N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


 §. Gazlar tarkibidan nordon gazlarni ajratish



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

 
6 §. Gazlar tarkibidan nordon gazlarni ajratish 
Adsorbtsiya deganda – biz gazlar tarkibidan bir yoki bir necha qo`shimcha 
komponentlarni qattiq yutuvchi ya‗ni, adsorbentlar yordamida tozalash jarayonini 
tushinamiz. Yutuvchi modda adsorbent yutiluvchi moddani adsorbat yoki adsorbtiv 
deb ataymiz. Adsorbtsiya jarayonini mexanizmi absorbtsiya mexanizmidan farqli 
ularoq, undan suyuq yutuvchi yordamida emas, balki qattiq yutuvchilar yordamida 
amalga oshiriladi. Bu usullarning o`zini qo`llash me‗yorlari mavjud bo`lib, 
qo`llangan yuqori texnik, iqtisodiy samara berishi hisobga olinadi. Adsorbtsiya usuli 
asosan yutiluvchi suyuqliklar kontsentratsiyasi yuqori bo`lmagan holda qo`llaniladi. 
Agar yutiluvchi suyuqlik kontsentratsiyasi yuqori bo`lsa, absorbtsiya usulidan 
foydalanish yaxshi samara beradi. Adsorbtsiyaning fizik va kimyoviy turlari mavjud 
bo`lib, fizik adsorbtsiya jarayonida adsorbent va adsorbat molekulalari Van – Der – 
Vaals kuchi ta‗sirida o`zaro tortishish kuchi ta‗sirida amalga oshadi. 
1. Kimyoviy adsorbtsiya. 
Kimyoviy adsorbtsiya jarayonida yutuvchi va 
yutiluvchilar molekulasi kimyoviy birikishlar natijasida amalga oshadi.
Adsorbent sifatida ovak, qattiq moddalardan foydalaniladi. adsorbent har xil 
diametrli kapilyar kanalcha – g`ovaklari mavjud. Ular shartli ravishda quyidagicha 
bo`ladi: 
Makrog`ovak (2·10
-4
mm dan katta), g`ovak (6·10
-6
dan 2·10
4
mm), 
mikrog`ovak (2·10
-6
– 6·10
-6
mm).
Sanoatda yutuvchi sifatida aktiv ko`mir va mineral adsorbentlar (silikogel, 
tseolit va boshqalar), shu bilan birgalikda sintetik smolalardan foydalaniladi. 


232 
―Sho‘rtanneftgaz‖ 
USHKsida 
gazlarni 
tozalashda 
seolitlardan 
foydalanilmoqda. 
Gazlarni mexanik qo`shimchalardan tozalash chang ushlagichlarda amalga 
oshiriladi. Bu ajratgichlar asosan gazni, kompressor stantsiyasigacha va gazni 
taqsimlash stantsiyasigacha kirish oldidan o`rnatiladi. Ular tuzilishi bilan farq qilib, 
xo`l yoki quruq filtrlash printsipi bilan ishlaydilar (tsiklon yoki chang ushlagichlar). 
Yuqorida ko`rsatilgan barcha qo`shimchalardan tozalangan gaz hidlantiriladi. 
Hidlantiruvchi modda sifatida etilmerkaptan C
2
H
5
SN ishlatiladi. Hidlantirish jarayoni 
«barbotash» apparatida sodir etilib, 1000 m
3
gazga 16 gr. Etilmerkaptan qo`shiladi. 
Tozalangan tabiiy gaz bosh inshootda joylashgan bosh kompressor yordamida 
magistral gaz quvurga haydaladi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin