o ‘rtacha zichligini kamaytirish uchun g ‘ovak to ‘ldirgichlar (keramzit,
agloporit, shlakli petnza va shu kabilar)
ishlatish, kvars qumini qisman
yengil qumlar yoki yog‘och qipig‘i, qayta ishlangan lignin va shu kabilar
bilan almashtirish mumkin. Gips-betonning
egilishdagi mustahkamligini
oshirish uchun yog^^fh tolasi, qo g ‘oz sanoati chiqindilari,
tekstil
chiqindilari va sintetik tolalar kabi dispers armaturalovchi qo‘shimchalar
qo‘shish kerak. Kichik o ‘lchamdagi elementlar, bloklar,
toshlar alohida
quyiladi. Katta o‘lchamdagi buyumlar esa uzluksiz prinsipda ishlaydigan
vibroprokat stanlarda tayyorlanadi. Gips-beton tayyorlash jarayonini
tezlashtirish uchun qolipdan yechilgan buyumlar
quritish kameralarida
quritiladi.
Gipsbetonlaming o ‘rtacha zichligi to‘ldirgichlaming turiga va suvning
sarfiga bog‘liq boMib, 1000-1600 kg/m3. U siqilishidagi mustahkamligiga
ko‘ra, M25 va M50. Gips-beton binoning ichki devorlarida ishlatilgani
sababli suv shimuvchanlik va sovuqqa chidamlilik bo ‘yicha
talablar
qo‘yilmaydi. U yaxlit va yig‘ma pardevor, ichi bo‘sh plitalar
va bloklar
tayyorlashda ishlatiladi.
Plitalar qamish, yog‘och tolalari va xascho‘plari, po‘lat simlar, tekstil
sanoati chiqindilari, sintetik tolasimon materiallar bilan kuchaytiriladi. Ar-
matura sifatida po‘lat simlar ishlatilganda korroziyadan saqlash maqsadida
sement-kazeinli, bitumli, polimerli kompozitsiyalar bilan himoyalanadi.
Nam sharoitda gips-sement pussolan bog‘lovchilar asosida tayyorlangan
buyumlar (bloklar, toshlar, panellar) ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Bunday betonlar ishlatilgan bino va inshootlar ichidagi nisbiy namlik 75
foizdan oshmasligi kerak. Qurilish tizimidagi
gips asosidagi betonlami
ratsional sohada ishlatish keramik devorbop materiallarga bo‘lgan talabni
kamaytiradi va katta miqdorda energiya va ishchi resurslami tejaydi.
Dostları ilə paylaş: