4§. Gaz yig’gichlar
Resivirlar (gaz yig‘gichlar) – kompressordan keyin o‘rnatilib, gazlarni notekis
uzatilishini rostlab turish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari resivirlar
kompressorning oxirgi pog‘onasida namlik va moy ajratgich hisoblanadi va ular ichi
bo‘sh apparatlar shaklida bo‘ladi.
Resivirlarning sig‘imdorligi kompressor unumdorligiga muvofiq tanlanadi.
Kompressor unumdorligi Q- 0.1m
3
/s – 12Q ga; Q=0.1-0.5 m
3
/s bo‘lganda 9Q-ga; Q>
0.5 m
3
/s bo‘lganda 6Q-ga teng bo‘ladi.
5§. Quvurli uzatmalar
Quvurli uzatmalar – kompressor stansiyasini ajralmaydigan qismi hisoblanadi.
O‘rtacha quvvatga ega bo‘lgan kompressorlarda quvurli uzatmaning uzunligi bir
necha kilometrga to‘g‘ri keladi. 7.4-rasmdan ko‘rinib turibdiki, quvurli uzatgichlar
asosiy va yordamchi mahsulotlarni yetkazishda, hamda suv bilan ta‘minlashda va
oqava suvlarni chiqarishda xizmat qiladi.
Kompressorlarni quvurli uzatmalarini texnik amalga oshirish murakkab bo‘lib,
unda bekitmalar, rostlagichlar, oldindan himoyalovchi elementlarni mavjudligi
gidravlik tizimda murakkabliklarni tug‘diradi.
7.4-rasm. Kompressorlarni quvurli uzatmalar bilan biriktirilishi.
241
VIII-bob. Gazni yer ostida saqlash
1§. Yer osti gaz omborlar
1.1. Gaz omborlari vazifasi va sinfi
Gaz ombori – yer osti gaz ombori – gaz saqlanadigan tabiiy yoki yer usti va yer
osti gaz omborlariga bo‘linadi. Yer osti G.O. sanoat ahamiyatiga ega, chunki ularda
katta miqdorda (bir necha mln. dan bir necha mlrd.m3 gacha) gaz saqlash mumkin.
Yer osti G.O.samarasi juda yuqori hamda xavfsiz. G.O. ning halq xo‘jaligida
yoqilg‘iga bo‘lgan mavsumiy talab o‘zgaruvchanligini me‗yorlashtirishda muhim
iqtisodiy ahamiyatga ega. Ularning bir turi neft yoki gaz tugagan bo‘shliqlard,
yerning suvli qatlamlarida (gaz suv ichiga qamaladi) qurilishi mumkin. Bunday
omborlarda tabiiy gaz gaz holatida saqlanadi.
Uning boshqa turi tashlandiq shaxta, tunnel, g‘orlar, konlarning qazilgan
yo‘llarida quriladi. Tog‘ jinslari bo‘shliqlarida gz aksariyat g‘ollarda atrof –
haroratida va 0,8 – 1,0 MPa (8 – 10 kgs/sm
2
) va undan ortiq bosimda siqilgan holda
saqlanadi. 60 – yillardan boshlab tabiiy gazni sanoat miqyosida yer usti va yer osti
omborlarida atmosfera bosimida, past haroratda, suyuq holatda saqlash qo‘llaniladi.
Ishlatib bo‘lingan neft va gaz konlari o‘rnida quriladigan G.O. arzon hamda qulay
hisoblanadi.
Birinchi yer osti G.O. 1915 yil Kanadada ishlatilib bo‘lingan kon o‘rnida
qurilgan. Gazni yer ostida saqlash AQSH da rivojlangan.Germaniya, Polsha,
Frantsiya va boshqa malakatlarda ham yer osti G.O. lari mavjud. Rossiyada dastlab
1958 – yilda Samara viloyatida Bashkatov yer osti G.O. gazdan bo‘shagan kon
o‘rnida bunyod etilgan. I.A.Charnovning nazariy ishi asosida yer osti suvli
qatlamlarida gaz saqlash texnologiyasi dunyoda birinchi bor ishlab chiqildi (San-
Peterburg, Gatchinsk GO, 1963 yil). Shelkovsk GO dunyodagi yirik gaz
omborlaridan biri (3,0 mlrd.m
3
gaz 11 MPa (110 kgs/sm
2
) bosimda saqlanadi).
O‘zbekistonda asosan yer osti gaz omborlari 60-yillar o‘rtalaridan
―O‘ztransgaz‖ davlat birlashmasi tizimida qurila boshlangan. 1965 yil O‘zbekiston va
Qozog‘iston chegarasida birinchi gaz ombori – Poltaratsk GO yer osti suvli qatlamida
qurildi (45 burg‘i qudug‘i bo‘lib, 1995-96 yilgi mavsumda olingan gaz hajmi 345
242
mln.m
3
bo‘ldi). 1978 yilda esa O‘zbekiston va Qirg‘iziston xududida 1-Shimoliy
So‘x GO bunyod etildi (72 burg‘i qudug‘i bo‘lib, 1996 yilda undan olingan gaz hajmi
O‘zbekistondagi barcha GO laridan olingan gaz hajmining 14% ni tashkil etdi). 1983
yildan Qirg‘izistonda Moylisuv GO qurildi (5 burg‘i qudug‘i bor, suvli qatlamida
yig‘ilgan gaz radiusi 7-8 km ga boradi). 1984 yilda 2-Shimoliy So‘x GO bunyod
etildi (45 burg‘i qudug‘i bor). 1988 yilga kelib Gazli GO qurildi (bu GO hajmi
jihatidan ancha katta bo‘lib, 205 burg‘i qudug‘i bor ). Bu gaz ombordagi bosimning
nihoyatda pastligi (1,0 kgs/sm
2
) jahon tajribasidagi yagona holat hisoblanadi. 1999
yilda Xo‘jaobod GO (Andijon viloyati) ning 1-navbati ishga tushirildi. Hozirgi
kunda barcha gaz omborlarining imkoniyatlari gaz iste‗molidagi mavsumiy
o‘zgarishlarning 70-75% ini tartiblashga yetadi. Yoqilg‘iga bo‘lgan mavsumiy talab
o‘zgaruvchanligini yanada barqarorlashtirish maqsadlarida yangi GO bunyod etish
ustida (masalan, Toshkent viloyatida yangi GO qurish bo‘yicha) izlanishlar olib
borilmoqda.
Gaz manbasi (gaz koni, gazni qayta ishlovchi zavod va boshqalar) magistral
gaz quvurlari va ularning inshootlari, taksimlovchi gaz quvurlari va iste‘molchilar,
ya‘ni mayishiy, kommunal va ishlab chiqarish obyektlari, uzaro bir-biriga bog‗liq
bo‗lgan bitta texnologik sistemani tashkil qiladi. Bu sistemaning asosiy tomoni uning
xar bir elementining o‗zaro bog‗liqligidadir. Ularning birortasini ish rejimining
o‗zgarishi qolgan barcha qismiga ta‘sir ko‗rsatadi. Sutka va yil davomida gazga
bo‗lgan ehtiyojning o‗zgarishi, gaz ta‘minoti tizimi va uning ayrim elementlari
ishlashga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi.
Gazga bo‗lgan ehtiyojning o‗zgarishini uch xil ko‗rinishi bor: soatlik, sutkalik
va oylik (mavsumiy).
Soatlik ehtiyojning o‗zgarishi – bir sutkadagi soatlar davomida gazga bo‗lgan
ehtiyojning o‗zgarishi tushuniladi. Sutkalik bir oy davomida sutkalar bo‘yicha gazga
bo‗lgan ehtiyojning o‗zgarishi, oylik – bir yil davomida oylardagi gazga bo‗lgan
ehtiyojni o‗zgarishi tushuniladi. Soatlik va sutkalik gazga bo‗lgan ehtiyojning
o‗zgarishi inson hayotiga bog‗liq bo‗ladi. Sutkani kunduzgi soatlari (asosan ertalab
243
va kechqurun)da ko‗proq, kechasi esa kamroq bo‗ladi. Dam olish kunlari esa gaz
sarfi kamayadi. Haftaning o‗rtalarida esa gaz sarfi maksimal bo‗lishi kuzatiladi.
Gazga bo‘lgan ehtiyojning oylik (mavsumiy) o‗zgarishiga, asosan havo
haroratining mavsumiy o‗zgarishi sabab bo‗ladi. Oylik ehtiyojning o‗zgarishiga
isitish tizimining ta‘siri katta bo‗ladi.
Sutkalik gazga bo‘lgan ehtiyojni o‘zgarishini yer ustida saqlash omborlari yoki
magistral gaz quvurlari yordamida zaxirada saqlash yordamida meyorlash mumkin.
Oylik gazga bo‗lgan ehtiyojning o‗zgarishini meyorlab turish uchun million va
milliard m
3
gazlarni saqlash va uzatib turish zarur bo‗ladi. Buncha hajmdagi gazni yer
ustida saqlashning iloji yo‘q. Buning uchun yirik shahar va ishlab chiqarish
markazlari yonida yer osti omborlari qurish kerak bo‗ladi.
Gaz saqlagich omborxonalarning qurilishiga asosiy sabab bu istemolchilarga
sarflanayotgan gazning notekis taqsimlanishidir. Gazning notekis taqsimlanishi
asosan quyidagilarga bog‗liqdir: aholining turmush tarziga, kommunal maishiy
korxonalarning ish tartibiga, sanoat korxonalarning texnologik ish tartibiga va h.k.z.
larga. Gazning sarflanish tartibini statistik ma‘lumotlarni to‗plash asosida aniqlash
mumkin. Gaz sarfining notekis taqsimlanishni gaz qazib chiqarishni o‗zgartirish
yordamida amalga oshirish mumkin emas. Shuning uchun gaz sarfining notekis
taqsimlanishini ta‘minlab turish quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
- gazgolderda gazni saqlash yordamida;
- magistral gaz tormoqlarining oxirgi oraliqlarida gaz quvurining ichki
sig‗imidan foydalanish hisobiga;
- mavsumiy istemolchilardan foydalanish evaziga, ya‘ni yoz paytidagi ortiqcha
gaz sarfidan turli xil istemolchilarda foydalanish orqali.
Yer osti gaz omborlaridan
foydalanish juda katta miqdorda gaz zaxiralarini
saqlash va gaz yoqilg‗isining mavsumiy notekis sarflanishning oldini olish uchun
juda qulaydir. Yer osti gaz saqlagich omborxonalar sifatida ko‗pincha gaz yoki neft
paydo bo‗lgan joyda, bo‗sh qolgan yer osti qatlamidan foydalaniladi. Agarda gaz
iste‘mol qilinadigan yaqin joyda yer osti bo‗shliq qatlamlari mavjud bo‗lmagan
244
joylarda gaz saqlagich omborxonalar maxsus o‗rganilib yer osti suv qatlamlari
mavjud bo‗lgan joylar tanlanadi.
Gazni yer osti omborida saqlash usuli, mavsumiy gazga bo‘lgan ehtiyojni
ta‘minlashda asosiy usul hisoblanadi. Y.O.S. tashkil qilishda yer osti suvi joylashgan
qatlamdan hamda neft va gaz qazib olingan kon qatlamlaridan foydalanilmoqda.
Tugallangan gaz, gaz kondensat va neft konlarida gaz ombori hosil qilib saqlash usuli
iqtisodiy tomondan samarali hisoblanadi. Tugallangan konda hosil qilingan yer osti
ombori inshootlarida ikki bosqich ish bajariladi. Birinchi bosqichda omborni gaz
bilan to‘ldirish ishlari olib boriladi, ikkinchi bosqichda omborni vaqti – vaqti bilan
ishlatiladi.
Yer osti omborlari quyidagilar bilan ta‘minlaydi:
1.
Qish vaqtlarida isitishga kerak bo‘ladigan gazga bo‘lgan ehtiyojni qondiradi.
2.
Magistral gaz quvurlari va kompressor stansiyalariga ketgan kapital
harajatlarni kamaytiradi.
3.
Mamlakatning kerakli xududida davlat zaxirasini tashkil qilish.
4.
Qazib olingan eski konlardan ombor sifatida foydalanish natijasida
quduqlarning neft berish qobiliyatini oshirish.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida shunday yer osti gaz omborlaridan
Shimoliy – Sox (1978 yilda ishga tushirilgan), Gazli (1988 yilda ishga tushirilgan),
Maylisu va Xo‘jaobod yer osti gaz omborlari ishlab turibdi.
Dostları ilə paylaş: |