118
NILUFAR
navi.
Akademik
M.Mirzaev nomli bog„dorchilik,
uzumchilik
va vinochilik ilmiy-
tadqiqot institutida yaratilgan. 2013
yildan Respublika bo„yicha Davlat
reestriga kiritilgan. Yirik mevali,
urug„siz bu nav o„rta-kechki muddatda
pishib etiladi. Tupi o„rta bo„yli.
Bargi o„rtacha
kattalikda, dumaloq,
to„q-yashil rangda, silliq, qirralari
yuqoriga
qaratilgan.
Barg
parraklarining uchki qismi o„tkir
uchburchaksimon. Barg bandi asosiy
tomirdan uzunroq,
och-yashil,
yalang„och holda. Guli ikki jinsli.
G„ujumi konussimon, katta (486 g),
o„rta zichlikda. Meva doni yirik
(24×17 mm),
ovalsimon, o„rtasidan
uchigacha pushti rangdan to„q-
pushtigacha o„zgarib torayib boradi.
Po„sti tig„iz. Eti go„shtdor,
karsillaydigan.
Sharbati
rangsiz.
Mevalarida
urug„lar
bo„lmaydi,
ba‟zilarida alohida rudiment holida
uchraydi. Ekilganidan so„ng ikkinchi
yili hosilga kiradi. Hosildorligi 14-15
kg/tup yoki 232-242 s/ga.
Sharbatida shakar miqdori o„rtacha –
25,8%, kislota miqdori – 5-6 %.
Ta‟m
bahosi yangi uzilganida va
quritilganida – 9,5 ball. Mevasi
115-130 kun saqlanadi. Nav
ishlatilishi univyersal.
Dostları ilə paylaş: