to'ldirishda va boshqa joylarda ishlatiladi. Bu qorishmalami tayyorlashda
maxsus tamponaj portiand sementi, agressiv muhitlarda esa sulfat muhitiga
bardoshli portiand sement ishlatiladi. Tamponaj
qorishmalar juda tez
qotuvchanlik xususiyatiga ega.
R entgen nurUtyjjgdan h im oyalovch i q orish m alar
- barit qumi
(B a S 0 4) asosida tayyorlanadi. BogMovchi sifatida sement va shlakli
sement ishlatiladi.
Qorishma tarkibiga litiy, bor, kadmiy kabi yengil
elementlar qo‘shimcha sifatida kiritiladi. Barit qumining eng yirik donasi
1,25 mm. dan kichik bo'lishi kerak. Qorishmaning o ‘rtacha zichligi 2200
kg/m3. Ular rentgen kabinalari va boshqa maxsus binolar devorlari hamda
shiftlarini suvashda ishlatiladi.
8.7. Quruq qorishm alar
Keyingi yillarda mamlakatimizda va xorijda turli quruq qurilish
qorishmalari keng ko‘lamda ishlatilmoqda. Ular, asosan,
pardozlash
hamda bino ichi va sirtidagi montaj ishlarida (g‘isht terishda, fasadlami
pardozlashda, pollarni barpo etishda) ishlatiladi. Sem ent-ohakli
aralashmadan iliq va uncha sovuq bo‘lmagan haroratlarda foydalaniladi.
Suvoq uchun ishlatiladigan gipsli quruq qorishmalardan
panelli uylarni
ta ’mirlashda, quyma tiklanadigan binolar va boshqa shunga o ‘xshash
ishlarda foydalaniladi. Ulaming sarflanishi o‘rtacha 80 m2/t.
Bundan tashqari, amaliyotda turli quruq qorishmalar aralash holda
qo‘llaniladi, masalan, devor va pollarni koshin plitkalar bilan yelimlab
qoplashda va turli xildagi
shpaklovkalar tayyorlashda, quruq yelimli
qorishmalar keng assortimentda sement zavodlarida ishlab chiqarilishi
mumkin. Bundan tashqari, quruq qorishm alam ing
kichik zavodlarda
ishlab chiqariladigan boshqa texnologiyalari ham mavjud, masalan: MZS
- 1 0 (8.3-rasm).
Quruq qorishmalardan «Megamiks», «Eleron» kabi yuqori adgeziya va
qovushoqlik, vertikal devorlardan oqib tushmaslik, muzlashga bardoshlilik
xossalariga ega. Ulami ishlab chiqarishda M400 va M500 markali sement,
yuqori sifatli fraksiyasi 0,6 mm.gacha bo‘lgan kvars qumi, maxsus organik
qo‘shimchalardan foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda 0 ‘zbekistonda quruq qurilish qorishmalari ishlab
chiqaradigan o ‘nlab zavod va sexlar ishlayapti, «Buxorogips» 0 ‘zbekiston
- Germaniya qo‘shma korxonasi shular jumlasidandir.
Dostları ilə paylaş: