Shu sababli hidli moddaning havodagi konsentratsiyasi
kaUa bo igan
binoda bir necha vaqtgacha bo‘lgan odam shu
hidni kam sezadigan b o iib
qoladi. Hozircha hidlarning aniq klassifikatsiyasi yo‘q. Xenning hidli
moddalaming kimyoviy strukturasiga qarab barcha hidlami klassifikatsiya
qilishni taklif qildi. Ammo tekshirishlarda muayyan strukturaga ega
b o igan moddalaming turli hid taratishi mumkinligi m aiu m boidi.
Keyinchalik D.Eymur turli-tuman hidlarni o‘rganib, asosan 7 xil hid
borligini (kamfora hidli, gul hidli,
efir hidli, o ‘tkir hidli, chirik hidli va
boshqalar) va bu hidlarning hidli modda molekulalarining shakliga
bogiiqligini aniqladi. Ammo hidning modda molekulasi bilan birga
elektrik holatiga ham b o g iiq b oiish i keyinchalik isbotlandi. Chunonchi,
molekulalari elektr manfiy b oigan moddalaming o ‘tkir, elektr musbat
boiganlari esa, chirik hid taratishi aniqlandi. Biroq,
hidlarning bu xildagi
klassifikatsiyasi ham nisbiy b o iib , haqiqatda uchrashi mumkin b o igan
hid xillarini to ia qamrab olmaydi.
61-rasm. 1-Hidlov miya.
Hozirgi vaqtda hid sezishni tushuntiradigan ikkita nazariya bor.
Birinehi kimyoviy nazariyadir. Bu nazariyaga ko‘ra, hidli moddalar
muayyan molekulalardan tashkil topgan, y a’ni hidli har bir moddaning
molekulasi o ‘ziga xos tuzilishga ega.
Shu sababdan hidli har bir
moddaning molekulasi hid sezuvchi retseptorlaming o ‘z tuzilishiga mos
keladigan xilini qo‘zg‘atadi. Oqibatda shu moddaning hidiga xos reaksiya
yuz beradi. Ikkinchi nazariya fizikaviy nazariyadir. Bu nazariyaga ko‘ra,
muayyan hidni bilish hidli moddadan tarqaladigan elektromagnit
toiqinlariga bogiiq. Har ikkala nazariya ham hid bilish mohiyatini to ia
tushuntirib berolmaydi. Hid bilish sohasidagi epiteliy hujayralar oqsillari
sulfgidril guruhining hid bilishda katta ahamiyatga
ega ekanligi keyingi
vaqtda aniqlandi. Har xil hidli moddalar sulfgidril guruhini tegishlicha
o‘zgartiradi va shunga ko‘ra, sezuvchi retseptor qo‘zg‘alganda paydo
boiadigan impulslaming xarakteri ham moddaning hidiga guyo mos
tushadi.
421