114
KISHMISH ROZOVIY.
O„rta
Osiyoda yaratilgan. 1959
yildan
Respublika bo„yicha Davlat reestriga
kiritilgan. Nav o„rtapishar, syerhosil,
xo„raki,
sovuqqa
chidamsiz,
zamburug„li kasalliklarga chidamli.
Uzum boshi katta,
silindr shaklida,
zich, o„rtacha vazni esa 242 g. Mevasi
dumaloq yoki tuxumsimon, seret,
syershira, pushti yaxshi pishganda
qizil rangga kiradi.
Mevasining
pishgan vaqtidagi ta‟m bahosi – 8,5
ball. Hosildorligi – 139,2 s/ga, eng
yuqori hosildorligi –183,5 s/ga ni
tashkil etadi.
KISHMISH XISHRAU navi.
Akademik M.Mirzaev nomli
bog„dorchilik, uzumchilik va
vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining
Samarqand
ilmiy-tajriba stansiyasida
yaratilgan. Muallif: K.V.Smirnov.
1982 yildan Buxoro va Navoiy
viloyatlari bo„yicha Davlat reestriga
kiritilgan. Nav o„rtapishar, mevasi
avgust oyining uchinchi o„n
kunligida pishadi.
Asosan yuqori
sifatli mayiz tayyorlash, ho„lligicha
iste‟mol qilish va uzoq masofalarga
jo„natish uchun ishlatiladi. Sovuqqa
chidamliligi past,
un shudring
kasalligi bilan kam zararlanadi. Uzum
shingilining kattaligi va zichligi
o„rtacha, konussimon, danagi yo„q,
rangi oq, uzum boshining o„rtacha
vazni – 225 g. Mevasining pishgan
115
vaqtidagi ta‟m bahosi – 9,1 ball.
Hosildorligi – 60,5 s/ga,
eng yuqori
hosildorligi – 82,6 s/ga ni tashkil
etadi.
Dostları ilə paylaş: