Taktil sezgisi. Teridagi Merkel va Meysner tanachalari va soch ildizi
atrofidagi nerv chigallarining qo‘zg‘alishi natijasida hosil bo‘ladigan
ta’sirotni orqa miyaning dorzal ildizi orqali uzunchoq miyaga,
keyin
ko‘rish do‘mboqlariga (talamusga) uzatilishi, u yerdan ta’sirotning
po‘stloqqa yetib borib, analiz va sintez qilinishi tufayli taktil sezgisi
yuzaga chiqadi. Taktil sezgisi predmetning shakli, xarakteri,
olgan joyi
to ‘g‘risida markazga signal beradi. Taktil sezgisi teriga tegish yoki uning
bosilishi
tufayli
kelib
chiqadi.
Ayrim
hayvonlar
(mushuk
va
kemiruvchilar) da esa ulaming muylovlaridagi maxsus tuklarga tegilganda
ham bu sezgi yuzaga chiqadi. Taktil sezgisi hayvonlaming yuz qismida va
tilining uchida ayniqsa yaxshi rivojlangan. Shu sababli hayvonlar lab va
tili yordamida oziqlami darrov sezib, xarakterini aniqlaydi. Mushuk va
kemiruvchilaming muylovlari kesib tashlansa,
qoronguda organizmning
o ‘z normal vaziyatini yaxshi saqlay olmaydigan bo‘lib qoladi. Otlar va
qoramollar oyogida qalin tuyiq bo‘lishiga qaramay, yurgan joyini
barmoqlari yordamida seza oladi. Sezgi kelib chiqishi uchun kifoya
qiladigan bosim kuchiga qarab teridagi taktil sezgisi to‘g ‘risida fikr
yuritiladi. Taktil sezgisi tez adaptatsiyalanadi. Shu sababli bosim
birmuncha vaqt davomida belgili ta ’sir qilganda, taktil retseptorlar o ‘sha
bosimga o‘rganib qoladi va keyin uning o‘zgarishini sezadi.
Harorat sezgisi. Teri retseptorlarining
ishtirokida odam va hayvon
issiq va sovuq haroratlami sezadi va ajratadi. Haroratni sezish tashqi muhit
haroratining o ‘zgarishi tufayli teri yuzasidagi terma retseptorlar qo‘zg‘alib,
tegishli nerv impulslarini hosil qiladi, bu impulslar markaziy asab tizimiga,
miya po‘stlog‘iga yetib borib, analiz va sintez qilinadi, shuning natijasida
harorat sezgisi kelib chiqadi. Harorat o ‘zgarishlarini organizm seza olishi
uchun teri bilan buyum o ‘rtasidagi haroratning farqi 0,2 gradusdan kam
bo‘lmasligi kerak. Terida issiqlikni sezadigan
retseptorlarga nisbatan
sovuqlikni sezadigan retseptorlar ko‘proq. Binobarin, teri issiqlikka
qaraganda, sovuqlikni sezishga ancha yaxshi moslashgan. Haroratni sezish
organizm uchun katta ahamiyatga ega. Haroratni sezish tufayli organizm
tana haroratsini boshqarish uchun tashqi muhit haroratsi haqida tegishli
signallami olib turadi.
Og‘riq sezgisi. Og‘riqni keltirib chiqaradigan adekvat ta’sirot yo‘q.
Og‘riq nerv uchlari yoki tolalarining qattiq ta’sirlanishidan paydo boiadi.
Og‘riq ta’sirlaridan hosil boiadigan qo‘zg‘alish
ingichka nerv tolalari
orqali 5-15 m/sek. tezlik bilan, mielinsiz ingichka nerv tolalari orqali 1-2
m/sek. tezlik bilan o ‘tadi. Og‘riq paydo b o iish i bilan organizmda tegishli
himoya reflekslari paydo b o iad i odam va hayvon og‘riqdan qutilishga
418
intiladi. Demak, og‘riq sezilishining nihoyatda katta biologik ahamiyaii
bor. Og‘riq sezgisi tufayli organizm o‘ziga zarar yetkazadigan ta’sirotni
bartaraf etishga harakat qiladi. Og‘riq ko‘pchilik kasalliklarning ilk,
dastlabki sezgisi bo‘lib, organizmda ro‘y bergan patologik o‘zgarish
to‘g‘risida xabar qiladi. Shu sababli kasallik paytida og‘riqning xarakterini
tushunish hakamga to ‘g‘ri tashxis qo'yishga yordam beradi. Og‘riq
paytida simpatik asab tizimi qo‘zg‘aladi, buyrak
usti bezidan adrenalin
ko‘proq ajraladi. Oqibatda organizm o‘zining bir qator moslashtiruvchi
mexanizmlarini safarbar qiladi: yurak urishi va nafas tezlashadi,
muskullaming tonusi oshadi, arterial tizim tomirlari torayib, qon bosimi
ko‘tariladi, glikogen
parchalanishi tezlashadi, qonda qand ko‘payadi.
Og‘riq sezgisining kelib chiqishida miya po‘stlog‘i ishtirok etadi. Shu
sababli asab tizimi juda qo‘zg‘algan paytda og‘riq ko‘p sezilmaydi va
aksincha, tinchlik vaqtida, ya’ni organizm boshqa ta’sirotlardan holi turgan
paytda og‘riq sezgilari kuchliroq seziladi. Og‘riq sezgisi juda xilma-xil
ta’sirotlardan-. mexanik, ximik, fizik, biologik va boshqa ta’sirotlardan
kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: