N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

4. Desorber vazifasi.
Desorber yuqorisidan chiqayotgan parogaz aralashmasi 
xolodilnika yaxlitlanadi va ajratgichda nordon gaz va flegmaga ajratiladi. Bu yerdan 
nordon gaz oltingugurt sexiga yuboriladi. Flegma esa desorber yuqori qismiga nasos 
yordamida uzatiladi. 
6.11-jadval 
Bir blokning asosiy texnologik ko`rsatkichlari 
Nomi 
Harajatlar
ming m
3
/s 
Kontsentratsiya 
N
2
S, g/m
3
Shudring 
nuqtasi 
0

Oltingugurt gazi 
500 
1000 
minus 8 
Tozalangan gaz 
410 
20 
minus 60 
Regeneratsiya gazi 
65 
3% 
Seolit SaA 
8 ta adsorberga 600 t. 
Seolitning ishlash muddati 
Seolit yordamida oltingugurtdan tozalash adsorbtsion usulda amalga 
oshiriladi. Bunda seolitlar yordamida, ya‗ni kaltsiy A (CaA) bilan 5 ta blok uchun 8 
ta adsorber bor. 
 
 
 
 
 


235 
VII-bob. Siquv kompressor stansiyalari 
1§. Kondagi siquv kompressor stansiyalari 
Kondagi kompressor stansiyalarning vazifasi. 
Kompressor qurilmasi – siqilgan gazni berilgan parametrdagi qiymatlariga 
ko‘tarish tizimi bo‘lib, u kompressor uzatma, gaz va havoni sovutgichlar, nam 
ajratgichlar, resivers, quvurli uzatmalar, berkitish va oldindan himoyalovchi 
armaturalar, nazorat-o‘lchov apparaturalaridan tashkil topgan. 
7.1. -rasm. Kompressor qurilmasi sxemasi. 
1-so‘rish kollektori; 2-napor kollektori; 3-suzgich; 4-II pog‘onali separator; 5-I 
pog‘onali separator; 6-I pog‘onali sovutgich; 7-ikki pog‘onali kompressor; 8-
maxovik; 9-chiqaruvchi podshipnik; 10-ishga qo‘shuvchi tugma; 11-salnik zichlama; 
12-birlashtiruvchi mufta; 13-elektrodvigatel; 14-ishga tushiruvchi qurilma: t
sur
, t
b.u
, t
1
– so‘rish, bosimli uzatish va I-pog‘onadan keyingi harorat; P
sur
/P, P
b.u
/P, va P
1
/P –
so‘rish, bosimli uzatish va pog‘onadan keyingi tizimlardagi bosimni ko‘rsatuvchi 
manometrlar. 
Jihozlarning ishchi tasniflari (bosim, harorat, quvvat va o‘lchamlari), tipi va 
bajarilishi, hamda o‘zaro joylashuvi kompressor qurilmasining quvvatiga 
uzatiladigan gazning xossalari va boshqalarga ko‘rsatgichlariga bog‘liqdir. 7.1-
rasmda karbon suvli gazlarni siquvchi kompressor qurilmasining texnologik sxemasi 


236 
tasvirlangan bo‘lib, qaysiki unda portlash xavfli elektrodvigatel (13)-alohida 
tashqariga chiqarilgan. Uzatma uzun val va chiqarilgan oraliq podshipniki (9) orqali 
amalga oshiriladi. Valni devor orqali kirish joyiga (11) salnikli zichlanma o‘rnatilgan. 
Ishga tushirishdan oldin aylantirish momentini va valda dinamik barqarorlikni hosil 
qilish uchun 8-chi maxovik o‘rnatilgan. Ishga tushiruvchi qurilma (14) ham alohida 
xonaga joylashtirilgan. Mashina xonasida kompressorni avariya holatida qo‘shish 
uchun (10) tugma o‘rnatilgan. 
Kompressordagi rejimni nazorat qilish uchun so‘rish va bosimli uzatish 
tizimlarida, hamda har bir pog‘onadan keyin manometrlar va termometrlar 
o‘rnatilgan. 
Kompressorning uzatish sarfini nazorat qilish uchun so‘rish tizimidagi sarf 
o‘lchagich qurilmasi, sovutish ishini nazorat qilish uchun – termometr o‘rnatilgan. 
Kompressor qurilmasida harakatlanuvchi mexanizmlarni majburiy moylanishi 
uchun moylash tizimlari, qaysiki nasos, quvurli uzatmalar, suzgichlar, sovituvchi 
moylar, manometr va termometr, moylash rejimini nazorat qiluvchi jihozlar 
o‘rnatilgan.
Suv bilan sovutuvchi kompressorlarda suvni keltiruvchi va chiqarib 
yuboruvchi quvurli uzatmalar, silindr, sovutuvchi va to‘kuvchi karnaylarga 
keltirilgan suvlarni taqsimlovchi berkitish qurilmalari. Sovutuvchi suvlarni nazorat 
qiluvchi qurilmalar ajralmas qismlari hisoblanadi. Odatda to‘kuvchi quvurli 
uzatmalar soni manbadagi sovutuvchi quvurlar soniga teng.
Kompressor qurilmalari barqaror yoki ko‘chma bo‘lishi mumkin. Barqaror 
kompressor qurilmalari alohida texnologik jarayon yoki mashina bo‘limi yoki butun 
markazlashtirilgan ishlab chiqarish sexlari tarkibidan iboratdir. Gaz ajratish tizimi 
uchun bosim bilan uzatuvchi bo‘lim, sovutish bo‘limi, avtomatik ishlarni va nazorat-
o‘lchov asboblarini siqilgan xavo bilan ta‘minlovchi sex. 
Yerdagi, qurilish va mantaj ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan qurilmalarni 
ko‘chma stansiya siqilgan havo bilan ta‘minlaydi. Ko‘chma stansiya ichki yonuv 
dvigatelidan oladigan uzatmasi bilan avtonom, hamda vaqtinchalik elektr uzatma 
orqali elektrodvigateldan iste‘mol qilib turish mumkin. 


237 
Ko‘chma kompressor stansiyasiga PKS-18/8, PKS-5 lar kiradi (P-peredvijnoy-
kuchma, K-kompressor, S-stansiya). Bunday qurilmalar sarf unumdorligini 0.3-0.33 
m
3
/sek va ishchi bosimni 0.7 MN/m
2
-gacha oshirishi mumkin. 
Agarda bitta yo‘nalish va ikki maqsad uchun qo‘llanilsa, kompressor 
stansiyalari birlashtiriladi. Bir qancha stansiyalarda moylash tizimi, so‘rish va bosimli 
uzatish tizimlari bitta markazlashtirilgan kollektorlarga birlashtirilgan. 
7.2-rasm. Kompressor stansiyasining sxemasi. 
1 va 5 – shamollatgichlar; 2 va 9 – kollektorlar; 3-kollektor; 4-nasos; 6-
ishlangan moylar uchun sig‘im idishi; 7-sig‘im; 8-10-11-12 – kollektor; 13-bosim 
kollektori; 14-so‘rish kollektori; 15-nasos; 16-zaxira nasos; 17-nasos; 18-issiq suv; 
19-yig‘ish rezervuari; 20-sug‘orish sovutgichi. 
7.2-rasmda avtonom sirkulyatsiya suv ta‘minotli kompressor stansiyasining 
sxemasi tasvirlangan. Mashina zaliga 6-ta kompressor joylashtirilgan. Unda so‘rish 
ishi (14) ni so‘rish kollektori orqali amalga oshiriladi. Naporli kollektordan (13) 
siqilgan gaz oxirgi sovutgich (20) ga o‘rnatiladi. 
Kompressor stansiyasini sovutish serkulyatsiya tizimi orqali bajariladi. Sovuq 
suv 15-nasos yordamida (19) rezervuardan olinib, kollektorga (12) uzatiladi va undan 
keyin kompressorga keladi. Suv teskarisiga kollektordan (11) o‘z oqimi bilan suv 
oladigan rezervuar (18) ga oqib tushadi, undan (17)-nasos yordamida olinadi va 


238 
sug‘orish sovutgichiga (20) uzatadi. Eng so‘ngida suv sepiladi va sovutiladi, undan 
keyin esa sovutish rezervuaridan o‘z oqimi bilan suv olinadigan rezervuar 19-ga 
to‘planadi. 16-chi nasos zaxirada hisoblanib, sovuq suv ham, issiq suv ham ishlaydi. 
Kompressorlarni moylash ham markazlashtirilgandir. 4-chi nasos moyni 3-chi 
kollektorga uzatadi, undan keyin moy kompressorlar bo‘yicha taqsimlanadi. 
Qayta ishlangan moy 10-kollektorga to‘planadi va undan keyin ishlatilgan 
sig‘im 6-chiga to‘planadi. Nam ajratgichda suv bilan yog‘ cho‘ktiriladi. 
Shamollatiladigan xom ashyolar 8-chi kollektor bo‘ylab 7-chi sig‘imga 
yo‘naltiriladi. 
Kompressor stansiyasining umumiy ko‘rinishi 7.3-rasmda tasvirlangan.
7.3-rasm. Oraliq kompressor stansiyasining umumiy ko‘rinishi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin