Renta va ish haqi nazariyalari. D.Rikardo yer rentasi miqdorini tuproq unumdorligiga va uchastkaning
bozorga uzoq-yaqin joylashishiga bog‘liq bo‘ladi, deb fikr yuritgan. Bu qoida
keyinchalik differensial renta konsepsiyasi nomini oladi.
Smitning fikricha ish haqi mehnat unumdorligining natijasi, renta esa – yer
unumdorligining natijasidir. Rikkardo ta’limotiga ko‘qra ish haqi - mehnat sarflari
natijasi, renta – kamyoblik, va yer uchuastkalarining harxilligi natijasidir.
D.Rikardo ta’limotiga ko‘ra, mehnatning qiymati ishchining jismoniy jihatdan
yashash va o‘z avlodini ko‘paytirish uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalar qiymati
bilan aniqlanadi. Demak, real ish haqi – doimiy. Nominal ish haqi esa oziq-ovqat
mahsulotlari bahosi oshishi sababli ko‘payishi mumkin.
Kapitalistlar erkin raqobat sharoitida ish haqi o‘sishini bahoga ko‘chira
olmaydi va foydaning bir qismidan mahrum bo‘lishga majbur. Bu qoida katta
ijtimoiy-siyosiy xususiyatga ega, chunki Smit ishchilarning ish haqi oshsa, baholar
ham oshadi, degan fikrda bo‘lgan (real daromad o‘zgarmaydi). Ish haqi oshganda
baholar o‘zgarmaydi, kapitalistlarning foyda me’yori kamayadi.
«Asr stagnatsiyasi» D.Rikardo o‘z ta’limotida qo‘yidagi xulosaga keladi: «jamiyat evolyutsiyasi
mehnatga bo‘lgan talabning ko‘payishiga olib keladi – bu esa aholining o‘sishini
rag‘batlantiradi. Aholining o‘sishi yomon yer uchastkalarini ishlashga majbur etadi
va shu bilan bir vaqtda oziq-ovqat mahsulotlari bahosining oshishini va yer
rentasining ko‘payishini keltirib chiqaradi.Shungako‘ra dadbirkorer egasi va
yollanma ishchilarning ish haqini oshiradi. Bunda tadbirkorning daromadi kamayadi.
Bu esa foyda noromasining pasayishiga olib keladi. Foyda normasining pasayib
borishi bilan birga investitsiyaga va ishlab chiqarishni kengaytirishga bo‘lgan
qiziqish kamayadi. Natijada iqtisodiyot ertami-kechmi o‘z rivojlanishini to‘xtatadi.
Bu «asr stagnatsiyasi»dir. D.Rikardo bu jarayonning oldini olishning qo‘yidagi
yo‘llarini ko‘rsatib beradi:
35
1.
Tug‘ilishni kamaytirish.
2.
Texnika taraqqiyotini tatbiq etish;
3.
Halqaro savdoni rivojlantirish, chet mamlakatlardan erkin don olib
kelishni joriy etish