikamizga tashrif buyurgan barcha chet el 
fuqarolarining eng ko‘p qismi asosan 4-chorakka to‘g‘ri kelishini ham kuzatish mumkin 
(745,72 ming kishi – tashrif buyurganlar umumiy sonining 39,6 % i). MDH davlatlari 
fuqarolari ham asosan 4-chorakda respublikaga kirib kelgan – 700,24 ming kishi (MDH 
davlatlaridan kelganlar umumiy sonining 40,9 % i). Boshqa xorijiy davlatlar (MDH 
davlatlaridan tashqari) fuqarolari esa asosan iyul-sentabr oylarida O‘zbekistonga tashrif 
buyurganlar (52,05 ming kishi – 2021- yil davomida boshqa davlatlardan (MDH 
davlatlaridan tashqari) respublikaga tashrif buyurganlar umumiy sonining 31,1 % i). 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin