13.5-rasm. a) daraxt tanasidagi ishib chiqqan saraton kasalligi;
b) oqqayin tanasidagi yopiq saraton kasalligi.
Zamburug‘lar yog‘och nam bo‘lganda (20 foizdan ko‘p), muayyan
haroratda vakislorodli muhitda ko‘payadi. Zamburug‘lar suvli, harorat 0°S
past bo‘lgan sharoitda ko‘paymaydi. Ularning ko‘payishi yog‘och rangini
o ‘zgartiradi. Zamburug‘lar tushgan yog‘ochdan konstruksiyalar tayyorlash
xavfli, chunki yog‘ochning mustahkamligi keskin kamaygan bo‘ladi.
Zamburug‘larning mog‘or, rang o‘zgartiruvchi, ko‘klik kasalligi turlari
mavjud. Yog‘och bino va inshootlarda ishlatilganda, unda uy zamburug‘i
ko‘payishi mumkin. Oq uy zamburug‘i va pardasimon uy zamburug‘i
yog‘och konstruksiyalar uchun juda xavfli bo‘lib, uni bir necha oydayoq
butunlay ishdan chiqarishi mumkin.
Q urtlash.
Qurt va hasharotlar, qo‘ng‘izlar yog‘och materiali bilan
oziqlanib, uning strukturasini zaiflashtiradi. Qurt va hasharotlar yurgan
joyda ko‘plab teshiklar hosil bo'ladi va ularo‘zi bilan birga zamburugMarni
olib kirib yog‘ochning buzilishini tezlashtiradi. Hoi va ildizi qurigan zaif
yog‘ochlarni qurt va hashoratlar tez shikastlaydi.
Dostları ilə paylaş: