N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


 §. Kompressor stansiyasi jihozlari va kompressor qurilmasi



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

2 §. Kompressor stansiyasi jihozlari va kompressor qurilmasi
Tozalagichlar - suriladigan gazlarni changlardan va boshka mexanik 
aralashmalardan tozalash uchun xizmat kiladi. Bunday changlarni va aralashmalarni 
tushishi kompressorni tezda yemirilishga olib keladi. 
Gaz kompressorlarida mexanik aralashmalar qattiq zarrachalar, to‘liq 
kuymagan mahsulotlar, smola zarrachalari va boshqa ko‘rinishda bo‘ladi. 
Havo kompressorlarida qattiq zarrachalar chang ko‘rinishida, sanoat joylardagi 
atmosfera tarkibida 4.5 mg/m
3
gacha yetadi. Havo kompressorlarida asosan vissina 


239 
suzgich qo‘llanilib, u xalqalar seksiyasidan tashkil topgan va vissina moyi bilan 
xo‘llangan bo‘ladi. 
Bundan tashqari quruq suzgichlar qo‘llanilib, gaz quruq suzgich to‘qimalari 
orqali o‘tadi va qovushqoq suyuqliklar orqali yuviladi, changlar ushlanib qolinadi.
Vissinali suzgichlarni ishlash unumdorligi 1m
2
-ga 0.33 m
3
/sek ni tashkil etadi. 
Gaz va moylarni sovutgich – bu quvurli sovutish modifikatsiyalari bo‘lib, 
sovutiladigan gaz yoki moy quvurlar orqali va quvurlar oralig‘ida fazoda ham 
o‘tkaziladi. Odatda I pog‘ona sovutgichlardan keyin quvur oralig‘i fazasiga tushadi, 
bunday holatda namlikni ajratish sodir bo‘ladi (suvni separatsiya bo‘lishi). Nam 
ajratish miqdori oshib ketsa, sovutgichdan so‘ng maxsus nam ajratgichlar o‘rnatiladi. 
Suv bilan ta‘minlash tezligi quvurlar orqali suvni uzatishda 1.5-2 m/s va 
quvurli uzatmalardan to‘kishda 1 m/s. 
3§. Separatorlar
Separatorlar – kompressorlar zanjir jarayonida kondensat yig‘gichlarda nam 
kondensat va moy ajralganda, hamda nam ajratgich va yog‘ ajratish qurilmalarida 
ajratish vazifasini bajaradi. 
Bunday jarayonni amalga oshirishda har xil konstruksiyali separatorlar 
qo‘llanadi – bo‘sh tanali, siklonli va yuqori tezkorlikka ega bo‘lgan. 
Zamonaviy kompressorlarda gaz oqimidagi jarayondan namli tomchi 
ajratuvchi va moy ajratadigan, o‘z yo‘nalishini ko‘p o‘zgartiruvchi va aylanish 
harakatini amalga oshiradigan separatorlar qo‘llaniladi. 
Gazning bosimi 10 MN/m
2
yuqori bo‘lganda nam va moyni suzgichlar 
yordamida ajratish amalga oshiriladi. 
Suyuqlik zarrachalari ajratilish jarayonida gazning tezligi quyidagidan yuqori 
bo‘lmasligi kerak: past bosimli pog‘onada 1m/s; o‘rtacha bosimli pog‘onada 0.5 m/s; 
yuqori bosimli pog‘onada 0.3 m/s. 


240 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin