13.S. Yog‘ochni chirish, qurtlash va yonishdan saqlash
Yog‘och konstruksiya va buyumlaming chidamliligini oshirish
usullari: yog‘ochni quritish, antiseptiklash, sirtini olovdan himoyalaydigan
chidamli tarkiblar bilan qoplash, yelimlangan yog‘och konstruksiyalami
ishlatishdan iborat.
Arralanganbinokorlikmateriallarini
quritish
asosiy chora-tadbirlardan
biri hisoblanadi. Yogochni
tabiiy va sun’iy usulda
quritish mumkin.
Tabiiy
usulda
quritish ochiq havoda, bostirma ostida yoki yopiq honalarda quruq
212
Iiavoda amalga oshiriladi (13.7, a rasm). Bunga ko‘p vaqt (hafla va oylar)
talab etiladi. Yog‘ochlar
su n ’iy usulda
(13.7, b rasm) yog‘och-taxta
quritish kameralarida qizdirilgan havo, gaz, bug‘ yoki yuqori chastotali
tok yordamidaquritiladi.
13.7-rasm. a) Yogochni tabiiy va b) - vakuum da quritish usuli.
C hirishdan sa q la sh
uchun yog‘och antiseptiklar bilan ishlanadi.
Antiseptiklarga quyidagi talablar qo‘yiladi: zamburugMarga nisbatan
yuqori toksinlik, yog‘ochga yaxshi shimilish, noxush hid tarqatmaslik,
inson va uy hayvonlariga beziyonlik, yog‘ochning sifatini pasaytirmaslik
va shu kabilar. Antiseptiklar suvda organik erituvchilarda eriydigan, moyli
va pastasimon xillarga boMinadi. Suvda eruvchan antiseptiklarga natriyli
ftorid, natriyli kremneftorid,ammoniyli kremneftorid, BBK-3, XXS,
MXXS va G R^t8 preparatlari kiradi. Natriyli ftorid hidsiz oq kukun,
3—4
foiz suvdagi eritmasi yog‘och, payraha va qipiqdan tayyorlangan
buyumlami chirishdan saqlaydi.
Ammoniyli kremneftorid antiseptik xususiyati bilan birga yog‘ochni
olovga bardoshliligini ham oshiradi. Organik erituvchilardagi (mazut,
kerasin vashu kabi) preparatlar PL(pentaxlorfenol) vaNM L(misnaftenati)
yuqori darajadagi toksinli antiseptik boMib, yog‘ochga yaxshi shimiladi.
Moyli antiseptiklarga toshko‘mir, antrasen, slanes moylari kiradi.
Moyli antiseptiklar (qo‘ngMr rang) oMkir hidli, to‘q jigarrang, kuchli
toksinlovchi xususiyatli boMib, suvda yuvilmaydi, metall qismlarni
korroziyalamaydi. Bu bilan ishlangan yog‘ochlami ochiq havoda, yerda
yoki suvli sharoitda (ko‘prik va qoziq konstruksiyalari, shpallar, suvosti
inshootlari va h.k.) ishlatiladi.
Antiseptik pastalar bitum, eruvchan shisha, giltuproq va shu kabi
bogMovchilar hamda natriyli ftorid yoki kremneftorid antiseptiklari va
213
dispers toMdiruvchilar asosida tayyorlanadi. Pastalar namlanish ehtimoli
bor yog‘och konstruksiyalarni himoyalashda ishlatiladi. Yog‘och buyum va
konstruksivalar turli usullarda antiseptik bilan qayta ishlanadi: moslamalar
vositasida sepish, sovuq va issiq vannalarda shimdirish, avtoklavda bosim
ostida shimdirish, pastalami surish.
Dostları ilə paylaş: |