impulslar m ^ k a z iy asab tizimiga borib turadi, shu bilan tegishli organ
yoki qon torr»irning faoliyati to ‘g ‘risida markaziy asab tizimini xabardor
qilib boradi. Ichki organlar va qon tomirlar faoliyatining shartli reflektor
yo‘l bilan h am boshqarilishi ulaming regulyatsiyasida po‘stloq ham
ishtirok
etishi^an
darak beradi.
PROPHIORETSEPTORLAR (MUSKUL - BO‘G‘IM YOKI
HARAKAT ANALIZATORLAR1)
Skelet
muskuUari, pay va bug‘imlarning
yuzasida muskullar
qisqarganda y o k i tonusi o ‘zgarganda qo‘zg‘aladigan retseptorlar bor. Bular
proprioretseptorlar deyiladi. Proprioretseptorlar vestibulyar apparat, teri
retseptorlari singari tananing fazoda muayyan vaziyatni egallashida va
muskullaming ish faoliyatida katta ahamiyatga ega. Muskullaming
qisqarishi, xilm a-xil
harakatlami keltirib chiqaradi, shu sababli bular
harakat
analizatori
deb ham yuritiladi. Harakat analizatorining periferik
qismi, y a’ni retseptor apparati xilma-xil tuzilishga ega. Jumladan, harakat
analizatorining muskullarda joylashgan retseptorlaridan
biri - muskul
yoylari shakla*1 urchuqqa uxshagan, nihoyatda yuksak differenciallashgan
retseptor tuzil*11^ ^ bo‘lib, har qaysisi ingichka, nozik tolalardan tashkil
topgan.
Muskul
yoylari tegishli afferent va efferent
nerv tolalari bilan
tutashgan. Paylarda harakat analizatorining ikkinchi xil retseptorlari -
Goldji tanachalari bor. Pachchini tanachalari deb yuritiladigan proprioret-
septorlaming uchinchi xili chandirlar va bug‘imlaming yuzalarida bo‘ladi.
Muskullar qisqarishidan oldin muskul yoylari, Goldji va Pachchini
tanachalari q o ‘zg‘aladi. Hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish
markazga intiluvchi
nerv tolalari orqali markaziy asab tizimiga, eng oxirida esa, miya
po‘stlog‘iga uzatiladi. Shu qo‘zg‘alish qayta ishlanganidan keyin
muskullar
t e g i s h l i c h a
qisqarib, harakat jarayonlarini yuzaga chiqaradi.
P r o p r i o r e t s e p t o r l a r
tufayli markaziy asab tizimi muayyan vaqtda muskullar
qay holatda ekanligi to‘g ‘risida axborot beruvchi impulslami olib turadi.
Bu nerv impulslari markaziy asab tizimining tegishli qo‘yi qismlarida,
keyin miya po‘stlog‘ida analiz va sintez qilinadi. Hosil bo‘lgan
javob
reaksiyasi
muskul
larga yetib keladi va ulaming ayni paytdagi faoliyat
darajasini belgilaydi. Organizmda kuzatiladigan xilma-xil harakatlar shu
tariqa murakkab koordinatsiyalanib, uyg‘unlashib boradi. Harakat
analizatori ko‘rish, eshitish analizatorlari
bilan chambarchas boglangan
holda
i s h l a y d i -
Bu analizatorlaming hammasidan po‘stloqqa boradigan
nerv impulslari o ‘zaro m a’lum munosabatda bo‘ladi. Ular birga qushilib,
xilma-xil shartli reflekslar hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
424