To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»


Yog‘ochni hasharot va qurtlar zararidan asrash



Yüklə 6,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/187
tarix25.09.2023
ölçüsü6,28 Mb.
#148489
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   187
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

Yog‘ochni hasharot va qurtlar zararidan asrash 
- uchun avvalo, 
uni p o ‘stloqdan tozalash va saqlashda sanitariya normalariga rioya 
qilish kerak. Ammo qurt va hasharotlar y o g‘ochni ishlatish davrida 
ham shikastlashi mumkin. Ushbu holatda yog‘ochga zaharli moddalar 
(insektitsidlar - moyli antiseptiklar, organik erituvchilardagi preparatlar 
bilan ishlov beriladi.
Yonishdan saqlash 
- uchun yog‘ochni saqlash qoidalariga rioya 
qilish, bino va inshootlarda ishlatilganda olov markazidan uzoqda bo‘lishi 
yoki yonmaydigan materiallar - asbest karton va asbestsement taxtasi, 
turli suvoqlar bilan qoplash zarur. Xususiy hollarda yog‘ochni yonishdan 
asrash uchun antipirenlar bilan qoplash yoki shimdirish kerak. Antipiren 
sifatida bura, ammoniy xlorid, natriyli va ammoniyli fosforkislotalar, 
ammoniy sulfat ishlatiladi. Antipirenlar bo‘yoq va pasta sifatida kukun 
to ‘ldiruvchilar kiritilgan holda ishlatiladi. Himova qatlami mo‘yqalam 
yoki sepuvchi moslamalar yordamida yog‘ochga qoplanadi.
Antipirenlar yuqori haroratda yog‘och yuzasida qattiq erigan parda 
yoki ba’zi antipirenlar yog‘ochni yonishdan asrovchi gazlar hosil qiladi 
va kislorodni ichki qatlamlarga o‘tkazmaydi. Zarurat bo‘lsa, antipirenlar 
bilan antiseptiklami mutanosib ravishda aralashtirib, yog‘ochni chirishdan 
va yonishdan saqlash mumkin.
13.6. Yog‘och material va buyumlar
Yog‘och materiallar, asosan, ignabargli daraxtlami bir necha bosqichda 
qayta ishlab tayyorlanadi. Ular ichida eng ko‘p ishlatiladigani qarag‘ay, 
qora qarag‘ay, (yel), oq qarag‘ay (pixta), pista qarag‘ay (kedr) va tilingan 
yog‘ochdir. Qarag‘ay yog‘ochidan brus, taxta, duradgorlik buyumlari, faner 
va shu kabilar olinadi. Bargli daraxtlar qurilishda kamroq ishlatiladi. O lta 
zich, teksturasi chiroyli eman, qora qayin (buk), yasen, shpon va maxsus 
faneralar olishda, oq qayin esa pishiq fanerlar tayyorlashda ishlatiladi.

Yüklə 6,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin