R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


Quyosh – buxgalteriya hisobi xo‘jalik  faoliyatini yoritadi, Tarozi



Yüklə 8,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/338
tarix25.09.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#148232
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   338
BUXGALTERIYA XISOBI NAZARIYASI Восстановлен 2

Quyosh
– buxgalteriya hisobi xo‘jalik 
faoliyatini yoritadi,
Tarozi 
– balans, ya’ni muvozanat, tenglik 
ramzi, 
Bernulli egri chizig‘i 
hisob insoniyat 
tarixining 
ibtidosidayoq 
paydo 
bo‘lib, to yerda hayot bor ekan 
mangu qolishini bildiradi.
sh i o r : 
Science
– fan,
Conscience
– ishonch,
Independance
– mustaqillik 
2.5-rasm. Buxgalterlarning xalqaro gerbi
 
Ishonchlilik.
Avvalo, buxgalterlar tomonidan ilmiy, nazariy 
bilimlarning amaliyotda vijdonan qo‘llanilishi xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlar faoliyatining ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi. Buxgalterlik 
amaliyotida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot ma’lumotlari 
ishonchli, ya’ni haqqoniy holatni aks ettiradigan bo‘lishi lozim. Aks 
holda buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar noto‘g‘ri 
qarorlar qabul qilishiga olib kelishi mumkin. 
Demak, axborotlar ishonchliligi
dastlabki hisob hujjatlarini 
yuritish va buxgalteriya hisobi registrlarini to‘lg‘azishdan to 
buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning boshqa shakllarini taqdim 
etishgacha bo‘lgan butun buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy 
hisobotni tuzishning asosiy printsipi hisoblanadi. 
Qiyoslanuvchanlik,
aniqrog‘i 
ko‘rsatkichlarning 
qiyoslanuvchanligi.
Keng ma’noda, qiyoslash tushunchasining falsafiy-gnoseologik 
mazmuni A.Eynshteynning «Nisbiylik nazariyasi» bilan ham bog‘liq. 
Qiyoslash biror bir buyum, hodisa yoki voqeani boshqasi bilan 
qiyoslaganda undagi miqdor va sifat o‘zgarishini tavsiflash uchun zarur. 
Ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi printsipi
, birinchidan, 
korxona faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning boshqa korxonalar 


44 
faoliyati to‘g‘risidagi o‘xshash axborotlar bilan qiyoslanuvchanligini 
bildiradi. Qolaversa, muayyan korxonada qo‘llanilayotgan buxgalteriya 
hisobi metodlarida izchillik saqlanishi va shu bilan birga uning bir 
qancha hisobot davrlaridagi faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning 
qiyoslanuvchanligini ham ta’minlaydi. 
Ushbu printsip tegishli axborotdan foydalanuvchilarga korxona 
samaradorligi va moliyaviy holati rivojlanishining borishini aniqlashda 
yordam beradi. Chunki, ular turli xil korxonalarning moliyaviy 
hisobotlarini taqqoslash imkoniyatlariga ham ega bo‘lishlari lozim. Ayni 
paytda ko‘rsatkichlar qiyoslanuvchanligi zarurati unifikatsiyalangan 
hisob standartlarini kiritishga to‘siq bo‘lmasligi lozim.
Buxgalteriya hisobining yuqorida ko‘rib chiqilgan prinsiplari(1.8), 
talablari(1.7) va yuritish usullari uning metodologik asosini tashkil etib, 
tegishli obyektlarga nisbatan qo‘llaniladi. Uning negizini buxgalteriya 
hisobining milliy standartlari (BHMS), boshqa normativ hujjatlar va 
metodik ko‘rsatmalar tashkil etadi.

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin