121
11.4.Vinobop uzum navlarining ta‟rifi
Vinobop navlar:
Baxtiyori, Pushti muskat, Risling, Aleatiko, Tarnov, Mayskiy
chyerniy, Xindogi, Rkatsiteli, Soyaki,
Bayan Shirey, Sapyeravi, Asil qora, Bishti,
Morastel, Pino fran, Oporto, Vengriya muskati, Aligote, Kabyerne, Qora vassarg„a.
ALEATIKO navi.
Italiyada
yaratilgan.
1959
yildan
Qoraqalpog„iston
Respublikasi,
Andijon, Buxoro,
Qashqadaryo,
Namangan, Navoiy, Samarqand,
Surxondaryo, Toshkent,
Xorazm
viloyatlari bo„yicha Davlat reestriga
kiritilgan.
Yuqori
desyert
vino
olinadigan ma‟lum sharobbop nav.
Nav
o„rtapishar, kasallikka
bardoshligi o„rtacha,
sovuqqa uncha
chidamli
emas,
yetarlicha
sug„orilmaganda
mevasi
maydalashadi va bujmayadi. Tupi
va uzum boshining o„rtacha vazni –
257 g, shingilining rangi to„q-ko„k
binafsha tusli, silindr shaklida.
Kurtak Yozilishidan meva yetilgunga
qadar bo„lgan muddat 197 kunni
tashkil etadi. Hosildorligi – 102,6 s/ga
ni tashkil etadi.
122
BAYAN
SHIREY
navi.
Ozarbayjon mahalliy navi. 1959
yildan Respublika bo„yicha
Davlat
reestriga kiritilgan. Keng tarqalgan,
yuqori hosilli, sharobbop nav. Undan
spirtsiz, kuchli va shampan vinolari,
sharbatlar
tayyorlanadi.
Nav
kechpishar,
suvsizlikka va har xil
kasalliklarga ham chidamli. Uzum
mevalaridan yuqori hosil olish uchun
bu navning novdalarini uzun kesish
kerak. Uzum boshining o„rtacha
vazni – 143 g,
kurtak Yozilishidan
mevasi pishgungacha 159 kun o„tadi.
Hosildorligi – 310,8 s/ga, eng yuqori
hosildorligi – 336,0 s/ga ni tashkil
etadi.
Dostları ilə paylaş: