33
David Rikadoning iqtisodiy ta’limoti
Ingliz klassik iqtisodiyotining mashhur namoyandasi David Rikardo (1772-
1823) Peti va Smitning iqtisodiy g‘oyalarini yanada rivojlantirdi.
U matematika,
fizika, ximiya va biologiyani mustaqil o‘rgandi. D.Rikardo dastlab birja dalloli,
keyinroq matematika o‘qituvchisi bo‘ldi, 2 marta sherif (politsiya boshlig‘i) etib
saylandi, 1819-1823 yillarda Angliya parlamentining a’zosi bo‘ldi. Parlament
minbaridan o‘zining ilg‘or iqtisodiy fikrlarini
tarqatish maqsadida foydalandi, erkin
savdoni talab etdi, proteksionizm va pul muomalasi sohasidagi
davlat siyosatini
tanqid qildi.
D.Rikardo 1799 yilda kurortda A.Smitning «Xalqlar boyligi…» asarini ko‘rib
qoladi va unda bu fanga ishtiyoq paydo bo‘ladi. U jamiyat moddiy boyligini o‘sishi
uchun ijtimoiy ishlab chiqarish va taqsimotning qanday sharoitlari eng qulay va
optimal degan masalaga to‘xtaladi. D.Rikardo yagona iqtisodiy konsepsiya asosida
pul
muammosi va kredit, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, soliq, yer rentasi,
xalqaro
mehnat taqsimoti to‘g‘risida fundamental fikrlar berdi.
Uning dastlabki «Oltin ajdahosi to‘g‘risida uch xat» (1809y.) hamda boshqa
asarlari pul va pul muammolarini tahlil qilishga bag‘ishlandi.
U Smitning g‘oyalarini qo‘llash bilan birga uni to‘ldirdi va qarshi fikrlarni ham
ilgari surdi. U kapitalistlar va ishchilarning manfaatlari bir-birlariga qarama-qarshi
ekanligini ochib berdi (Smitda bu manfaatlar bir edi).
18 asr oxiri va 19 asrning boshlarida Angliyada sanoat to‘ntarilishi ro‘y berdi.
Oqibatda sanoat tez o‘sdi,
ishchilar soni ortdi, shaharlar ko‘paydi, lekin
mehnatkashlarning qashshoqlanishi va ekspluatator sinflarning boyishi kuchaydi,
ya’ni differensiatsiya yuz berdi. Ish kuni 12-13 soatgacha uzaydi, mehnat sharoiti esa
yomonlashdi, ishchilar mashinaning qo‘shimcha
qismiga aylandi, xalq ommasi
kurashga otlandi,
ludditlar
(mashina sindiruvchilar) harakati kuchaydi, fabrikalarga
o‘t qo‘yildi. Ammo sanoat inqilobi davrida proletariat hali yagona, uyushgan sinfga
aylanmagan edi. Rikardo sanoat inqilobi davrining iqtisodchisi
sifatida maydonga
chiqdi vash ular tufayli iqtisodiy ta’limotni yuqoriroq pog‘onaga ko‘tardi (A.Smit esa
manufaktura davrining iqtisodchisi edi).
Dostları ilə paylaş: