4. Desorber vazifasi.
Desorber yuqorisidan chiqayotgan parogaz aralashmasi
xolodilnika yaxlitlanadi va ajratgichda nordon gaz va flegmaga ajratiladi. Bu yerdan
nordon gaz oltingugurt sexiga yuboriladi. Flegma esa desorber yuqori qismiga nasos
yordamida uzatiladi.
6.11-jadval
Bir blokning asosiy texnologik ko`rsatkichlari
Nomi
Harajatlar
ming m
3
/s
Kontsentratsiya
N
2
S, g/m
3
Shudring
nuqtasi
0
S
Oltingugurt gazi
500
1000
minus 8
Tozalangan gaz
410
20
minus 60
Regeneratsiya gazi
65
3%
Seolit SaA
8 ta adsorberga 600 t.
Seolitning ishlash muddati
Seolit yordamida oltingugurtdan tozalash adsorbtsion usulda amalga
oshiriladi. Bunda seolitlar yordamida, ya‗ni kaltsiy A (CaA) bilan 5 ta blok uchun 8
ta adsorber bor.
235
VII-bob. Siquv kompressor stansiyalari
1§. Kondagi siquv kompressor stansiyalari
Kondagi kompressor stansiyalarning vazifasi.
Kompressor qurilmasi – siqilgan gazni berilgan parametrdagi qiymatlariga
ko‘tarish tizimi bo‘lib, u kompressor uzatma, gaz va havoni sovutgichlar, nam
ajratgichlar, resivers, quvurli uzatmalar, berkitish va oldindan himoyalovchi
armaturalar, nazorat-o‘lchov apparaturalaridan tashkil topgan.
7.1. -rasm. Kompressor qurilmasi sxemasi.
1-so‘rish kollektori; 2-napor kollektori; 3-suzgich; 4-II pog‘onali separator; 5-I
pog‘onali separator; 6-I pog‘onali sovutgich; 7-ikki pog‘onali kompressor; 8-
maxovik; 9-chiqaruvchi podshipnik; 10-ishga qo‘shuvchi tugma; 11-salnik zichlama;
12-birlashtiruvchi mufta; 13-elektrodvigatel; 14-ishga tushiruvchi qurilma: t
sur
, t
b.u
, t
1
– so‘rish, bosimli uzatish va I-pog‘onadan keyingi harorat; P
sur
/P, P
b.u
/P, va P
1
/P –
so‘rish, bosimli uzatish va pog‘onadan keyingi tizimlardagi bosimni ko‘rsatuvchi
manometrlar.
Jihozlarning ishchi tasniflari (bosim, harorat, quvvat va o‘lchamlari), tipi va
bajarilishi, hamda o‘zaro joylashuvi kompressor qurilmasining quvvatiga
uzatiladigan gazning xossalari va boshqalarga ko‘rsatgichlariga bog‘liqdir. 7.1-
rasmda karbon suvli gazlarni siquvchi kompressor qurilmasining texnologik sxemasi
236
tasvirlangan bo‘lib, qaysiki unda portlash xavfli elektrodvigatel (13)-alohida
tashqariga chiqarilgan. Uzatma uzun val va chiqarilgan oraliq podshipniki (9) orqali
amalga oshiriladi. Valni devor orqali kirish joyiga (11) salnikli zichlanma o‘rnatilgan.
Ishga tushirishdan oldin aylantirish momentini va valda dinamik barqarorlikni hosil
qilish uchun 8-chi maxovik o‘rnatilgan. Ishga tushiruvchi qurilma (14) ham alohida
xonaga joylashtirilgan. Mashina xonasida kompressorni avariya holatida qo‘shish
uchun (10) tugma o‘rnatilgan.
Kompressordagi rejimni nazorat qilish uchun so‘rish va bosimli uzatish
tizimlarida, hamda har bir pog‘onadan keyin manometrlar va termometrlar
o‘rnatilgan.
Kompressorning uzatish sarfini nazorat qilish uchun so‘rish tizimidagi sarf
o‘lchagich qurilmasi, sovutish ishini nazorat qilish uchun – termometr o‘rnatilgan.
Kompressor qurilmasida harakatlanuvchi mexanizmlarni majburiy moylanishi
uchun moylash tizimlari, qaysiki nasos, quvurli uzatmalar, suzgichlar, sovituvchi
moylar, manometr va termometr, moylash rejimini nazorat qiluvchi jihozlar
o‘rnatilgan.
Suv bilan sovutuvchi kompressorlarda suvni keltiruvchi va chiqarib
yuboruvchi quvurli uzatmalar, silindr, sovutuvchi va to‘kuvchi karnaylarga
keltirilgan suvlarni taqsimlovchi berkitish qurilmalari. Sovutuvchi suvlarni nazorat
qiluvchi qurilmalar ajralmas qismlari hisoblanadi. Odatda to‘kuvchi quvurli
uzatmalar soni manbadagi sovutuvchi quvurlar soniga teng.
Kompressor qurilmalari barqaror yoki ko‘chma bo‘lishi mumkin. Barqaror
kompressor qurilmalari alohida texnologik jarayon yoki mashina bo‘limi yoki butun
markazlashtirilgan ishlab chiqarish sexlari tarkibidan iboratdir. Gaz ajratish tizimi
uchun bosim bilan uzatuvchi bo‘lim, sovutish bo‘limi, avtomatik ishlarni va nazorat-
o‘lchov asboblarini siqilgan xavo bilan ta‘minlovchi sex.
Yerdagi, qurilish va mantaj ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan qurilmalarni
ko‘chma stansiya siqilgan havo bilan ta‘minlaydi. Ko‘chma stansiya ichki yonuv
dvigatelidan oladigan uzatmasi bilan avtonom, hamda vaqtinchalik elektr uzatma
orqali elektrodvigateldan iste‘mol qilib turish mumkin.
237
Ko‘chma kompressor stansiyasiga PKS-18/8, PKS-5 lar kiradi (P-peredvijnoy-
kuchma, K-kompressor, S-stansiya). Bunday qurilmalar sarf unumdorligini 0.3-0.33
m
3
/sek va ishchi bosimni 0.7 MN/m
2
-gacha oshirishi mumkin.
Agarda bitta yo‘nalish va ikki maqsad uchun qo‘llanilsa, kompressor
stansiyalari birlashtiriladi. Bir qancha stansiyalarda moylash tizimi, so‘rish va bosimli
uzatish tizimlari bitta markazlashtirilgan kollektorlarga birlashtirilgan.
7.2-rasm. Kompressor stansiyasining sxemasi.
1 va 5 – shamollatgichlar; 2 va 9 – kollektorlar; 3-kollektor; 4-nasos; 6-
ishlangan moylar uchun sig‘im idishi; 7-sig‘im; 8-10-11-12 – kollektor; 13-bosim
kollektori; 14-so‘rish kollektori; 15-nasos; 16-zaxira nasos; 17-nasos; 18-issiq suv;
19-yig‘ish rezervuari; 20-sug‘orish sovutgichi.
7.2-rasmda avtonom sirkulyatsiya suv ta‘minotli kompressor stansiyasining
sxemasi tasvirlangan. Mashina zaliga 6-ta kompressor joylashtirilgan. Unda so‘rish
ishi (14) ni so‘rish kollektori orqali amalga oshiriladi. Naporli kollektordan (13)
siqilgan gaz oxirgi sovutgich (20) ga o‘rnatiladi.
Kompressor stansiyasini sovutish serkulyatsiya tizimi orqali bajariladi. Sovuq
suv 15-nasos yordamida (19) rezervuardan olinib, kollektorga (12) uzatiladi va undan
keyin kompressorga keladi. Suv teskarisiga kollektordan (11) o‘z oqimi bilan suv
oladigan rezervuar (18) ga oqib tushadi, undan (17)-nasos yordamida olinadi va
238
sug‘orish sovutgichiga (20) uzatadi. Eng so‘ngida suv sepiladi va sovutiladi, undan
keyin esa sovutish rezervuaridan o‘z oqimi bilan suv olinadigan rezervuar 19-ga
to‘planadi. 16-chi nasos zaxirada hisoblanib, sovuq suv ham, issiq suv ham ishlaydi.
Kompressorlarni moylash ham markazlashtirilgandir. 4-chi nasos moyni 3-chi
kollektorga uzatadi, undan keyin moy kompressorlar bo‘yicha taqsimlanadi.
Qayta ishlangan moy 10-kollektorga to‘planadi va undan keyin ishlatilgan
sig‘im 6-chiga to‘planadi. Nam ajratgichda suv bilan yog‘ cho‘ktiriladi.
Shamollatiladigan xom ashyolar 8-chi kollektor bo‘ylab 7-chi sig‘imga
yo‘naltiriladi.
Kompressor stansiyasining umumiy ko‘rinishi 7.3-rasmda tasvirlangan.
7.3-rasm. Oraliq kompressor stansiyasining umumiy ko‘rinishi.
Dostları ilə paylaş: |