mehnatining ko‘pligi uning kamchiligi hisoblanadi. Cherepitsa tomda biri
ikkinchisining ustiga chok bostirib qo‘yilgani uchun foydali yuzasi 50-85
foiz tashkil etadi. Cherepitsaning suv shimgandagi massasi 50-60 kg/m2
bo‘lishi mumkin. Sovuqqa chidamliligi esa F 25 dan kam bo‘lmasligi shart.
Cherepitsa, asosan, turar-joy, m a’muriy va qishloq xo‘jalik binolari
tomlarini yopishda ishlatiladi. Cherepitsa Yevropa mamlakatlari qurilish
tizimida ko‘p tarqalgan, hozirgi kunda cherepitsa 0 ‘zbekistonda
ishlab
chiqarilmoqda va qurilishda ishlatilmoqda.
3.7-rasm. Cherepitsa turlari.
Sanitariya-texnika buyumlari
- umivalnik, unitaz, bide, rakovina,
pissuar, yuvish bachoklari va shu kabilar chinni, yarim chinni,
fayans
va shamotlangan massalardan tayyorlanadi. Ular xomashyosini kaolin,
oq gil, dala shpati, kvars qumi kukuni, kuydirilgan gil, eruvchan shisha
va soda turli miqdorda tashkil etadi. Buyumlar oq
va rangli yaltiroq sir
bilan qoplanadi hamda pishiriladi. Buyumlar gips qoliplari quyma usulda
olinadi.
Kanalizatsiya va drenaj quvurlari
- oqava, zax, yomg‘ir, chiqindi
suvlarni oqizish va chiqarib yuborish uchun ishlatiladi. Kanalizatsiya
quvurlari plastik qiyin eriydigan va erimaydigan gillardan tayyorlanadi.
Kanalizatsiya quvurlarining uzunligi 1000 - 1500, ichki diametri
150-600 mm. Bir tomoni quvurlarni biriktirish m aqsadida rastrub
holda yasaladi. Uning suv shimuvchanligi 8 foiz kam bo‘lishi,
kislotaga
bardoshligi 93 foiz, suv o ‘tkazmasligi shart.
40
Drenaj quvurlari oson eriydigan gil va qumoq tuproqlar asosida
olinadi. Quvur silindrik, olti va sakkiz qirrali sirlanmagan holda ishlab
chiqariladi, sho‘rlangan yerlarning suvini qochirish uchun ishlatiladi.
Uzunligi 500 mm. gach^ ichki diametri 50-250 mm.
Klinkerlig‘isht
-g iite r to‘la pishirib olinadi. 0 ‘lchamlari 220 x 110*65
mm. Siqilishdagi mustaHfcamlik chegarasiga ko‘ra 3 markaga - 1000,
700 va 400 bo‘linadi, suv shimuvchanligi 2-6 foiz, sovuqqa chidamligi
F 50-F 100. Klinkerli g ‘isht yo‘l va ko‘prik-kanalizatsiya,
kollektorlam i
qoplashda ishlatiladi.
Kislotaga chidamli g ‘isht
oliy'ya birinchi kategoriyalarda A, В va О
klasslarda tayyorlanadi. G ‘isht shakl jihatidanto‘g‘ri
burchakli,
ponasim on,
radial va fason turlarga bo‘linadi. G ‘ishtning o ‘lchamlari 230x113x65
va 230x113x55 mm. G ‘ishtning siqilishga mustahkamligi 35-60 MPa,
kislotaga bardoshligi 96-98,5 foiz va termik bardoshligi 5-25 sikl. G ‘isht
qurilish konstruksiyalami kislota muhitidan himoyalashda ishlatiladi.
Kislotaga chidamliplitkalar
- oliy va birinchi navlarda 6 xil markada:
chinnili kislotaga bardoshli (KF), dunitli termokislotaga bardoshli (TKD),
gidroliz sanoati uchun termokislotaga bardoshli (TKG), qurilish konstruksi
yalari uchun kislotaga bardoshli (KS), shamotli kislotaga bardoshli (KSh)
va shamotli termokislotaga bardoshli (TKSh) kvadrat, to‘g‘ri burchakli,
ponasimon va qo‘shaloq shakllarda bo‘ladi.
Plitka uzunligi va eni 50-200, qalinligi 15-50 mm, suv shimuvchanligi
0,4—8 foiz, kislotaga bardoshligi 97-99 foiz, siqilishdagi mustahkamligi
10-15 MPa, egilishdagi mustahkamligi 10-40 MPa, sovuqqa chidamligi F
15, F 20 va termik bardoshligi 2-10 sikl.
Plitkalar qurilish konstruksiyalarini kislota ta ’siridan himoyalashda
ishlatiladi.
Kislotaga chidamli quvurlar
- tashqi va ichki tomonlari kislotaga
bar-doshli sir bilan qoplanadi. Quvurlar maxsus texnologik usulda gil
massasini o ‘ta zichlashtirib tayyorlanadi. Quvurlar kimyo, o ‘g ‘itlar ishlab
chiqarish, se!luloza-qog‘oz sanoatida ishlatiladi.
Olovbardosh keramik materiallar
olovbardosh (1580-1770°S), olov-
bardoshligi yuqori (1770-2000 °S) va olovbardoshligi o ‘ta yuqori (2000
°S yuqori) turlarga bo'linadi. Ularga g ‘isht, blok, plita va fason elementlari
kiradi. Olovbardosh materiallar mineral tarkibiga ko‘ra qumtuproqli,
alumosilikatli, magnezitli, xromli va uglerodli bo‘ladi.
Qumtuproqli (dinasli) olovbardosh buyumlar kvars qumi va gil asosida
tayyorlanadi. Olovbardoshligi 1710-1750 °S,
siqilishga mustahkamligi
41
15-35 MPa. Ular sanoat xumdonlari (marten, koks, sement) ichini
qoplashda ishlatiladi.
Alumosilikatli olovbardosh buyumlar kvars, shamot, gil va kaolin
aralashmasi asosida olinadi. Ularning olovbardoshligi 1610 - 1710°S,
siqilishga m ustahkamligi kamida 10 MPa, koks, shisha eritadigan
xumdonlar ichini qoplashda ishlatiladi. Shamotli olovbardosh buyumlar
olovbardosh gil va shamot asosida olinadi.
Ularning olovbardoshligi
1710-1730 °S, siqilishdagi mustahkamligi 10-12,5 MPa.
Ular domna, keramika xumdonlari, bug‘ qozonlari ichini qoplashda
ishlatiladi. Olovbardoshligi yuqori buyumlar tarkibida 45 foiz ortiq
A120 3 bo‘lgan xomashyo (boksit, korund) asosida tayyorlanadi. Ularning
olovbardoshligi 1770-2000 °S bo‘lib, shisha eritish xumdonlari qurilishida
va boshqa sanoat korxonalarida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: