N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

4§. Gaz yig’gichlar
Resivirlar (gaz yig‘gichlar) – kompressordan keyin o‘rnatilib, gazlarni notekis 
uzatilishini rostlab turish uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari resivirlar 
kompressorning oxirgi pog‘onasida namlik va moy ajratgich hisoblanadi va ular ichi 
bo‘sh apparatlar shaklida bo‘ladi. 
Resivirlarning sig‘imdorligi kompressor unumdorligiga muvofiq tanlanadi. 
Kompressor unumdorligi Q- 0.1m
3
/s – 12Q ga; Q=0.1-0.5 m
3
/s bo‘lganda 9Q-ga; Q> 
0.5 m
3
/s bo‘lganda 6Q-ga teng bo‘ladi. 
5§. Quvurli uzatmalar
 
 
Quvurli uzatmalar – kompressor stansiyasini ajralmaydigan qismi hisoblanadi. 
O‘rtacha quvvatga ega bo‘lgan kompressorlarda quvurli uzatmaning uzunligi bir 
necha kilometrga to‘g‘ri keladi. 7.4-rasmdan ko‘rinib turibdiki, quvurli uzatgichlar 
asosiy va yordamchi mahsulotlarni yetkazishda, hamda suv bilan ta‘minlashda va 
oqava suvlarni chiqarishda xizmat qiladi. 
Kompressorlarni quvurli uzatmalarini texnik amalga oshirish murakkab bo‘lib, 
unda bekitmalar, rostlagichlar, oldindan himoyalovchi elementlarni mavjudligi 
gidravlik tizimda murakkabliklarni tug‘diradi. 
7.4-rasm. Kompressorlarni quvurli uzatmalar bilan biriktirilishi. 
 


241 
VIII-bob. Gazni yer ostida saqlash 
1§. Yer osti gaz omborlar 
1.1. Gaz omborlari vazifasi va sinfi 
Gaz ombori – yer osti gaz ombori – gaz saqlanadigan tabiiy yoki yer usti va yer 
osti gaz omborlariga bo‘linadi. Yer osti G.O. sanoat ahamiyatiga ega, chunki ularda 
katta miqdorda (bir necha mln. dan bir necha mlrd.m3 gacha) gaz saqlash mumkin. 
Yer osti G.O.samarasi juda yuqori hamda xavfsiz. G.O. ning halq xo‘jaligida 
yoqilg‘iga bo‘lgan mavsumiy talab o‘zgaruvchanligini me‗yorlashtirishda muhim 
iqtisodiy ahamiyatga ega. Ularning bir turi neft yoki gaz tugagan bo‘shliqlard, 
yerning suvli qatlamlarida (gaz suv ichiga qamaladi) qurilishi mumkin. Bunday 
omborlarda tabiiy gaz gaz holatida saqlanadi.
Uning boshqa turi tashlandiq shaxta, tunnel, g‘orlar, konlarning qazilgan 
yo‘llarida quriladi. Tog‘ jinslari bo‘shliqlarida gz aksariyat g‘ollarda atrof – 
haroratida va 0,8 – 1,0 MPa (8 – 10 kgs/sm
2
) va undan ortiq bosimda siqilgan holda 
saqlanadi. 60 – yillardan boshlab tabiiy gazni sanoat miqyosida yer usti va yer osti 
omborlarida atmosfera bosimida, past haroratda, suyuq holatda saqlash qo‘llaniladi. 
Ishlatib bo‘lingan neft va gaz konlari o‘rnida quriladigan G.O. arzon hamda qulay 
hisoblanadi. 
Birinchi yer osti G.O. 1915 yil Kanadada ishlatilib bo‘lingan kon o‘rnida 
qurilgan. Gazni yer ostida saqlash AQSH da rivojlangan.Germaniya, Polsha, 
Frantsiya va boshqa malakatlarda ham yer osti G.O. lari mavjud. Rossiyada dastlab 
1958 – yilda Samara viloyatida Bashkatov yer osti G.O. gazdan bo‘shagan kon 
o‘rnida bunyod etilgan. I.A.Charnovning nazariy ishi asosida yer osti suvli 
qatlamlarida gaz saqlash texnologiyasi dunyoda birinchi bor ishlab chiqildi (San-
Peterburg, Gatchinsk GO, 1963 yil). Shelkovsk GO dunyodagi yirik gaz 
omborlaridan biri (3,0 mlrd.m
3
gaz 11 MPa (110 kgs/sm
2
) bosimda saqlanadi). 
O‘zbekistonda asosan yer osti gaz omborlari 60-yillar o‘rtalaridan 
―O‘ztransgaz‖ davlat birlashmasi tizimida qurila boshlangan. 1965 yil O‘zbekiston va 
Qozog‘iston chegarasida birinchi gaz ombori – Poltaratsk GO yer osti suvli qatlamida 
qurildi (45 burg‘i qudug‘i bo‘lib, 1995-96 yilgi mavsumda olingan gaz hajmi 345 


242 
mln.m
3
bo‘ldi). 1978 yilda esa O‘zbekiston va Qirg‘iziston xududida 1-Shimoliy 
So‘x GO bunyod etildi (72 burg‘i qudug‘i bo‘lib, 1996 yilda undan olingan gaz hajmi 
O‘zbekistondagi barcha GO laridan olingan gaz hajmining 14% ni tashkil etdi). 1983 
yildan Qirg‘izistonda Moylisuv GO qurildi (5 burg‘i qudug‘i bor, suvli qatlamida 
yig‘ilgan gaz radiusi 7-8 km ga boradi). 1984 yilda 2-Shimoliy So‘x GO bunyod 
etildi (45 burg‘i qudug‘i bor). 1988 yilga kelib Gazli GO qurildi (bu GO hajmi 
jihatidan ancha katta bo‘lib, 205 burg‘i qudug‘i bor ). Bu gaz ombordagi bosimning 
nihoyatda pastligi (1,0 kgs/sm
2
) jahon tajribasidagi yagona holat hisoblanadi. 1999 
yilda Xo‘jaobod GO (Andijon viloyati) ning 1-navbati ishga tushirildi. Hozirgi
kunda barcha gaz omborlarining imkoniyatlari gaz iste‗molidagi mavsumiy 
o‘zgarishlarning 70-75% ini tartiblashga yetadi. Yoqilg‘iga bo‘lgan mavsumiy talab 
o‘zgaruvchanligini yanada barqarorlashtirish maqsadlarida yangi GO bunyod etish 
ustida (masalan, Toshkent viloyatida yangi GO qurish bo‘yicha) izlanishlar olib 
borilmoqda.
 
Gaz manbasi (gaz koni, gazni qayta ishlovchi zavod va boshqalar) magistral 
gaz quvurlari va ularning inshootlari, taksimlovchi gaz quvurlari va iste‘molchilar, 
ya‘ni mayishiy, kommunal va ishlab chiqarish obyektlari, uzaro bir-biriga bog‗liq 
bo‗lgan bitta texnologik sistemani tashkil qiladi. Bu sistemaning asosiy tomoni uning 
xar bir elementining o‗zaro bog‗liqligidadir. Ularning birortasini ish rejimining 
o‗zgarishi qolgan barcha qismiga ta‘sir ko‗rsatadi. Sutka va yil davomida gazga 
bo‗lgan ehtiyojning o‗zgarishi, gaz ta‘minoti tizimi va uning ayrim elementlari 
ishlashga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadi.
Gazga bo‗lgan ehtiyojning o‗zgarishini uch xil ko‗rinishi bor: soatlik, sutkalik 
va oylik (mavsumiy). 
Soatlik ehtiyojning o‗zgarishi – bir sutkadagi soatlar davomida gazga bo‗lgan 
ehtiyojning o‗zgarishi tushuniladi. Sutkalik bir oy davomida sutkalar bo‘yicha gazga 
bo‗lgan ehtiyojning o‗zgarishi, oylik – bir yil davomida oylardagi gazga bo‗lgan 
ehtiyojni o‗zgarishi tushuniladi. Soatlik va sutkalik gazga bo‗lgan ehtiyojning 
o‗zgarishi inson hayotiga bog‗liq bo‗ladi. Sutkani kunduzgi soatlari (asosan ertalab 


243 
va kechqurun)da ko‗proq, kechasi esa kamroq bo‗ladi. Dam olish kunlari esa gaz 
sarfi kamayadi. Haftaning o‗rtalarida esa gaz sarfi maksimal bo‗lishi kuzatiladi. 
Gazga bo‘lgan ehtiyojning oylik (mavsumiy) o‗zgarishiga, asosan havo 
haroratining mavsumiy o‗zgarishi sabab bo‗ladi. Oylik ehtiyojning o‗zgarishiga 
isitish tizimining ta‘siri katta bo‗ladi. 
Sutkalik gazga bo‘lgan ehtiyojni o‘zgarishini yer ustida saqlash omborlari yoki 
magistral gaz quvurlari yordamida zaxirada saqlash yordamida meyorlash mumkin. 
Oylik gazga bo‗lgan ehtiyojning o‗zgarishini meyorlab turish uchun million va 
milliard m

gazlarni saqlash va uzatib turish zarur bo‗ladi. Buncha hajmdagi gazni yer 
ustida saqlashning iloji yo‘q. Buning uchun yirik shahar va ishlab chiqarish 
markazlari yonida yer osti omborlari qurish kerak bo‗ladi. 
Gaz saqlagich omborxonalarning qurilishiga asosiy sabab bu istemolchilarga 
sarflanayotgan gazning notekis taqsimlanishidir. Gazning notekis taqsimlanishi 
asosan quyidagilarga bog‗liqdir: aholining turmush tarziga, kommunal maishiy 
korxonalarning ish tartibiga, sanoat korxonalarning texnologik ish tartibiga va h.k.z. 
larga. Gazning sarflanish tartibini statistik ma‘lumotlarni to‗plash asosida aniqlash 
mumkin. Gaz sarfining notekis taqsimlanishni gaz qazib chiqarishni o‗zgartirish 
yordamida amalga oshirish mumkin emas. Shuning uchun gaz sarfining notekis 
taqsimlanishini ta‘minlab turish quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
- gazgolderda gazni saqlash yordamida
- magistral gaz tormoqlarining oxirgi oraliqlarida gaz quvurining ichki
sig‗imidan foydalanish hisobiga;
- mavsumiy istemolchilardan foydalanish evaziga, ya‘ni yoz paytidagi ortiqcha 
gaz sarfidan turli xil istemolchilarda foydalanish orqali. 
Yer osti gaz omborlaridan
 
foydalanish juda katta miqdorda gaz zaxiralarini 
saqlash va gaz yoqilg‗isining mavsumiy notekis sarflanishning oldini olish uchun 
juda qulaydir. Yer osti gaz saqlagich omborxonalar sifatida ko‗pincha gaz yoki neft 
paydo bo‗lgan joyda, bo‗sh qolgan yer osti qatlamidan foydalaniladi. Agarda gaz 
iste‘mol qilinadigan yaqin joyda yer osti bo‗shliq qatlamlari mavjud bo‗lmagan 


244 
joylarda gaz saqlagich omborxonalar maxsus o‗rganilib yer osti suv qatlamlari 
mavjud bo‗lgan joylar tanlanadi.
Gazni yer osti omborida saqlash usuli, mavsumiy gazga bo‘lgan ehtiyojni 
ta‘minlashda asosiy usul hisoblanadi. Y.O.S. tashkil qilishda yer osti suvi joylashgan 
qatlamdan hamda neft va gaz qazib olingan kon qatlamlaridan foydalanilmoqda. 
Tugallangan gaz, gaz kondensat va neft konlarida gaz ombori hosil qilib saqlash usuli 
iqtisodiy tomondan samarali hisoblanadi. Tugallangan konda hosil qilingan yer osti 
ombori inshootlarida ikki bosqich ish bajariladi. Birinchi bosqichda omborni gaz 
bilan to‘ldirish ishlari olib boriladi, ikkinchi bosqichda omborni vaqti – vaqti bilan 
ishlatiladi. 
Yer osti omborlari quyidagilar bilan ta‘minlaydi: 
1.
Qish vaqtlarida isitishga kerak bo‘ladigan gazga bo‘lgan ehtiyojni qondiradi. 
2.
Magistral gaz quvurlari va kompressor stansiyalariga ketgan kapital 
harajatlarni kamaytiradi. 
3.
Mamlakatning kerakli xududida davlat zaxirasini tashkil qilish. 
4.
Qazib olingan eski konlardan ombor sifatida foydalanish natijasida 
quduqlarning neft berish qobiliyatini oshirish. 
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida shunday yer osti gaz omborlaridan 
Shimoliy – Sox (1978 yilda ishga tushirilgan), Gazli (1988 yilda ishga tushirilgan), 
Maylisu va Xo‘jaobod yer osti gaz omborlari ishlab turibdi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin