56
4) gorizontni ishlash rejimi va suvlilik chegarasining siljish dinamikasi
haqidagi ma‘lumotlar.
Agar yirik konlarda bosim 0,15-0,20 MPa ga pasayganligi haqida ma‘lumotlar
to‘plangan bo‘lsa, u holda gaz zahiralarini bosimning pasayishi metodi bo‘yicha
baholash tavsiya etilmaydi. Qatlam bosimining shunday kichik qiymatga pasayishida
gaz uyumi depressiya bilan
qisman qamrab olinishi mumkin, shu bilan birga
jinslarning fatsial o‘zgaruvchanligi sezilarli bo‘lsa, zahiralarni hisoblashda xatoga
yo‘l qo‘yiladi. Bu holatda qatlam bosimining birlik ulushiga pasayishida chiqarib
olinayotgan miqdorining o‘zgaruvchanligi (doimiymasligi) uyumning depressiya
bilan to‘liq qamrab olinmaganligining ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Qatlamni ishlash rejimi nuqtai nazaridan qaralganda shuni ta‘kidlash lozimki,
hajmiy metodni qatlamning har qanday rejimida qo‘llash mumkin.
Bosimning
pasayishi metodidan faqat gaz rejimida (erigan gaz rejimida) samarali foydalanish
mumkin. Suv bosimli (gaz-suv bosimli) rejim uchun metodni samaradorligi keskin
kamayadi, samarali suv bosimli rejimda esa metodni qo‘llanilishi umuman mumkin
emas.
Bosim pasayishi bo‘yicha zahiralarni hisoblash metodidan foydalanish
imkonini tekshirish uchun uyumni ishlashning turli davrlarida bosimning 0,1 MPa ga
kamayishiga uyumdan olingan gaz miqdorini (ideal gazlar holati qonunidan og‘ishiga
kiritiladigan tuzatishni hisobga olib) hisoblash kerak bo‘ladi. Agar olingan natijalar
mos kelsa (ya‘ni, qatlamni ishlatishda uning ayrim oraliqlaridan
olinadigan gaz
miqdori bosimning 0,1 MPa ga pasayishida teng bo‘lsa), bosim pasayishi metodini
qo‘llash mumkin. Uyumni ishlatishning keyingi davrlarida bosimning 0,1 MPa ga
pasayishiga chiqarib olinadigan gaz miqdori ko‘payib borsa, u holda qatlamda
bosimli suv borligidan va gaz hajmining bir qismi shu bosim hisobiga siqib
chiqarilishidan darak beradi. Bunday holatda bosim pasayishi metodini qo‘llashda
(1.28) formuladan foydalanish kerak.
Agar uyum hajmini aniqlash uchun ma‘lumotlar etarli bo‘lmasa, gaz zahirasini
grafik usulda, ya‘ni
p
o’r
/z
bilan qatlamdan olingan
gazning umumiy miqdori
57
oralig‘idagi bog‘liqlik bo‘yicha bajarish mumkin. Bunda
p
o’r
qiymati turli sanalarda
o‘lchangan quduqlar debitlari bo‘yicha aniqlanadi:
i
i
i
i
i
q
q
p
p
1
1
r
o'
,
(1.35)
bunda
p
i
quduqlar og‘zi bir minutga yopilgandan so‘ng o‘lchangan statik
bosim, MPa;
q
i
quduqning og‘zi bir minutga yopilishidan oldingi debiti, m
3
.
Har xil tarkibli jinslardan tarkib topgan qatlam (riflar) uyumlari uchun p
o‘r
ni
aniqlash
juda murakkab, chunki bunday uyumlarda qatlam bosimi turlicha pasayadi
va ba‘zi quduqlarda 3-6 MPa ga farqlanadi. Ba‘zan qo‘shni quduqlar uzoq vaqt
ishlatilganda ham ayrim quduqlardagi boshlang‘ich bosim saqlanib qoladi. Bu
holatda gaz zahiralar har bir quduqning debiti bo‘yicha hisoblanib so‘ngra ushbu
quduqlar bo‘yicha hisoblangan zahiralarning yig‘indisi olinadi. Amalda bunday
metod litologik tarkibi qisqa masofada keskin o‘zgaradigan kollektorlar uchun ozmi-
ko‘pmi aniq ma‘lumotlar beradi, bunda har bir quduq
alohida linza va bloklarni
drenajlaydi.
Quduqlar debitlari bo‘yicha qoldiq gaz zahiralarini hisoblash uchun ikkita har
xil sanalarda quduq bo‘yicha o‘lchangan ma‘lumotlar bo‘lishi zarur: birinchi va
ikkinchi sanada o‘lchangan quduq tubi bosimi (og‘zi yopiq quduqda minut davomida
olingan o‘lchov ma‘lumotlari)
p
1
va
p
2
; o‘sha sanalarda uyumni ishlatish
boshlanganidan beri chiqarib olingan gazning umumiy miqdori -
Q
1
va
Q
2
; o‘sha
sanalarda aniqlangan gazning o‘rtacha sutkalik miqdori (erkin debitda) -
q
1
va
q
2
.
Unda quduq bo‘yicha qoldiq gaz zahirasi quyidagi nisbatlardan biri bo‘yicha
aniqlanishi mumkin:
2
2
1
1
2
2
1
2
)
(
p
p
p
Q
Q
V
;
(1.36)
bunda
1
va
2
- p
1
va
p
2
bosimlar uchun tegishlicha ideal gazlar holati
qonunidan og‘ishga kiritilgan tuzatish;
58
2
1
2
1
2
)
(
q
q
q
Q
Q
V
.
(1.37)
Bunday hisoblashlar ayrim quduqlar uchun
faqat foydalanish quduqlari
qatlamlar bo‘yicha to‘liq burg‘ilanib bo‘lingandan so‘ng qo‘llanilishi mumkin. Yangi
quduqlar burg‘ilanganda quduqlarni o‘zaro ta‘sirlanish hodisasi va qatlamda gaz
siljishi sharoitlari uyumda bosim qayta taqsimlanishi munosabati bilan shunchalik
murakkab bo‘ladiki, gaz zahirasini bu usul bilan hisoblangan qoldiq qiymatini juda
ham noaniqligi ayon bo‘ladi.
(1.36) va (1.37) formulalarning o‘zaro nisbatlari bo‘yicha olingan qiymatlarni
va quduq bo‘yicha aniqlangan qoldiq gaz zahiralarining miqdorini taqqoslash orqali
olingan qiymatlar bajarilgan hisob-kitoblar aniqligining belgilovchi mezon bo‘lib
xizmat qiladi.
Barcha quduqlar bo‘yicha aniqlangan qoldiq zahiralar yig‘indisi
hisoblash
sanasiga uyum bo‘yicha qoldiq gaz zahiralarini aniqlash imkonini beradi.
Karbonatli va darzli zich qumtoshlarda odatda o‘rtacha qatlam bosimini to‘g‘ri
aniqlash uchun zarur bo‘ladigan uyum hajmi parametrlarini hisoblash qiyin kechadi.
Bu holatda, gaz zahiralarini yuqorida qayd qilinganidek, grafik usulda yoki tegishli
ma‘lumotlar borligida material balans metodi yordamida aniqlash kerak.
Dostları ilə paylaş: