-
78
materiyani oddiy planetar sistemalardan, atomlar va elektronlardan
to’zilganligini ko’rsatganida, endi tabiat bilimlarini barchasini shu ta’lim ot
tushuntirib beradi deb hisoblashgandi. Keyinchalik A.Eynshteyn
barcha
fizikaviy qonunlarni to’la maydon nazariyasi bilan tushuntirishga erishdi.
Ammo fanning tobora chuqurlashib borishida, ayniqsa, kosmologiya,
astronomiya, biotexnologiya, iformatika va h.k. zamonaviy fanlardagi yangi-
yangi faktlar,
olamning turlicha ekanligi, unda tartibsizlik, xaos holati va
tartibga kelish, struktura hosil qilishdek jarayonlar borishini ko’rsata boshladi.
Dunyoning oddiyligi, undagi jarayonlarni vaqt borasida ko’rish, umuman
dunyo fundamental qonunlar bilan, ya’ni vaqt jihatidan qaytarilishi mumkin
bo’lgan jarayonlarni boshqarishi klassik fanda qabul qilingan.
Ammo tabiatda
qaytmas jarayonlar borki, ularni bunday klassik nuqtai nazardan tushunib
bo’lmaydi.
Hozirgi zamon fan yutuqlari shuni yana bir bor ta’kidladiki, qaytmas
o’zgarishlar, bular illyuziya emas, balkim tabiatda juda muhim rol o’ynaydi va
tabiatdagi jarayonlarning o’zini-o’zi tashkil etishni ko’rsatadi.
Bizning olamda faqat oddiy alohida holatlarda qaytarilish (ya’ni, vaqt
jihatdan boshlang’ich holatiga keladigan) va determinizm bo’lsa, tasodifiylik va
qaytmaslik qoida sifatida bo’lar ekan.
Ana shu qoidalar haqidagi ta’limot-sinergetika deb yuritiladi.
Sinergetika-noorganik va organik tabiat sistemalarida ma’lum
sharoitlarda barcha mikro-makro-mega darajalarda o’z-o’zini tashkil etuvchi
jarayonlar, ya’ni o’zi to’zadi, o’zi strukturalashadi, o’zi tartibga keltiradi, xaos
va tartibsizlikni kamaytiradi degan ta’limot haqidagi fandir.
Ayniqsa, bunday sharoitda odamning aralashmasligi, tashqi ta’sir etuvchi
faktorlarning bo’lmasligi- o’z-o’zini tashkil etishdagi shartdir.
Sinergetikaning paydo bo’lishi bilan biz
galaktikaning rivojlanishini,
siklonlar va antisiklonlarning atmosferada tug’ilishi va o’lishini, Yerdagi global
-
79
jarayonlar, molyuskalar qobig’ining o’sishi, hayvonlar oyog’iyu, qushlar
patining o’sishi, qor zarralari va asalari uyining simmetriya qonuniga bo’y
sunishi umuman cheksiz misollarda ularni tushuntira oladi.
Bularning barchasini Nobel mukofot laureati, belgiyalik olim
I.R.Prigojinning termodinamikaning ikkinchi qonuniga asoslangan holda ijodiy
ishlab, o’ylab chiqgan sinergetika algoritmi bilan tushuntirilishi mumkin.
Sinergetika shuni ko’rsatdiki, har qanday tasodiflar bu ijodiy, konstruktiv,
umuman mahsuldor ishlar boshi hisoblanadi. Chunki, u dunyoni tartibsizlikdan
to’zadi.
I.R.Prigojinning
ta’limoti bo’yicha har qanday funksiyalarning
strukturaga o’tishi, ma’lum sistemada mustahkamsizligidan
vaqtincha
bo’ladigan fluktasiya orqali bo’ladi. Funksiya, struktura va fluktasiya orqali
tartibsizlikdan ma’lum tartib kelib chiqadi.
Albatta, bunday ta’limotning kelib chiqishi yangi-yangi ijodiy
faoliyatlarni jadallashtirdi, dunyoni
jonli va jonsiz tabiatni, ular orasidagi
munosabatni yangicha fikrda tushuntira oldi va olayapti.
Sinergetika usulining ilmiy bilishda qo’llanilishi, tabiat, hayot, bilish va
ijod sirlarini o’rganishga olib kelyapti.
Dostları ilə paylaş: