Qiymat nazariyasi va bahoning shakllanishi. A.Smit
bozor
bahosining
beqarorligini
talab
va
taklifdagi
doimiy
o‘zgarishlarning natijasidir, deb ko‘rsatib o‘tadi. Uz tadqiqotida A.Smit oldiga
tovarning «real», «tabiiy» bahosini, ya’ni uning qiymatini topish vazifasini qo‘ydi. U
tovarning bozor va tabiiy yoki haqiqiy baholarini farqlaydi, hiqiqiy bahoni qiymat
bilan aynan bir deb tushunadi. «Qiymat»- bu buyumning foydaliligi, hamda uni
boshqa buyumga almashish qobiliyati belgilanadi. Bunda u bir vaqtning o‘zida ikki
har xil konsepsiyadan foydalandi. Birinchisi – tovarning qiymati faqat unga
sarflangan mehnat bilan aniqlanadi: qancha ko‘p mehnat sarflansa, tovar shuncha
qimmat bo‘ladi ( bu konsepsiya keyinchalik D.Rikardo va K.Marks iqtisodiy
ta’limotlarining asosini tashkil etadi). Ikkinchi konsepsiyaga binoan - tovar qiymatini
yaratishda barcha ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital, yer) qatnashadi. Shunga
muvofiq tovar qiymati mehnat sarflaridan, foyda va yer rentasidan tashkil topadi,
ya’ni ishlab chiqarish harajatlari bilan aniqlanadi. A.Smit o‘z qarashlarida bu ikkala
konsepsiyadan foydalandi:
Ishlab chiqarish Taqsimot
1-rasm. Qiymatning ikki konsepsiyasi.
Smitning fikricha «Tabiiy baho» (qiymat) – bu shunday bahoki, unda mehnat,
kapital va yer uchun to‘lanadigan normalar tarkib topadi. Bu tabiiy normalar
halqlarning yashash sharoitlariga, geografik va tabiiy sharoitlariga va o‘ratcha
harajatlar darajasiga qarab o‘rnatiladi. A.Smit fikriga ko‘ra esa, «tabiiy baho»ning
shakllanishi – ob’ektiv bozor qonunlarining amal qilishi natijasidir. Agar talab
Kapital Mexnat Qiymat Foyda Ish haqi Renta