N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

1.8-rasm. 
Foydali g’ovaklilik m 
(qoldiq suvni hisobga olgan holda) 
bilan mutlaq o’tkazuvchanlikning 
K
o’t 
o’zaro bog’liqligi
. (A.A.Xanin 
bo‘yisha) Alevrolitlar: 1 – mayda 
alevritli fraktsiya; 2 – yirik alevritli 
fraksiya; qumtoshlar: 3 – mayda 
zarrali, 4 – o‘rta va yirik zarrali 
AQSHning 49 ta gaz koni bo‘yicha olib borilgan tahlillar (ularning 22 tasini 
ishlatish yakuniga yetgan) shuni ko‘rsatdiki, gaz zahirasi 1,5-2 mlrd.m
3
dan ko‘p 
bo‘lgan konlarda ulardan foydalanish to‘xtatilganda hisoblangan gaz bera olish 
koeffitsienti qiymati 0,9-0,99 ga teng bo‘lgan, zahiralari kam bo‘lgan konlarda esa bu 
miqdor 0,66-0,80 chegarasida o‘zgarib turgan. Ishlatilishi yakuniga etgan 22 ta kon 
bo‘yicha hisoblangan gaz bera olish koeffitsientining o‘rtacha arifmetik qiymati 0,87 
ga teng. Demak, dastlabki gaz zahiralaridan o‘rtacha gaz yo‘qolishi 0,13 (jumladan, 
quduq og‘zidagi qiymati 0,1 MPa ga teng, deb qabul qilingan qoldiq bosim hisobiga 
o‘rtacha gaz yo‘qolishi o‘rtacha 0,02 atrofida). 
MDHda Sankt-Peterburg gaz konining ishlatish ma‘lumotlari bo‘yicha gaz bera 
olish koeffitsienti 0,84 ga, Kanevskiy konida esa 0,81-0,82 ga teng bo‘lgan. 
O‘zbekiston Respublikasida Buxoro-Xiva neft-gaz regionidagi Sho‘rtan, Gazli, Alan, 
Zevarda, Kultok‘ va b. konlardagi gaz bera olish koeffitsientining o‘rtacha arifmetik 
qiymati 0,854 ga teng. 


48 
Gaz beraolish koeffitsientiga qoldiq bosim qiymati anchagina ta‘sir qiladi. 
Odatda yirik gaz konlari uchun quduq ustidagi qoldiq bosim 0,1 MPa, deb qabul 
qilinadi, shunga ko‘ra yirik konlar bo‘yicha gaz bera olishni yuqoriroq koeffitsientiga 
erishiladi. 
MDH davlatlarida gaz zahiralarini hisoblashda, chiqarib olinishi mumkin 
bo‘lgan barcha zahiralar hisobga olinadi, shuning uchun ham qoldiq bosim qiymati 
islatish quduqlari ustidagi yakuniy bosim 0,1 MPa qiymatdan kelib chiqqan holda 
belgilanadi. 
Gaz zahiralarini hisoblashda qoldiq bosimni hisobga olishdan tashqari geologik 
zahiralardan chiqarib olinadigan gaz miqdorini aniqlash ham muhim hisoblanadi, 
shunga ko‘ra gaz bera olish koeffitsienti ham aniqlanadi. Eng ko‘p tarqalgan gaz 
rejimli uyumlarda gaz bera olish koeffitsienti qiymati 0,90-0,95 ga teng bo‘ladi. 
Suv bosimli rejimda ishlatilayotgan gaz konlarining gaz uyumlarida balans 
chiqarib olinadigan gaz zahiralari hajmi qoldiq bosimni hisobga olmasdan aniqlanadi. 
Lekin kondan foydalanish yakuniga etganda chekka suvlarning bosimi etarli 
bo‘lmaganligi va gaz uyumining hamma qismi suvlanmaganligi sababli zahiralar 
hapjmini aniqlashda qoldiq bosimni hisobga olish zarur bo‘ladi. 
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, suv bosimli rejimdagi uyumlarda gaz 
zahiralarini hisoblashda, qatlamning gaz va suyuqlik bera olish koeffitsientini kiritish 
zarurdir. 
Bu 
koeffitsientlar 
miqdori 
uyumning 
tuzilishiga, 
kollektorlik 
xususiyatlarining o‘zgarishiga, gaz va suvlarni o‘zidan nisbiy o‘tkazishiga, gaz bilan 
to‘yinish darajasiga va h.k.larga bog‘liq. 
Gaz bosimli rejimda gaz bera olish koeffitsienti qiymatini aniqlash muhim. 
Laboratoriyada turli tipdagi kollektorlarda gazni suv bilan siqib chiqarish tajribalari 
asosan tabiiy va qisman sun‘iy qumtosh va ohaktosh kern namunalarida amalga 
oshirilgan va ma‘lum bir natijalar olingan. Olingan ma‘lumotlarga ko‘ra gazni suv 
bilan siqib chiqarishda kollektorlarda ko‘p miqdorda gaz qolishi aniqlangan, ular 
hajmi kollektor g‘ovaklari bo‘shlig‘ining 16 dan 50% gacha bo‘lgan hajmini 
egallaydi. Masalan, bo‘shoq qumlarda gazni suv siqib chiqargandan so‘ng qoldiq 
gazga to‘yinganlik 16%ga teng bo‘lgan; zich qumtoshlarda u 25-50% ga, 


49 
ohaktoshlarda esa 50 % ga etgan. Gazning qovushqoqligi, zichligi va siqib 
chiqaruvchi suyuqliklarning sirt tarangligi qoldiq gazga to‘yinish qiymatiga ta‘sir 
etmaydi, qatlam sharoitlari esa (temperatura, bosim, siqib chiqarish tezligi va bog‘liq 
suv miqdori) juda ham kam ta‘sir qiladi. 
AQShning Texas shtatidagi Vest-Bomont va Luizianadagi Leyksayd konlarida 
qoldiq gazga to‘yinganlik qiymatlari hisoblangan. Qoldiq gazga to‘yinganlilik kern 
va elektr karotaj ma‘lumotlari asosida ikkita quduqda gaz-suv tutash yuzasining 
siljishini o‘rganish orqali strukturaning suvlangan qismida aniqlagan. Kern tahlili 
bo‘yicha topilgan qoldiq gazga to‘yinganlik g‘ovakligi 31-32,9% bo‘lgan qumtoshlar 
16,7 dan 18,5 % gacha, elektr karotaj ma‘lumotlari bo‘yicha esa 19,4 dan 37% gacha 
ekanligi aniqlangan. Bu ma‘lumotlar suv bosimli rejimdagi gaz uyumlarining gaz 
bera olish koeffitsientini taxminan 0,8 ga teng, deb qabul qilishga imkon beradi. 
Qayd qilingan ma‘lumotlar asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 
1) gaz zahiralari 1,5-2 mlrd.m
3
dan ko‘p bo‘lgan konlarda gaz bera olish 
koeffitsienti qiymati 0,9-0,99 oraliqda o‘zgaradi (0,1 MPa ga teng bo‘lgan qoldiq 
bosimni e‘tiborga olgan holda hisoblangan dastlabki zahiralardan); 
2) gaz zahiralari kam bo‘lgan konlar uchun gaz bera olish koeffitsienti 0,66-0,8 
oraliqda o‘zgaradi (bunda zahiralarni hisoblashda qabul qilinadigan qoldiq bosim 
qiymati katta zahirali konlar uchun hisoblanganiga qaraganda yuqori bo‘lishi 
mumkin); 
3) bo‘shoq qumlarda gazni suv bilan siqib chiqarishda qoldiq gazga 
to‘yinganlik 16% yaqin bo‘ladi; zich qumtoshlarda esa u 25-50% chegarasida 
o‘zgaradi; 
4) gazli maydonning suvlangan qismidan olingan kernlarni o‘rganish 
ma‘lumotlari qoldiq gazga to‘yinganlilik 16,7-21,8% atroflaridaligini ko‘rsatdi. 
Demak, gaz konlari (uyumlari)dagi gaz zahiralarini hisoblashda gaz uyumining 
o‘ziga xos geologik xususiyatlarini va gaz bera olish koeffitsientini hisobga olish 
zarurdir. 


50 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin