36
MAVZU 6: KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUXOLIF G‘OYALARNING VUJUDGA KELISHI J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti. «Bozor qonuni».
T.Maltusning iqtisodiy ta’limoti. «Nufus qonuni».
J.S.Millning iqtisodiy ta’limoti.
F.Bastia (Fransiya), G.Keri (AQSH) va N.Seniorning iqtisodiy ta’limotlari.
Germaniya tarixiy maktabi asoschilarining ta’limotlari.
Iqtisodiyotda ekonometrik usullarni qo‘llanilishi
J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti. «Bozor qonuni». Fransiyada A.Smit g‘oyalarini ancha izchil va ijodiy davom ettirgan Jan
Batist Sey (1767-1832) hisoblanadi. Uning hayotidagi asosiy ishi – iqtisodiy bilim
sohasidagi tadqiqotidir. Uning birinchi asari «Siyosiy iqtisod traktati» 1803 yilda
chiqdi, olim hayoti davomida besh marta qayta nashr qilindi, qayta ishlandi va uning
bosh asari sifatida qoldi. Bu asarda u sanoat burjuaziyasi tarafdori, merkantilizm
dushmani va iqtisodiy liberalizmni qo‘llab-quvvatlovchi olim sifatida ma’lumdir.
Olimning tadqiqot predmeti sifatida jamiyatning moddiy farovonlik muammosi
qaraladi, boylikning manbai esa millatning iqtisodiy potensialiga bog‘liqdir.
U iqtisodiy nazariyadan siyosatning, mafkuraning va statistikaning ajralib
chiqishini ma’qulladi. Smit kabi, u iqtisodiy liberalizm tamoyili, davlat iqtisodiyotga
aralashuvini keskin qisqartirish tarafdori edi. U siyosiy iqtisodni uch qismga bo‘ladi:
ishlab chiqarish, taqsimot va iste’mol. Birinchilardan bo‘lib ishlab chiqarish omillari:
mehnat, kapital va yerning mahsulot qiymatini hosil qilishda teng ishtirokini aniq
ifodaladi.
J.B.Seyning «Bozor qonuni» Bu qonunning asosiy mazmun va mohiyati shundan iboratki, J.B.Seyning
aytishicha, tovarlarning umumiy massasi talabning umumiy miqdoriga teng bo‘ladi,
o‘z tovarini sotib daromad olgan har bir kishi ushbu daromadga mos ravishda talabni
keltirib chiqaradi. Bundan kapitalistik jamiyatning takror ishlab chiqarishida
«garmoniya» mavjudligi va oqibatda umumiy ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlari
bo‘lmasligi isbotlanadi, ya’ni taklif avtomatik ravishda talabni vujudga keltiradi.
Biroq, J.M.Keynsning tasdiqlashicha, odamlar daromadning barchasini
iste’molga sarflamaydilar, balki ularning bir qismini jamg‘arib boradilar. Bu esa
shunga muvofiq ravishda yalpi talabni kamaytiradi, ish bilan bandlikni qisqartiradi.
Pirovard natijada bunday holat Sey qonunining noto‘g‘ri ekanligini keltirib chiqaradi.
Shuningdek, J.B.Sey «foydalilik nazariyasi»ga asos soldi. Klassik maktabdan
farqli ravishda tovar qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan emas,
uning foydaliligi bilan aniqlanadi. A.Smitning qiymat nazariyasidan farqli, qiymat
faqat sarflangan mehnat bilangina emas, balki mehnat mahsulotining naflik darajasi
bilan ham o‘lchanadi, bu esa katta yangilikdir.
J.B.Sey iqtisodiyotning asosiy sohalari – sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va
xizmat ko‘rsatish o‘rtasidagi «tenglik»ni ko‘rsatib berdi. Uning fikriga ko‘ra, to‘rtta
sohaning barchasida boylik yaratiladi, chunki sanoatda ham, qishloq xo‘jaligida ham,
savdoda ham, xizmat ko‘rsatishda ham foydalilik ishlab chiqariladi. Ishlab
chiqarishda tadbirkorlar (ular ishlab chiqarishni tashkil etadilar va boshqaradilar), yer
37
egalari (tovar ishlab chiqarish uchun tabiiy materiallarni beradilar) va ishchilar
(tayyor mahsulot yaratadilar) o‘zaro ta’sirda bo‘ladilar va bir-birlarini to‘ldirib
boradilar.