N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

 
Sho’rtan 
Gazkondensatli SHo‗rtan koni 1974 yilda №1 qidiruv qudug‗idan gaz olinishi 
bilan ochilgan. Kon 1980 yil noyabr oyidan ishga qo‗shilgan. Geologik qidiruv ishlari 
1985 yilda tugatilgan. Kon Beshkent progibining janubiy-sharqiy qismida joylashgan 
bo‗lib Buxoro-Xiva neftgaz hududiga kiradi.Sanoat miqyosida ahamiyatga ega 
bo‗lgan karbonat yotqizig‗ining butun gaz-kondensat uyumida saqlanib 3ga 
bo‗linadi: XV- RO, XV- R, XV- RU.
Rif osti qatlami qattiq ohaktoshdan iborat bo‗lib, mahsuldorligi kam bo‗lgan 
kollektordan iborat. Qalinligi - 111 m, shundan foydali mahsuldor qatlami -10 m, 
g‗ovakligi 6-10 %, o‗tkazuvchanligi - 100 mD, gazga to‗yinganligi – 79 %. Rif 
qatlami g‗ovakli ohaktoshlardan va dolomitlardan iborat bo‗lib, foydali mahsuldor 
qatlam -100 m, g‗ovakligi - 14,2 %, o‗tkazuvchanligi - 107 mD. Rif usti qatlami 
qattiq g‗ovakli ohaktoshlardan tarkib topgan bo‗lib, foydali mahsuldor qatlam 16 m, 
g‗ovakligi - 10 %, o‗tkazuvchanligi - 100 mD, gazga to‗yinganligi - 84 %. Yuqorida 


29 
3 ta qatlam bo‗yicha boshlang‗ich gaz zahirasi quyidagiga bo‗lingan: Rif osti - 2 %, 
Rif - 84,6 %, Rif usti - 13,4 %. Suv-gaz chegarasi bo‗yicha 3 ta uchastkaga bo‗linadi: 
abs.belgidan G‗arbiy uchastka - 2628m, Janubiy uchastka - 2680m, SHimoliy 
uchastka - 3020m. Gazkondensatli uyum o‗lchami quyidagicha: uzunligi - 18,5 km, 
eni – 17 km, balandligi – 476 m, boshlang‗ich qatlam bosimi – 360 kg/sm
2
, qatlam 
harorati – 112,5 
0
S. Qatlam suvi xlor – kalsiy, xlorli guruhga kiradi. Sho‘rlanganlik 
g‗arbiy uchastakada – 113 g/l, janubiy uchastkada – 126 g/l, shimoliy uchastkada – 
76 g/l.
Zevarda 
«Zevarda» koni Buxoro-Xiva neft-gazli hududida joylashgan bo‗lib, gaz va 
kondensat flyuidlaridan tashkil topgan. 
«Zevarda» koni 1968 yilda ochilgan. Bu tektonik tuzilishi jixatdan Amudaryo 
botiqligining sharqiy bo‗linmasiga qarashli bo‗lib, o‗zining flyuidlarining xajmi 
jixatdan Qoraqum epigerpion ikkilamchi qatlam platformasida katta konlardan biri 
hisoblanadi. 
«Zevarda» konidan olinadigan gaz va kondensat uyumning XV-R, XV-RU
gorizontlarining rifogenli tuzilmalariga qo‘shilgan va rifogenli zahiraning ko‘p 
qismida uning ko‘rinishi kuzatiladi. Yura yotqiziqlari uyumlarning ustilarida 2 ta 
qubbasimon burma ajralib turadi. SHimoliy va janubiy qubbasimon burmadan 
tashkil topgan. SHimoliy qubba 14-sonli quduq hududida joylashgan, janubiy qubba
esa 151 va 149 sonli quduqlar hududi atrofida joylashgan. Gazkondensatli uyumining 
o‘lchami quyidagicha: 
-uzunlgi -10.5 km. 
-kengligi -4.6-5.75 km 
-balandligi -270 m 
-gaz-suv tutash yuzasi -2610 m 
Uyumning kollektorlik xosalari: 
-o‘rtacha ochiq g‘ovakligi -17 % 
-o‘tkazuvchanligi -400 ml.darsi 
-gazga to‘yinganligi -0.89 % 


30 
-boshlang‘ich qatlam bosimi -502 kg/sm
2
-qatlam harorati -108 °S
Gaz tarkibi jihatdan metanli gaz bo‘lib, metan – 90% ni tashkil qiladi. 
Gaz zichligi – 0.634 – 0.658 g/sm
3

Qatlamdagi gazda kondensatning boshlang‘ich miqdori – 75.8 g/m
3
. Joriy chegarasi 
28.2 g/m
3

«Zevarda» gaz koni 1978 yil oktyabr oyida ishga tushirilgan. 
Drossel-Effekt ishlatish hisobida separatorga past harorat bo‗lib, gazni quritish 
uchun muljallangan, gazni kompleks tayyorlash jixozlari bilan jixozlangandan keyin 
kon 1978 yil oktyabr oyida ishga tushirildi. 
1988 yil 1 yanvarda «Zevarda» gaz konini ishlatish loyixasiga tuzatishlar 
kiritildi. Gaz Sanoati Vazirligi MKR ning 24.08.85 y. 19/88 raqamli majlis bayonida 
tasdiqlangandek 1988-1996 yilda 76 dona quduqdan yillik gaz olish 10 mlrd.m
3
ni 
tashkil qiladi. 
«O‘zlitineftgaz» instituti bilan tuzilgan PM.03.02./94 shartnomaga asosan 1994 
yil «Zevarda gaz konini ishlatish loyixasi» qayta tuzildi . «Zevarda» koni shu 
loyixani 11 – variantiga asosan ishlatilib kelindi. «Zevarda» koni 2000 yildan 
«O‘zlitineftgaz» instituti tomonidan tuzilgan «Muborak guruhiga kiradigan 
gazkondensatli konlarni kompleks ishlatish loyixasi» bilan ishlatib kelindi. 
«Zevarda» guruhidagi gazkondensatli konlarni «O‘zlitineftgaz» instituti bilan 
tuzilgan PM.03.02/02.02 shartnomaga asosan 2002 yilda tuzilgan «Zevarda» 
guruhidagi gazkondensatli konlarni ishlatishni eng qulay texnologik tartibda ishlatish 
(Zevarda, Alan, Kultak, Pomuq)» ilmiy hisobotda 2002 yildan Zevarda konini 
kompressorsiz va kompressor stansiyasi qurilgandagi ishlatish varianti ko‘rsatilgan. 
«Zevarda» guruhidagi gazkondensatli konlarni «O‘zlitineftgaz» instituti bilan
tuzilgan PM.03.06/04.04 shartnomaga asosan 2004 yilda tuzilgan «Zevarda» 
guruhidagi gazkondensatli konlarni ishlatishni eng qulay texnologik tartibda ishlatish 
(Zevarda, Alan, Kultak, Pomuq)» ilmiy hisobotda 2004 yildan Zevarda konini 
kompressorsiz va kompressor stansiyasi qurilgandagi ishlatish varianti ko‘rsatilgan. 
Bu loyixadagi 1-variantga asosan kon ishlatilmoqda. 


31 
Pomuq 
Pomuq koni 1965 yilda ochilgan gaz-kondensat uyumi yuqori yura 
yotqiziqlarining XV rif usti va XV rif gorizontlarida joylashgan. 
Uyumning o‘lchovi quyidagicha: uzunligi – 5.5 km, eni – 4.5 km, qalinligi – 
365 m. 
Uyumning kollektorlik xossalari: 
-o‘rtacha ochik g‘ovakligi -15,3 % 
-gazga to‘yinganligi -0.93 
-o‘tkazuvchanligi -380 ml.darsi 
-boshlang‘ich qatlam bosimi - 498 kg/sm
2
-qatlam harorati -108 °S
Uyumdagi gazning tarkibi: metan - 90,28 %, etan - 3,37 %, propan - 0,88 %, 
butan - 0,17 %, oltingugurt - 0,08 %, karbonat angidrit - 4,20 % . 
Gazning solishtirma ogirligi – 0,665 g/sm
3
. Boshlang‘ich gaz tarkibidagi 
kondensatning solishtirma chiqishi miqdori – 64,9 g/m
3

Pomuq koni 1979 yildan dastlabki tajriba-sinov sanoat tariqasida ishlatildi. 2 ta 
quduq vaqtinchalik (№№ 24,26) «Kultok» qurilmasiga ishladi. 1984 yilda quvvati 
yiliga 3 mlrd.m
3
bo‘lgan «Pomuq» qurilmasi ishga tushdi. 2004 yilda «O‘zlitineftgaz» 
instituti tomonidan «Pomuq» konining yangi loyixasi bajarildi (PM 03.06./2004).SHu 
loyixaning 1 variantiga asosan «Pomuq» koni ishlatilmoqda. 
Alan 
Alan koni 1972 yilda ochildi. Gaz kondensat uyumi yuqori yura 
yotqiziklarining XV gorizontida joylashgan. 
Uyumning maydoni quyidagicha: 
Uzunligi - 7.3 km, eni - 3.7 km, qalinligi - 365 m. 
Uyumning kolektorlik xossalari: 
-o‘rtacha ochiq g‘ovaklik -16.3 % 
-gaz o‘tkazuvchanlik -85 % 
-boshlang‘ich qatlam bosimi -575 kgs/sm

-qatlam harorati -115 °S 


32 
Gaz uyumi metanli. Metan – 86-87 %, oltingugurt - 0.10 %, karbonat angidrit 
gazi - 3.18 %. Boshlanishg‘ich gaz tarkibidagi kondensat miqdori – 60 g/m
3
tashkil 
etadi. 
Kon 1979 yildan boshlab vaqtinchalik «Kultok» GKTQga 2 ta qidiruv 
quduqlari ishlay boshlagan. 
Kon 1990 yilgacha «SredAzNIIGaz» instituti tomonidan 1983 yili 
tayyorlangan va Vazirlar maxkamasi tomonidan tasdiklangan (xujjat № 17/84. 
23.05.84 y dagi) loyixa bo‘yicha ishlagan. 
1993 yili «SredAzNIIGaz» instituti tomonidan loyixalashtirilgan «Gaz ishlab 
chiqarish» Gaz Davlat idorasi tomonidan tasdiqlangan (xujjat № 51/90 5.02.91 yil) 
2000 yildan Alan koni «Muborak guruhidagi gazkondensat konlarni 
ishlatishning kompleks loyixasi» (P.M.03.01./2000.) asosida ishlatildi. Unga ko‘ra 
kondan yiliga 8000 mln.m
3
gaz olinishi kerak, quduqlar soni 87 ta bo‘lishi kerak edi. 
2003 yildan boshlab O‘rtabuloq, Dengizko‘l, konlarining qatlam bosimi tushib, 
gaz olish miqdori kamayotganligi va SKS qurilishi kechikayotganligi tufayli, Alan 
konini ishlatishni yangi loyixa asosida ya‘ni (P.M.03.06./02.02) «Alan konini 
ishlatishni qayta qurish loyixasi» asosida ishlatila boshlandi.Unga ko‘ra kondan 
yiliga 10000 mln.m
3
gaz olinib, ishlatish oxirigacha 92 ta quduq qazilishi kerak. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin