N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


Janubiy Tandircha gazkondensat koni



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

 
Janubiy Tandircha gazkondensat koni
Qashqadaryo viloyati Dexqonobod tumani G‗uzor shahridan shimoli-sharqda 
58 km masofada joylashgan. 
Geologik tuzilishi.
Amudaryo artezian hovuzining sharqiy qismini qamrab 
oladi. Geologik tuzilishida yura, bo‗r, paleogen va antropogen yotqiziqlari ishtirok 
etadi. Mahsuldor gorizontlar: XV-RU, XV-R, XV-RO, XVI gorizontlar. Uyum 
o‗chamlari: uzunligi – 8,2, km, kengligi – 4,75 km, balandligi – 713 m. Mahsuldor 
gorizontning o‗rtacha yotish chuqurligi 2800 m. Qatlam harorati 117,4 °S. Qatlam 
bosimi 318 kgs/sm
2
.
 
Uglevodorodlar va yo‗ldosh komponentlarning fizik-kimyoviy xossalari.
Qatlam gazining tarkibi, % hajmda: metan – 91,8; etan – 3,09; propan – 0,64; izo-


33 
butan – 0,13; n-butan – 0,18; pentanlar+yuqori – 0,06-0,75; karbonat angidrid – 2,09; 
vodorod sulfidi – 0,08, azot – 1,01.
Barqaror kondensatning potensial miqdori 1 m
3
quruq gazda 36,7 g. Kondensatning fizik-kimyoviy xossalari: zichlik – 0,785 t/m
3
, 29 
– 33 %. Turi metan-naften-aromatli va metan-aromatli-naften. 
2 §. 
Gaz quduqlarni burg’ilash vaqtida bajariladigan geologik tadqiqotlar 
Neft va gazga boy bo‘lgan tog‘ jinsi qatlamlari yer yuzasidan katta 
chuqurliklarda joylashgan, shu sababli ularni bevosita kuzatish yo‘li bilan o‘rganish 
ancha qiyin. Binobarin, yer qa‘rining chuqur joyidagi tog‘ jinslarining fizik-geologik 
xususiyatlari to‘g‘risidagi ishonchli ma‘lumotlar quduqlar qazish chog‘ida bajarilgan 
tadqiqotlar natijasida olinadi. 
Burg’ qudug’i
turli burg‘ilash mexanizmlari yordamida qaziladigan tog‘ 
inshooti bo‘lib, odatda, uning diametri uzunligiga nisbatan bir necha yuz, hatto ming 
marotaba kichik bo‘ladi. Uning yordamida tog‘ jinslarining yotish sharoiti, qalinligi, 
tarkibi, jinslarni to‘yintirib turgan neft, gaz va suvlarning fizik-kimyoviy va boshqa 
xususiyatlari o‘rganiladi. 
Har bir qazilgan quduqning ahamiyati uni burg‘ilash, o‘rganish va sinash 
jarayonida olingan geologik-konchilik ma‘lumotlarining to‘laqonligi va sifati bilan 
belgilanadi. Shuning uchun ham quduqlarda ochilgan jinslarning moddiy tarkibi
yoshi va tuzilishi, flyuidlarga to‘yinish yo‘sini, shuningdek, qatlamdagi neft, gaz, suv 
va hakozolarning fizik-kimyoviy xossalari haqida to‘liq ma‘lumotlar olish 
bajariladigan geologik ishlarning asosiy vazifasi hisoblanadi. 
Quduq kesimi haqida to‘liq ma‘lumotlar olish uchun uni burg‘ilashda puxta va 
malakali geologik kuzatuv ishlarini tashkil etish bilan bir qatorda quduqda 
bajariladigan barcha ishlarni to‘g‘ri yo‘naltirish va doimiy geologik rahbarlikni 
amalga oshirish lozim. 
Neft va gaz konlaridagi quduqlarni burg‘ilash paytida quyidagi geologik ishlar 
bajariladi: 1) quduq burg‘ilanadigan joyni belgilash; 2) quduq burg‘ilash jarayonini 
nazorat qilish; 3) quduqning geologik kesimini o‘rganish; 4) qatlamni ochish va 


34 
sinash ishlarining bajarilishini geologik nazorat qilish; 5) yer osti boyliklarini 
muhofaza qilish; 6) quduq hujjatlarini rasmiylashtirish. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin